Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi



Download 103 Kb.
bet2/2
Sana21.07.2021
Hajmi103 Kb.
#125150
1   2
Bog'liq
Amir temur

1. Bu qoidaga asosan, soliqlar erning mahsuldorligiga va olingan hosilga qarab belgilanar edi.

Masalan, doim, uzluksiz ravishda kanal, buloq va daryo suvi bilan sug`orilgan ekin yerlaridan olingan hosildan ikki hissasi er egasiga qoldirib va bir hissasi saltanat xazinasiga soliq tariqasida olinar edi. Bordiyu raiyat bu qoidaga rozi bo`lmasa, u holda hisobga olingan ekin yerlarini birinchi, ikkinchi va uchinchi jarib (ya`ni 1 gektarga) qilib, uchga ajratib, birinchi jaribdan olingan hosilning 3 harvori (1 harvor- 300 kg.yaqin), ikkinchi jaribdan olingan hosilning 2 harvori, 3-chi jaribdan olingan hosilning 1 harvori, ya`ni 1 gektar eri bor kishi 900 kg,
2 gektar eri bor kishi 1500 kg va 3 gektar eri bor kishi 1800 kg soliq to`lagan va hokazo.

Ammo xalqdan olingan soliqlarni har xil bahonalar bilan ko`paytirishga yo`l qo`yilmagan. Kuzgi, bahorgi, qishki va yozgi dexqonchilikdan, lalmikor yerlardan olingan hosilning uchdan va to`rtdan bir qismi soliq tariqasida olingan.

Fuqarolar olinadigan jon solig`i, kasb-hunardan, o`tloq va suvloqdan olinadigan soliqlar qadimdan o`rnatilgan qoidalar bo`yicha olingan. Soliq hosil pishib etilgandan keyin olingan. Soliq yig`ishda zo`ravonlik, kaltaklash, bandi qilish, xaqoratlash man etilgan.

Kimki, biron sahroni obod qilsa, yoki er osti suvini olish uchun inshoat qursa, to`g`onlar qurib bog` ko`kartirsa yoxud xarob bo`lib yotgan yerlarni obod qilsa birinchi yili soliqdan ozod qilingan, ikkinchi yili raiyat o`z roziligi bo`yicha soliq to`laganlar. Amir Temur harbiy yurishlardan zafar bilan qaytib kelganda fuqarolarni uch yilgacha soliqdan ozod qilgan.

Tashlandiq, xarob yerlarni obod qilish uchun turli asbob va kerakli narsalar berilgan. Bu yerlarni obod qilish uchun, suv inshoatlari, qo`rg`onlar qurish uchun, ariqlar qazish ko`priklar qurish, ot-ulov, omoch-ho`kizlar sotib olish uchun xazinadan pul berilgan.

«Saltanatni adolatli boshqarish maqsadida ushbu tadbirlarni ma`qul ko`rdim».-deb yozadi Amir Temur.

«Menga bo`ysungan yangi davlatlarda hurmatga loyiq odamlarga hurmat ko`rsatdim. Men payg`ambar avlodlariga, qonun targ`ibotchilariga, olimlar va keksalarga buyuk hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo`ldim; ularga nafaqa belgiladim; etim - esirlar, kambag`al-qashshoqlarga g`amxo`rlik qildim; yaxshilarga, ular qaysi millatdan bo`lishiga qaramasdan, ularga yaxshilik qildim, g`arazli kishilar va sotqinlar, ig`vo-fitna yurituvchilar, yolg`on gap tashuvchilar davlatimdan quvildi, o`g`rilik, poraxo`rlik, ta`magirlikning barcha yo`llarini bekitish choralarini ko`rdim.
Shubhali va niyati buzuq kishilarning tuhmatlari bilan fuqarolarga jazo berishni man etdim. Ammo biror shaxsning gunohi 4 dalil bilan isbotlansa, unga qilmishiga yarasha jazo berdim» deb yozadi Amir Temur.

"TEMUR TUZUKLARI" - Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan

maʼlumot beruvchi tarixiy asar. "Tuzuki Temur" va "Tuzukoti Temur" nomlari

bilan atalgan. Amir Temurning "Tuzuklar" muallifi ekanligini eʼtirof etadigan

olimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida "Temur tuzuklari"ning inglizcha

tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi

Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi N.D. MikluxoMaklaylar

ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, asar 16—17-asrlarda Hindistonda

yozilgan.

Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiy-

siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qoʻlga kiritishi,

siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni,

jumladan, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni oʻz tasarrufiga

kiritishi, Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga

qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy

tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlganligi buyuk sohibqiron tilidan

ixcham tarzda bayon etilgan.

Ikkinchi qism mashhur jahongirning farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat,

pandnasihatlari va oʻgitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga

tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini

tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi,

mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliklarining burch

va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida

koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.

Asar Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy manba

boʻlib xizmat qiladi. "Temur tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy")ning fanda qayd

etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda bitilganligi maʼlum. Bu usmoniy turk

hokimlaridan biri — Yaman hokimi Jaʼfar Posho (hukmronlik yillari 1607—12)

ning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bogʻliq.

"Tuzuki Temuriy"ning suz boshida keltirilishicha, oʻrtaosiyolik Mir Abu Tolib

Husayniy alAriziy atTurbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj

qilgan vaqtida asarni oʻqishga muyassar boʻlgan va 1610 y. Jaʼfar Poshoning

topshirigʻi bilan uni fors tiliga oʻgirgan. Bizgacha ana shu forsiy nusxa tosh

bosmalar, zamonaviy nashrlar va qoʻlyozmalar shaklida yetib kelgan. Husayniy

Turbatiy forscha tarjimani 1637 y. boburiy hukmdor Shoh Jahonga (1628—57)

tortiq qilgan. Shoh Jahon tarjima bilan tanishib chiqib, unda ayrim noanikliklar va

kamchiliklar topgan hamda yirik olim, Dekan viloyatining qozikaloni Muhammad

Ashraf Buxoriyni (vafoti 1652 y.) huzuriga chaqirtirib, mazkur tarjimani moʻtabar

asarlar, xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si va shunga oʻxshash

muhim manbalarga solishtirib chiqish va shu yoʻl bilan tarjimadagi xato va

kamchiliklarni bartaraf qilishni topshirgan. Muhammad Ashraf Buxoriy

koʻrsatmaga koʻra, Mir Abu Tolib alHusayniy atTurbatiy nusxasini diqqat bilan

tahrir qilgan. Shu zaylda asarning yangi, toʻldirilgan tahriri vujudga keladi va u

"Malfuzoti Temuriy" ("Temurning aytganlari") va "Voqeoti Temuriy"

("Temurning boshidan kechirganlari") nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan

koʻplab nusxalar koʻchirilgani maʼlum.

Maʼlum boʻladiki, Boburiylar saltanatida "Tuzuki Temuriy" asosida ikkita

mustaqil asar vujudga kelgan va ularning keyingi asrlarda tarqalishi bilan bogʻliq

oʻziga xos tafsilotlar bor.

"Tuzuki Temuriy" nusxasini dastlab Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor

Devi 1779 yilda Angliyaga olib kelgan. Soʻngra arab tili prof. ingliz mayori

Uaytga uni koʻrib chiqish uchun topshirgan. Uayt "Tuzuki Temuriy" ning forscha

matnini nashrga tayyorlagan, mayor Devi esa uni inglizchaga oʻgirgan va

koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783 y.

Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida nashr etilgan.

Aynan shu nashr dunyo mamlakatlariga keng tarkalgan va "Tuzuki Temur" yoki

"Tuzukoti Temur" nomi bilan shuxrat topgan. Oksford nashri keyinchalik hech bir

oʻzgarishsiz, jahonning koʻplab shaharlarida, masalan, 1785 y. Kalkutta, 1868,

1963 va 1992 yillarda Tehron, 1890 y. Bombeyda chop etilgan. Bu nashrlar

koʻplab mamlakatlarga, jumladan, Oʻrta Osiyoga ham tarkalgan.

Uayt va Devi nashr etgan forscha matndan taniqli sharqshunos L. Langlening

fransuz tiliga oʻgirgan tarjimasi 1787 y. Parijda nashr qilindi.

1892 y. L. Langlening fransuzcha nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida

Toshkent gimnaziyasining bir guruh talabalari asarni rus tiliga tarjima qiddilar.

1968 va 1992 yillarda I. M. Moʻminov yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P.

Ostroumov nashri chop etildi.

"Temur tuzuklari"ning Devi va Uayt nashri aso’ sida chiqarilgan toshbosma va

keyingi nashrlaridan biri asosida Alixontoʻra Soguniy 1967 y. Toshkentda "Tuzuki

Temuriy"ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan va "Guliston" jurnalida tarjimaning faqat

30 foizi eʼlon etilgan. Asar toʻliq chop etilmaganligining sababi va 1989 y. oʻzbek

tiliga qilingan yana bir tarjima xususida akad. B. Ahmedov quyidagicha fikr

bildirgan: "...Oʻsha vaqtda jamiyatimizdagi mavjud ahvol, aniqrogʻi rasmiy

hokimiyat maʼmurlarining oʻtmish tariximizni oʻrganishga boʻlgan yomon

munosabati natijasida Alixontoʻra Sogʻuniy tarjimasi toʻla tarzda bosilib

chiqmadi. Yana shuni ham qayd etmoq lozimki, tarjimaning bosilgan qismi baʼzi

kamchiliklardan ham xoli emas edi. Unda, mas., ayrim jumlalarning tashlab

ketilgani aniklangan, asl matndan chetga chiqish hollari mavjud; kishi nomlari,

joʻgʻrofiy atamalarda va istilohlarda gʻalatliklar bor. Muhim tarixiy voqealar,

tarixiy shaxslar, joʻgʻrofiy va etnik nomlar, turli atamalar va ularning sharhlari

erkin talqin etilgan. 1989 yilda Alixontoʻraning oʻsha nashrini "Tuzuki Temur"

ning Bombeyda chop etilgan forscha matniga solishtirgan holda oʻzbek tilida yana

bir tarjima amalga oshirildi. Uni oʻzbek sharqshunosi Habibulla Karomatov

hozirlab, oldin "Sharq yulduzi" jurnalida (Toshkent, 1989, 8son), soʻngra alohida

kitob holida (1991) Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr ettirdi".

Mazkur nashrni tayyorlashda Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik

instituti qoʻlyozmalar fondida saklanayotgan 1785 y. Kalkutta, 1868 y. Tehron va

1890 y. Bombey nashrlari A. Sogʻuniy tarjimasi bilan solishtirilgan. Tarjima matni

forsiy asliyatdan ancha farqlangani bois Bombey nashri asosida qaytadan oʻzbek

tiliga oʻgirilgan va ogʻir qatagʻon davrida oʻzbek xalqiga Amir Temur toʻgʻrisidagi

haqiqatni yetkazishga intilgan Alixontoʻra Sogʻuniy nomlari hurmat yuzasidan

yangi tarjimada 1oʻringa qoʻyilgan. Bu bilan, 1967 yilda boshlangan xayrli ishni

nihoyasiga yetkazib, marhum domlaning ruhi poklarini shod etish maqsadi

koʻzlangan.

Asarning "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan tarjimasi asosida 1991 y. Boku va

Olmaotada ham "Temur tuzuklari"ning qozoq va ozarbayjon tillaridagi tarjima

kitoblari nashr etildi. 1996 y. asarning yangi tarjimasi qayta oʻzbek tilida chop

etildi.

1999 y. sharqshunos Hamidulla Karomatov asarni Bombey nashri asosida 1marta

bevosita fors tilidan rus tiliga tarjima qildi.

"Tuzuki Temuriy"ning Subhon Baxshi (Dexli, 1855) va Muhammad Fazl ulHaq

(Bombey, 1908) taraflaridan amalga oshirilgan urducha tarjimalari ham mavjud.

"Tuzuki Temuriy" sifatida tanilgan aynan Devi va Uayt nashri dunyoning turli

burchaklarida qaytaqayta nashr etilgan va ilmiy doirada ishonchga kirgani bois

jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan. "Malfuzoti Temuriy", "Voqeoti

Temuriy" va boshqa nomlar bilan tanilgan va koʻpincha adashib "Tuzuki

Temuriy"ga nisbat beriladigan asar nusxasining yuzaga kelishi toʻgʻrisida arab

olimi Mazhar Shihob "Temur" nomli kitobida "Tuzuki Temur"ning yuqorida

eslatilgan ingliz va fransuz tilidagi nashrlarining soʻz boshlarini oʻrganish asosida

shunday yozgan: "Va nixryat Amir Temur malfuzotlarining Abu Tolib alHusayniy

tomonidan qilingan ushbu tarjimasidan fors tiliga oʻgirilgan boshqa 2 nusxasi

(Hindistonda Shoh Jahon koʻrsatmasiga binoan, Muhammad Afzal Buxoriy

tomonidan tayyorlangan nusxalar nazarda tutilmoqda) topilgunga qadar bu hol shu

zaylda davom etdi". Ulardan 1nusxani Hindistonda xizmatda boʻlgan ingliz

zobitlaridan biri Degʻliga moʻgʻul — musulmon sultonlari nabiralarining biridan

olishga muvaffaq boʻladi. Shu boisdan ham mazkur nusxa Sultoniy nusxa (nusxai

Imperoturiya) nomi bilan ataladi. Malfuzotning ikkinchi nusxasi ham Dexlidan

topilib, uni ham ingliz generallaridan biri Britaniyaga olib ketadi. Yangi topilib,

1830 yilda Angliyaga olib keltirilgan ikkala nusxaning qimmatli tomoni shunda

ediki, bu ikki nusxa Amir Temurning malfuzotlarini toʻlatoʻkis qamragan bulib,

ular Sohibqiron hayotini oxirgi yiligacha hikoya qilardi.

1830 y. Charlz Styuart keyin topilgan yangi ikkinchi nusxa Britaniyaga

keltirilgach, tanishib chiqib, bir tarjimaning 2 nusxasi ekanligini aniqladi. Bu

tarjima muallifi Hindistonda saltanat yuritgan Temuriy sultonlar davlati

hokimlaridan biri boʻlgan Shoh Jahon davrida podshoh saroyida xizmatda boʻlgan

mansabdor shaxslardan biri Muhammad Afzal alBuxoriy edi. Mutarjimning

yozishicha, ushbu tarjimani u 1670 yilda amalga oshirgan. Muhammad Afzal

alBuxoriy oʻz tarjimasining muqaddimasida ishorat qilib ketgan yangi (sultoniy)

nusxaga kiritilgan aksar qoʻshimchalar, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"

asaridan olinganligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Shunday qilib, Muhammad Afzal Buxoriy qayta ishlagan va Sharafuddin Ali

Yazdiyning "Zafarnoma"si asosida toʻldirilgan "Malfuzoti Temuriy" deb

nomlangan yangi asar vujudga keldi va tarqala boshladi. Hozirda uning nusxalari

bir qancha mamlakatlar kutubxonalarida saklanmoqda. Sharq qoʻlyozmalari

kataloglarining tuzuvchilaridan baʼzilari ham uni "Tuzuki Temuriy" dan farqli

oʻlaroq "Malfuzot" ekanligiga ishora qilganlar. Albatta, nomlanishi "Voqeoti

Temuriy", "Tanziymoti Temuriy" va boshqa shakllarda ham uchraydi. Undan

tashqari keyingi asrlardagi gohida toʻla, gohida noqis nusxalarida xattotlar

tomonidan oʻzboshimchalik bilan kiritilgan koʻplab toʻqimalar, birinchi

nusxalarda boʻlmagan voqealar tafsilotlari ham uchraydi. Bundan tashqari, zikr

etilgan 2 har xil asarni "Tuzuki Temuriy" va "Tuzukoti Temuriy" nomlari bilan bir

muqova ichida koʻchirib yozishgan. Shu bois hatto Yevropada va baʼzi bir sharq

mamlakatlarida sharq qoʻlyozmalarining chop etilgan kataloglarida ham shunday

chalkashlik koʻzga tashlanadi. Bunday kamchilik "Temur tuzuklari"ning 1991 ya

1996 y. nashrlari soʻz boshida ham bor.

"Malfuzoti Temuriy"dan qator tarjimalar amalga oshirildi. 1830 y. Angliyada

Charlz Styuart uni ingliz tiliga oʻgirdi. Unda Amir Temur hayotining 39

yoshigacha boʻlgan voqealar aks ettirilgan.

19 a.da Oʻrta Osiyoda "Malfuzoti Temuriy"ning forsiydan eski oʻzbek tiliga

qilingan 3 tarjimasi paydo boʻldi. Sharqshunos Stori katalogida keltirilgan

maʼlumotga koʻra, ulardan birini 1836 y. Qoʻqon xoni Muhammad Alixonning

buyrugʻiga binoan, Xoʻjand qozisi Nabijon Mahdum Xotif amalga oshirgan.

Tarjima fors tilidagi noqis nusxadan qilingan va Amir Temurning 39 yoshgacha

voqealari keltirilgan. Hozir bu qoʻlyozma SanktPeterburgdagi Sharqshunoslik

intida saqlanmoqda.

Boshqasi, Xivada Muhammad Yusuf arRojiy tomonidan 1856—57y.lar "Tuzuki

Temuriy" nomi bilan tarjima qilingan va yana biri "Qissai Temur" va "Malfuzot"

nomlari bilan maʼlum boʻlgan Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857—58 y. lar

Xivada oʻgirilgan asar. Har ikkala nusxa SanktPeterburg shahrida M. Ye.

SaltikovShchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasida saqlanmoqda.

Nabijon Maxdumning kuplab xatolari bor eski oʻzbek tilidagi tarjimasi asosida rus

sharqshunosi N. P. Ostroumov Turkiston generalgubernatori baron A. B. Vrevskiy

yordamida "Malfuzot"ning turkiy matnini 1891 y. Toshkentda nashr etdi.

N.P. Ostroumov nashri asosida "Malfuzot" rus sharqshunosi Nil Likoshin tarafidan

1894 y. Toshkentda rus tiliga tarjima qilindi. 1934 y. Moskvada rus olimi V.A.

Panov tomonidan Ostroumovning mazkur nashri asosida "Malfuzot"ning yangi

tarjimasi nashr etildi.

1992 y. Toshkentda tanikli sharqshunos Ashraf Ahmedov N.P.Ostroumov nashriga

tayangan holda Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"sining tanqidiy matnidan

foydalanib, "Malfuzot"ning oʻzbek tilidagi zamonaviylashtirilgan erkin tabdilini

amalga oshirdi.

Nihoyat, "Malfuzot"ning Oʻrta Osiyoda amalga oshirilgan eski oʻzbek tilidagi

tarjimalari asosida, soʻnggi yillarda, Oʻzbekiston olimlaridan H. Bobobekov,

H. Boboyev, A. Quronbekov tomonidan "Tuzuki Temuriy" (ikkinchi qayta

nashriga "Zafarnoma" deb nom qoʻyilgan) hamda "Qissai Temur" ("Malfuzoti



Temuriy") kitoblari chop etildi.


1.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish