Aminova olmaxon sotivoldiyevnaning


Zulfiya hayoti va ijodi yuzasidan ochiq dars ishlanmasi



Download 307,77 Kb.
bet12/17
Sana14.07.2022
Hajmi307,77 Kb.
#798383
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
olimaaaaaas (Восстановлен)

3.2.Zulfiya hayoti va ijodi yuzasidan ochiq dars ishlanmasi
Uzluksiz ta’lim tizimi dastur va darsliklarida Zulfiya hayoti va ijodiy merosini o‘rganishga e’tibor berilgan, shoiraning yuksak badiiyat namunasi bo‘lgan she’rlaridan namunalar keltirilgan.
Zulfiyani doston janridagi ijodiy izlanishlari ham tahsinga loyiq. Shoira turli yillarda xilma-xil mavzularda “Uni Farhod der edilar”, “Ikki o‘rtoq”, “Mushoira”, “Vodil yulduzlari”, “So‘roqlaydi shoirni she’rim”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari” kabi asarlar yaratib, o‘zbek dostonchiligi an’analarini rivojlantirdi. Shoiraning “Quyoshli qalam” asari dostonchiligimizda o‘ziga xos quvonchli voqea bo‘ldi. Dostonda ulug‘ adib, sevimli shoir va donishmand olim Oybekning yorqin obrazi zo‘r hayajon va katta muhabbat-u, ixlos bilan chizib berilgan.
Doston “Hayol qanotida”, “Yaratish dardi”, “Navoiy yuragi urib turibdi”, “Daryoday uyg‘oq” singari qismlardan iborat. Ularda hayot haqiqati ustalik bilan badiiy haqiqatga aylantirgan. Dostonda voqea bosh qahramon Oybekning o‘limi tasviri bilan tugasa-da, asarda hayotbaxsh ruh, quyoshli qalam sohibi Oybek domlaning mangu barhayotligiga komil ishonch ruhi balqib turadi:
Buyuk bu uy uni etarkan ardoq ’’Oybek ishlayapti!"- deydi nasllar...
O‘z ko‘rkini ko‘rib tasvirlarida “Oybek ishlayapti!" - deydi asrlar.
Zulfiya ijodi “Xotiram siniqlari” (1995) dostoni o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Doston mustaqillik davrining mahsuli bo‘lib, unda mustaqillik dil-dildan ulug‘langan. Shoira asarda umri davomida o‘zi boshidan kechkan yaxshi va yomon kunlarini eslab, hayot va jamiyat taraqqiyoti haqida, baxt va badbaxtlik to‘g‘risida teran poetic mulohaza yuritgan. Sho‘rolar davridagi achchiq hayot qoldirgan dard- u alamlarini, orzu-istaklarini doston misralari qat-qatiga to‘kib slogan. Shu tarzda el-yurt ko‘ngliga harorat baxsh etgan. Mustaqillikning buyuk ne’mati haqiqiy hurriyatni, chin erkinlikni katta quvonch bilan olqishlagan:
Hurriyat, keldingmi - nahotki kelding...
Pinhona sog‘indim, pinhona kutdim.
Yomg‘irga bag‘rini tutgan sahrodek- Sening nasimingga qalbimni titdim Kelding-ey, Istiqlol istiqlol bo‘lib,
Qalbimga nasiming bilan yo‘l solding.
Sen shu hur nazmga ixtiyor berib,
Men og‘ir bulutdekbiryog‘ib oldim...
Zulfiyaning bu lirik dostonida maqsad aniq bo‘lganidek, uning ifodasi ham kam-u ko‘stsiz. Shoir yangi hayot - mustaqillik haqida hayajon bilan kuylar ekan, yangi-yangi tashbihlar, yorqin obrazlar yaratgan. Anashuning uchun ham bu lirik- falsafiy dostonni shoira ijodining o‘ziga xos gultoji desa bo‘ladi.


Reja:

  1. Zulfiya hayoti va ijodi

  2. Shoira ijodining g‘oyaviy yo‘nalishi

  3. Zulfiya ijodida hijron motivi

  4. Zulfiya badiiy mahorati

Maqsad: Shoiraning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, uning ijodiy g‘oyalari xususida muayyan tasavvurlar hosil qilish, o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, ularda she’riyatga nisbatan muhabbat uyg‘otish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Kun hikmati: Bilmaslik gunoh emas, o‘rganmaslik gunoh.(Hadisdan)

Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli vakili, O‘zbekiston xalq shoiri, xalqaro «Nilufar», Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasidir. U 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang‘ich maktabda, so‘ng xotin-qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1953-yildan 1980-yilgacha, qariyb o‘ttiz yilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan «Saodat» nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo‘lgan.
Zulfiyaning dastlabki she'rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932-yilda bosilib chiqqan. Shundan so‘ng shoiraning «She'rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i» (1938-yil), «Uni Farhod der edilar» (1943-yil), «Hijron kunlarida» (1944-yil), «Dalada bir kun» (1948- yil), «Tong qo‘shig‘i» (1953-yil), «Yuragimga yaqin kishilar» (1958-yil), «Kuylarim sizga» (1965-yil), «O‘ylar», «Shalola» kabi o‘nlab she'riy to‘plamlari chop etildi. U atoqli o‘zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila qurgan. Biroq ular orzularga to‘la hayot kechirayotgan pallada - 1944-yili mashina avariyasi tufayli turmush o‘rtog‘idan ayriladi. Shundan so‘ng umr bo‘yi o‘z muhabbatiga sodiq qolib, Hamid Olimjonning ishlarini sabot bilan davom ettiradi. Uning «Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pyesa va opera librettolarini yaratadi. O‘zi ham «Quyoshli qalam», «Mushoira», «Xotira siniqlari» kabi poemalar yozadi. Rus, ukrain, ozarbayjon, hind shoiralarining she'rlarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi.
Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi. U Osiyo, Afrika va Yevropaning o‘nlab davlatlarida bo‘lib, xalqaro xotin-qizlar hamda adabiyot namoyandalarining harakatlarida faol ishtirok etardi. Yurtboshimiz Islom Karimov ta'riflaricha «Uning jahon minbarlaridan yangragan she'rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she'riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan». Shoiraning she'rlari ingliz, nemis, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab, fors, vetnam kabi juda ko‘p xorijiy tillarga tarjima qilingan edi. Shoira 1997-yil 82 yoshida vafot etgan.




Download 307,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish