Amerika romantizm adabiyotining yirik vakili Edgard Allan Po “Temur” va Boshqa poemalar” to`plamida Amir Temur siymosining romantik talqini asosiy o`rin egallaydi. Asarda ulug` hukmdor o`z kechmishlari tarixini keksa ruxoniyga hikoya qilib berar ekan, jangu jadallarda erishgan shon-shuhrati, zafarli yurishlari, bunyod etgan shaharlari, kechirgan lazzatli onlari-yu tortgan azob uqubatlari payoniga yetib borayotganini u ham dunyoga ustun bo`la olmaganini hasrat ila so`zlaydi va haq o`limni mardona qarshi olajagini aytadi. - Amerika romantizm adabiyotining yirik vakili Edgard Allan Po “Temur” va Boshqa poemalar” to`plamida Amir Temur siymosining romantik talqini asosiy o`rin egallaydi. Asarda ulug` hukmdor o`z kechmishlari tarixini keksa ruxoniyga hikoya qilib berar ekan, jangu jadallarda erishgan shon-shuhrati, zafarli yurishlari, bunyod etgan shaharlari, kechirgan lazzatli onlari-yu tortgan azob uqubatlari payoniga yetib borayotganini u ham dunyoga ustun bo`la olmaganini hasrat ila so`zlaydi va haq o`limni mardona qarshi olajagini aytadi.
XX asrda ham Amir temur hayoti va faoliyati talay asarlarda badiy talqin etiladi. Sobiq Ittifoq “Qalam ahli” kommunistik mafkura taziqi ostida bu qudratli shaxs obrazini tarixiy haqiqatga zid tarzda gavdalantiradi. Bu davrda shuhrat qozongan S. Borodinning “Samarqand osmonida yulduzlar” romani ana shunday asar edi. G`arb adabiyoti vakillari esa o`z asarlarida Amir Temur qiyofasini haqiqatga mos yoki yaqin talqin qildi, tarixda tutgan o`rni holisona baxolandi. - XX asrda ham Amir temur hayoti va faoliyati talay asarlarda badiy talqin etiladi. Sobiq Ittifoq “Qalam ahli” kommunistik mafkura taziqi ostida bu qudratli shaxs obrazini tarixiy haqiqatga zid tarzda gavdalantiradi. Bu davrda shuhrat qozongan S. Borodinning “Samarqand osmonida yulduzlar” romani ana shunday asar edi. G`arb adabiyoti vakillari esa o`z asarlarida Amir Temur qiyofasini haqiqatga mos yoki yaqin talqin qildi, tarixda tutgan o`rni holisona baxolandi.
Ingliz beletrist yozuvchisi Xerold Lembning “ Temur hukmdor va sarkarda” romani shunday so`zlar bilan boshlanadi. “Bundan besh yarim asr muqaddam bir shaxs jahon hukmdori bo`lishni niyat qildi va bunga astoydil bel bog`ladi. U nimaga qo`l urmasin va nimani niyat qilmasin, barchasiga muvaffaq bo`ldi, omad unga kulib boqdi. Nihoyat, butun dunyo ul zodni buyuk hukmdor, ulug` satkarda Temur deya ardoqlab tilga oladigan bo`ldi”. - Ingliz beletrist yozuvchisi Xerold Lembning “ Temur hukmdor va sarkarda” romani shunday so`zlar bilan boshlanadi. “Bundan besh yarim asr muqaddam bir shaxs jahon hukmdori bo`lishni niyat qildi va bunga astoydil bel bog`ladi. U nimaga qo`l urmasin va nimani niyat qilmasin, barchasiga muvaffaq bo`ldi, omad unga kulib boqdi. Nihoyat, butun dunyo ul zodni buyuk hukmdor, ulug` satkarda Temur deya ardoqlab tilga oladigan bo`ldi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |