Buxoro xonligida shayboniylar hukmronligi tarixiga oid manbalar va adabiyotlar
Shayboniylar davri davlatchiligi, davlat boshqaruvi va ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni yorituvchi ma’lumotlar an’anaga ko‘ra asosan moddiy va yozma manbalarga bo‘linadi. O‘zbek va rus tiliga tarjima qilingan mavzuga oid manbalarni qaysi tilda yaratilganligi va turiga qarab uch guruhga bo‘lib, tahlil qilish maqsadga muvofiq deb hisobladik.
Fors-tojik tilida yozilgan asarlar.
Turkiy (eski o‘zbek) tilida yozilgan asarlar.
Sayyohlarning kundaliklari.
Fors-tojik tilidagi tarixiy manbalar, asarlardan olingan hamda mazkur turdagi yozma yodgorliklar o‘zining yozilish uslubiga ko‘ra oldingi an’analarni davom ettiradi. Shayboniylar davri tarixchilari temuriylar davri tarix mak- tabining davomchilari bo‘lib, ular voqea va jarayonlarni tavsiflashda o‘zla ridan oldin o‘tgan saroy muarrixlari izidan borganlar va yangi sulola vakillari uchun ularning ko‘ngliga mos kitoblar yozib taqdim etganlar. Tadqiqot doirasiga tortilgan mazkur tarixiy asarlarning ko‘pchiligi shay- boniy hukmdorlarning hayoti, faoliyati, siyosiy tadbirlari, harbiy yurishlari, din ulamolari, tasavvuf pirlari bilan munosabatlari, turli imoratlar qurishdagi homiyliklari kabi voqealarni aks ettirish bilan cheklangan. Tarixchilar istiora va poeziyaning boshqa usullaridan foydalangan holda ayrim hukmdorlarning jasoratlari, odilona tadbirlarini afsonaviy bo- tirlar, pahlavonlarga qiyos qilganlar. Shuningdek, manbalarda xonlar, lash- karboshilar hamda harbiy amaldorlarning urushlar, janglar chog‘idagi amal- larini kinoyaomuz satrlar, jumlalarda turli sifatlar bilan vasf qilin- ganligiga shohid bo‘lamiz. Shayboniylar davri tarixchilarining aksariyat ko‘pchiligi, temuriylar davridan farqli ravishda, mahalliy muarrixlar bo‘lib, ular xonlar saroyida xizmat qilgan, yurishlari, shikor marosimi va boshqa tadbirlarida bevosita ishtirok etgan shaxslardir.
Shayboniylar davlatchiligi, davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy holat haqida, shuningdek, o‘sha davrdagi harbiy-siyosiy jarayonlar haqida ma’lumot beruvchi fors tilidagi asarlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
Bu asarlarni mavzu manbashunosligi doirasida, ya’ni ulardagi shaybo- niylar sulolasi vakillari tasnifi, udel tizimi, davlat boshqaruvi, mansabdor shaxslar faoliyati, xo‘jalik tizimi, savdo-sotiq, soliq, qo‘shin ta’minoti va yer-suv munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokiga oid ma’lumotlarni tahlil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |