AMIR SAYYID OLIMXON HAYOTI VA FAOLIYATI AMIR OLIMXON “BUXORO XALQINIG HASRATI TARIXI” - Amir Olimxonning yozishicha, o’sha davrda Buxoro davlatiga qarashli erlar 225000 kvadrat kilometr bo’lgan, bu esa taxminan Italiya maydoni bilan teng deganidir. Uning yozishicha, Buxoro aholisi asosan o’zbek, turkman, qirg`iz, kozoq, tojik, yahudiy va arablardan iborat edi. Bundan ko’rinadiki, Buxoro davlati ko’pmillatli mamlakat bo’lgan, unda O’rta Osiyo xalqlarining barcha vakillari yashagan. Olimxon bu erlarda yashovchi yahudiy va arablarni kitobiga bitishni ham unutmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |