Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash


Bosqichlar Subyektlar



Download 104 Kb.
bet8/8
Sana18.07.2022
Hajmi104 Kb.
#824594
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
241 27.04.2021 (2)

Bosqichlar




Subyektlar




Tadbirlar




Muddatlar




1-bosqich




Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi
(Akademiya)




1. Akademiyaga o‘qishga yoshlarni jalb qilish maqsadida ommaviy axborot vositalarida hamda Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-saytida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish.




Qabul yilidan oldingi yilning oktyabr oyida







2. Akademiyaga o‘qishga nomzodlar tanlovi boshlanganligi yuzasidan ommaviy axborot vositalarida hamda Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-saytida e’lon berish.




Qabul yilidan oldingi yilning 10-oktabriga qadar






















2-bosqich




O‘qishga nomzodlar




Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan belgilangan namunadagi elektron anketa-so‘rovnomalarni to‘�ri va belgilangan talablar asosida to‘ldirish




Qabul yilidan oldingi yilning 10-noyabriga qadar






















3-bosqich




Akademiya




1. Davlat xavfsizlik xizmatining rasmiy veb-sayti orqali o‘qishga nomzodlarning elektron shakldagi anketa-so‘rovnomalarini qabul qilish va bu haqida nomzodlarga elektron tarzda xabar yuborish.




Qabul yilidan oldingi yilning 10-noyabriga qadar







2. O‘qishga nomzodlarning ro‘yxatini shakllantirish hamda dastlabki saralab olish bosqichini o‘tkazish uchun Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli bo‘linmalariga taqdim qilish.




Qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabrig� qadar


I. Dastlabki saralab olish


4-bosqich




Davlat test markazi




Dastlabki saralab olish test sinovlaridan o‘tkazish.




Qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan 15-dekabrigacha




Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari




Hujjatlarni to‘plash va dastlabki o‘rganish.




Qabul yilidan oldingi yilning 20-noyabridan 31-dekabrigacha




Mutaxassis — psixologlar




Individual psixologik hamda psixofiziologik o‘rganish.




Qabul yilida� oldingi yilning 15 — 31-dekabr




Hududiy harbiy-tibbiy komissiya




Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.




Qabul yilidan oldingi yilning dekabr oyida




Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya




Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning dastlab�i bosqichi.




Qabul yilining yanvar oyida


II. Maxsus kasbiy tanlash


5-bosqich




Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari




Hujjatlarni yakuniy o‘rganish.




Qabul yilining yanvar — aprel oylari




Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya




Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning yakuniy bosqichi.




Qabul yilining mart-aprel oylari




Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linma va organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari




Yakuniy suhbat o‘tkazish.




Qabul yilining aprel-may oylari




Maxsus harbiy-tibbiy komissiya




Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.




Qabul yilining iyun oyda


III. Test sinovlari


6-bosqich




Davlat test markazi




Test sinovi.




belgilangan muddatlarda






















7-bosqich




Qabul komissiyasi




1. O‘qishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.




Test sinovlari natijalari taqdim etilganidan so‘ng 5 kun muddatda







2. Akademiyaga qabul qilingan harbiy xizmatchilarning xizmat o‘tash joylariga buyruqdan ko‘chirma yuborish.




Buyruq chiqqandan so‘ng 10 kun muddatda

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish tartibi hamda qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga nomzodlarni dastlabki saralab olish va maxsus kasbiy tanlash bosqichlarida jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tarkibiga kirgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimlarida kelishlari shart.
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradilar:
100 metrga yugurish;
turnikda tortilish;
3000 metrga yugurish.
Mashqlar oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun 10 — 15 daqiqa vaqt beriladi.
5. Belgilangan mashqlarni topshirish kunida uzrsiz sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan (shuningdek, qoniqarsiz baho olgan) nomzodlar o‘ta olmagan deb topiladi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar
6. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi.
7. 100 metrga yugurish mashqini 15,4 soniya ichida bajargan taqdirda nomzod ushbu sinovdan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
8. Ushbu mashq o‘yingohning yugurish yo‘lagi yoki qattiq qoplamaga ega tekis (standart) maydonda yuqori start holatidan bajariladi. Start olish tartibini o‘zlashtirish uchun dastlabki “Startga” va “Diqqat” komandalari hamda “Olg‘a” ijro komandasi beriladi. “Startga” komandasi berilganida start olish chizig‘iga kelib, kuchli oyoq start olish chizig‘i yaqiniga qo‘yilib, ikkinchi oyoq yarim qadam ortda qoldiriladi. “Diqqat” komandasi berilganida tana vazni oldinda turgan oyoqqa o‘tkazilib, gavda va bosh oldinga egiladi, qo‘l tirsaklari esa bukiladi. “Olg‘a” ijro komandasi berilganida yugurish amalga oshiriladi.
9. Turnikda tortilish mashqini bajarishda qo‘l kaftlari turnikda oldinga qaratilgan holda ushlanib, qo‘llar parallel uzatilgan holda tutiladi, tana bir oz bukilgan, oyoq to‘g‘ri tushirilgan, uchi to‘liq pastga uzatilib, tovonlar juft tutilgan holatdan bajariladi. Qo‘llar bukilib, tana yuqoriga ko‘tarilar ekan, jag‘ turnik ustiga to‘liq chiqarilgan holat qabul qilinadi. Qo‘llar yana to‘liq uzatilar ekan, tana bir maromda pastga tushirilib dastlabki holat egallanadi. Tananing osilgan holati 1-2 soniya davomida saqlanadi. Juft tutilgan oyoqlarni 45o gacha bukishga ruxsat beriladi. Tanani siltash, oyoqni old-orqaga tebratish, oyoqlarni chalishtirish, bir qo‘lda osilib olish amallari man etiladi.
Turnikda kamida 8 marotaba tortilgan nomzod ushbu sinovdan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
10. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarida, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
11. 3000 metrga yugurish mashqini 14,30 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
12. Ushbu mashq har qanday ochiq tabiatda, umumiy start olgan tarzda bajariladi. Start olish va finish marralari aynan bir joyda yoki alohida jihozlanadi. Yugurish davomida mashq ishtirokchilari bir-biriga xalal bermasligi lozim. Yugurish amalidan yurish amaliga o‘tgan yoki distansiyadan chetga chiqqan ishtirokchi mashqni bajara olmadi deb hisoblanadi.
13. Nomzodlar belgilangan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash talablarining barchasini muvaffaqiyatli topshira olgan taqdirda, jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “o‘tgan” deb hisoblanadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Jismoniy tayyorgarlik sinovlarida qatnashgan nomzodlar uchun qaydnoma rasmiylashtiriladi.
15. Qaydnoma komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/241/0379-son)
Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish