Amir Temur davriga oid manbalar


Mustaqillik yillarida Amir Temur shaxsi va tarixining tiklanishi



Download 186,26 Kb.
bet3/48
Sana12.07.2022
Hajmi186,26 Kb.
#779291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
3. Mustaqillik yillarida Amir Temur shaxsi va tarixining tiklanishi
O‘zbek xalqi mustaqillikka erishishi bilan uning milliy o‘zligini anglashga katta imkoniyatlar
yaratildi. Milliy davlatchilik asoslarimiz yaratilayotgan bugungi kunda tariximizning barcha
sohalari qatorida ajdodlarimizdan qolgan siyosiy merosimizni chuqur va xolisona tadqiq etish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Zero, o‘zbek xalqining milliy davlatchilik tarixi ming yillar avval shakllangan bo‘lib, ular orasida orasida Amir Temur saltanati yuksak davlatchilik ta’limoti yaratilgan bosqich siatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Saltanatda joriy etilgan boshqaruv asoslari o‘z davrida nafaqat mamlakatda istiqomat qilayotgan kishilarning manfaatlari hamda farovonligi uchun xizmat qilgan, balki g‘arb va sharq davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar, halqaro hayotning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy barqarorligi, rivojiga ham
samarali ta’sir ko‘rsatgan. Bu ulkan o‘zgarishlarning yuzaga kelishida Amir Temurning roli kata bo‘lsa-da, uning shaxsi, davlatchilik faoliyati, milliy va umuman sivilizatsiya tarixidagi o‘rni sovet davrida salbiy jihatdan talqin etildi. Sobiq ittifoq yuritgan bunday siyosatning zaminida o‘zbek xalqidan milliy tuyg‘u, o‘zlikni anglash g‘oyalarini tag-tomiri bilan yo‘qotish maqsadlari yashiringan bo‘lib, yurtimizda mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bu niyat va harakatlarning bartaraf etilishida katta kuch bo‘lib xizmat qildi. Istiqlol tufayli Sohibqironning tariximizdagi, umuman insoniyat tarixidagi kata xizmatlari munosib baholana boshlandi. Vatanimizda Amir Temurning faoliyatini xolis o‘rganishda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov olib borayotgan siyosat alohida ahamiyatga ega. Hukumatimiz «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida» (1994 yil, 29 dekabr), «1996 yilni Amir Temur yili deb e’lon qilishi to‘g‘risida” (1995 yil, 26 dekabr), «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil etish va «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida (1996 yil) qator farmon va qarorlar chiqardiki, bu tadbirlar temurshunoslikning keyingi taraqqiyoti uchun kata zamin yaratdi. Amir Temurning dunyo sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixdagi buyuk xizmatlari Birlashgan Millatlar tashkilotining talim, fan
va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi YuNESKO tomonidan ham e’tirof etilib uning 660 yillik yubileyini nishonlash to‘g‘risida tashkilotining qaror qabul qilinishiga erishildi. 1996 yil Amir Temur yili deb elon qilindi va bu tarixiy voqea dunyo miqyosida keng nishonlandi. Prezident Islom Karimov Sohibqironning tariximizda tutgan o‘rni, o‘z davrida yurtimizda ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritish bilan birga markazlashgan davlat tuzgani, saltanat boshqaruvini adolat va qonunlarga asoslanib tashkillashtirgani, ilm-fan ravnaqiga katta tasir ko‘rsatgani hamda boshqa xizmatlari haqida ko‘p marotaba alohida ta’kidlab o‘tdi.
Jumladan: «Shavkatli ajdodimizning o‘lmas xizmatlari shundaki, u murakkab tarixiy sharoitda xalqning boshini qovushtira bildi. Shunday qilib, Sho‘rolar tuzumi davrida Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondoshilib, bir yoqlama baho berilib kelindi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng bunday qarashlarga barham berildi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni o‘z joyiga qo‘yila boshlandi. O‘zbekistonda uning faoliyatini o‘rganishga va uni ommalashtirishga keng yo‘l ochildi. Uning nomi O‘zbekistonda abadiylashtirildi. Ko‘plab shahar va qishloqlardagi shoh ko‘chalar, maydonlar, jamoa xo‘jaliklari, maktablar, kinoteatrlar va boshqalar uning nomi bilan ataldi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal o‘rnatildi, Toshkentdagi Amir
Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YuNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film,
spektakllar va she’riy hamda nasriy asarlar yaratildi.

Download 186,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish