Taqrizchi: f.f.b.f.d.(PhD) R.Nuritdinova
KIRISH
O’zbekiston Respublikasining ustuvor siyosati, ta’lim tizimi ish mazmunini demokratlashtirish, XXI asr yoshlarini har tomonlama rivojlangan, yetuk, dunyoviy fikr yuritadigan, bilimli, barkamol shaxslarni jahon ta’lim standartlariga mos ravishda tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir”.1 Barkamol shaxs hamisha o'z Vatanni kamolotini rivojlantiradi, uning ravnaqi yo'lida umrini baxshida etishni o z burchi deb biladi. Barkamol avlod tushunchasi tarixiy ahamiyatga ega bo'lib, o'z davrining komil insoni hisoblanadi. Demak, sog'lom yoshlar har qachon, har yerda o'z fikriga, sog'lom mulohazasiga ega bo'ladi, xalq va davlat manfaatini himoya qiladi. Uning aql-zakovati, intellekti, teran dunyoqarashi orqali o'z maqsadiga erishish yo'llarini qidirib topadi.
Yurtimiz kelajagi, xalqimiz, mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovatiga, milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andozalari asosida takomillashtirish, ta’lim tizimini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishga, kadrlar tayyorlashga bevosita bog'lik. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo'lgan barkamol tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo'lishi uchun avvalo ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o'zgartirish, uni hozirgi davr talabi darajasiga ko'tarish zarur va muhimligini hayot taqozo etyapti.
Mustaqillik yillarida ta’lim tizimiga ko'plab tushuncha va atamalar, yangicha qarashlar kirib keldi. Bugungi kunda ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkillashtirish va takomillashtirish masalalari dolzarb bo'lib qolmoqda. Bizga ma’lumki, pedagogik texnologiyalarning asosini interfaol metodlarga asoslangan yondashuvlar tashkil etadi.
Ta’lim tizimida, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish - ta’lim samaradorligini oshiradigan innovasion usuldir. Yoshlarni yangicha ishlashga va tafakkur yuritishga o'rgatish davr talabi ekanligi birinchi Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan edi..
Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talaba (yoki o`quvchi) larni faqat tayyor bilimlarni egalashga o`rgatib kelingan edi. Bunday usul talaba (yoki o`quvchi) larda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so`ndirar edi. Endi o`quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi.Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek- “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”.2
Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o`rniga zamonaviy darslarni tashkil etishga ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, ma’suliyatli, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o`zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o`qituvchilarga talab oshib bormoqda.
Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o`quv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularni ta’limda qo`llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta’minlaydi.
O‘qitish jarayonida, maqsad bo`yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo`llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o`qituvchi yoki talaba o`rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erishsa, o`quv jarayonida talabalar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o`zlari xulosa qila olsalar, o`zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o`qituvchi esa bularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu – o`qitish jarayonining asosi hisoblanadi.
Adabiyot darslarida o`qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo`lib, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film(yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborat texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bo`lar. Bularning hammasi o`qituvchi va talabalarga bog`liq.
Shu bilan birga o`quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o`quv predmetining o`ziga xos tomoni, joy va sharoitni, eng asosiysi, talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak. Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev - Bugun har bir o‘qituvchi va tarbiyachi, oliygoh domlasi ta’lim va ilm-fan sohasidagi eng so‘nggi ijobiy yangiliklarni o‘quv jarayonlariga tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir so‘z bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lishlari kerak.- deb ta’kidlagan edilar.3
Respublikamizning yangi pedagogik texnologiyalar sohasidagi yetakchi uslubchi olimlari, professor-o`qituvchilari B.Xodiyev, L.Golish, R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, S.Usmonov, G.Fuzailova, J.Yo`ldoshev, R.Hamraqulov, E.Jumayevlarning pedagogik texnologiyalarga oid kitoblari, o`quv qo`llanmalari ushbu Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda muhim nazariy manba bo`lib xizmat qildi.
“Hamid Olimjon hayoti va ijodi” mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish mavzusidagi malakaviy ishimda dars jarayonida mavzu doirasida qo’llanilishi mumkin bo’lgan metodlar va texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berishga harakat qilindi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |