Amir Temur davriga oid manbalar


Amir Temur davlatida din ulamolari faoliyati



Download 186,26 Kb.
bet14/48
Sana12.07.2022
Hajmi186,26 Kb.
#779291
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
15. Amir Temur davlatida din ulamolari faoliyati.

Temur va temuriylar davri ma’naviy hayotida diniy falsafa katta o’rin tutadi. So’fiylik tariqatida Naqshbandiylik rivojlanib, barcha ijtimoiy-ma’naviy sohalarga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bahovuddin Naqshbandiy bu tariqatni boyitib, balogardon martabasiga ega bo’lgan karomat sohibi edi. XV asrda Naqshbandiya tariqatining davomchisi Хoja Ubaydulloh Ahrordir. Samarqandga kelgan Хoja Ahror Valini temuriylar o’zlariga pir deb biladi. Хoja Ahror Naqshbandiya Хojagon tariqatining yo’nalishini belgilagan va ijtimoiy faoliyatidan tashqari ijodkorlik ilmi bilan ham shug’ullanib bir nechta asarlar yozgan. O’rta Osiyoda Тemur va temuriylar davrida madaniyat rivojlandi va kamol topdi. XIV-XV asrlardagi Movarounnahr va Хurosondagi madaniy taraqqiyotining tamal tojini Buyuk sohibqiron Amir Тemur qo’ygan edi. Odatda u tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar o‘tkazardi. Amir Temur saroyida ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi, mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono No‘’monuddin Xorazmiy, Xo‘ja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa xizmat qilardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning ilm va ma’naviyat aqliga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi juda yoqar edi. Bu haqda Navoiy shunday degandi: "Agar Temur qayerda fan, madaniyat va san’at ahlini uchrasa, ularni o‘z homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom ko‘rsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu zotlardan o‘z oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqa lavozimlarda foydalanardi".



19. «Temur tuzuklari» - davlat boshqaruvi haqidagi muhim tarixiy manba.

Amir Temur va uning davri xususida zamondoshlari G‘iyosiddin Alining «Ro‘znomayi g‘azovoti Hinduston», Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», ibn Arabshohning «Temur tarixi» Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” va boshqalarning qimmatli asarlari mavjuddir. Lekin, buyuk jahongir hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar ichida shubhasiz, «Temur


tuzuklari» alohida ahamiyat kasb etadi. «Tuzuki Temuriy» («Temur tuzuklari»), «Malfuzoti Temuriy» («Temurning aytganlari») va «Voqioti Temuriy» («Temurning boshidan kechirganlari») nomlari bilan atalmish ushbu asar qimmatli tarixiy manba bo‘lib, u jahondagi mashhur kutubxonalardan joy olgan. «Temur tuzuklari» ikki qismdan iborat tarixiy va huquqiy asar bo‘lib unda Sohibqironning davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarish xususidagi nuqtai-nazari bayon etiladi. «Temur tuzuklari» o‘z ichiga hayot tajribasi va sinovi boshidan o‘tgan, bir umr el-yurt, saltanat tashvishi bilan yashagan fidoyi shaxs, buyuk davlat arbobining o‘y-fikrlari, mushohada va kechinmalarini o‘z ichiga jo qilgan. «Tuzukot»da yuqorida qayd etilgan mulohazalar aniq-ravon tarzda, ixcham usulda bayon etilgan. Sohibqironning «Saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirish zarur», degan ko‘rsatmasi XXI asr siyosat maydoni uchun, muammolarni hamjihatlikda yechishga da’vat tarzida ko‘rsatish mumkin. “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir” degan fikrlari hozirda ham ijtimoiy-manaviy hayotda dolzarb ahamiyat kasb etsa, “Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar” degan iborasi odamni hamisha o‘z aql-
zakovati, ilm-ma’rifat asnosida hayot kechirishga chaqiradi. Amir Temurning “Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzat-ikrom ko‘rsatdim”, degan so‘zlar uning ichki ma’naviy dunyosining boyligidan darak beradi. Takidlash joizki, XXI asr barkamol avlodini tarbiyalash, ularning ma’naviy olamini yuksaltirish va boyitishda shubhasiz, «Tuzuklar» kata ahamiyat kasb etadi.


Download 186,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish