Mahalliy boshqaruvning amalga oshirilishi
Temur tuzuklariga asosan har bir sarhad, viloyat, shahar va lashkarda xabar yozuvchilar tayinlangan. Ular hokimlar, raiyat, sipoh va lashkarlarning xatti-harakati haqida, atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, begona kishilar, qo'shni davlatlar va boshqalar haqida xabar yetkazib turishlari lozim edi. Shu bilan birga, ular armiyadagi holat, lashkarlarning jangovor tayyorligi va ma'naviy sifatlari to'g'risida ham axborot berib turganlar. Bundan tashqari yana «mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, riling nafar tezyurar piyodani chopar etib tayinlangan».' Ular turli mamlakatlaiy sarhadlarning xabarlarini, qo'shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini yetkazib turganlar.
Har bir shahar va qishloqqa qutvol (qal'a boshlig'i - komendant) tayinlanib, u sipohu raiyatga soqchilik qilgan va turli xil o'g'irliklardan himoya qilib turishi lozim bo'lgan. Bundan tashqari maxsus yo'l kuzatuvchilari, zobitlar ( idora etuvchi qo'shin boshliqlari) tayinlanib, yo'llarni qo'riqlab, o'tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarni manzildan-manzilga yetkazib qo'yish fiiajburiyatiga ega bo'lganlar. Yo'lda birortasining narsasi yo'qolsa, o'Zi o'ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, hamma uchun javob berganlar.
Temur arzbegi mansabini ta'sis etgan. U sipoh , raiyat yoki ariza va shikoyat bilan kelganlarning ahvolini, mamlakat obodonchiligini, muhim jshlardan qaysi biri bitgan-bitmaganligini hal qilgan.
Temur hokimiyati ostidagi o'troq dehqon ommasi va shahar aholisini boshqarish viloyatlaming hokimlari - valilar, o'lkalar - beklar va shaharlar - hokimlar tomonidan amalga oshirilgan.
Kentlar (uyezd) va qishloqlar tepasida arboblar turgan. Ular viloyat va okruglarning hokimlari tomonidan tayinlangan.
Mahalliy hokimiyat boshliqlari asosan aholidan soliq va o'lponlarni yig'ishni va bularni davlat xazinasiga o'z vaqtida yetkazishni kuzatib turganlar.
Har bir viloyat, tuman va shaharlarda moliya ishlarini 3 ta vazir yuritgan: 1) xiroj va miqdorini belgilashi va uni yig'ish bilan shug'ullanuvchi vazir; 2) navkarlar o'rtasida soliqlardan tushgan mablag'larni taqsimlovchi vazir; 3) egasiz mulklarni boshqaruvchi vazir.
Ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi aholi ichida mahalliy hokimiyat tumanlar va uluslarning hokimlariga tegishli "bo'lgan. Bu yerlarda aholi orasida urug'-qabilachilik an'analari saqlanib qolgan bo'lib , u asta-sekin shariat normalari tomonidan siqib chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |