3. Biologik yoki fiziologik, ya’ni organizm uchun aminokislotalarning almashinmaydigan darajasi bo`yicha.
1. Struktura - yon radikal zanjirning tuzilishi bo`yicha; 2. Elektokimyoviy – aminokislotalarning kislota-ishqoriy xossalari bo`yicha;
Aminokislotalar zaryadi 0 ga teng bo`lgan holat izoelektrik holat deb aytiladi. Aminokislotalarning elektr maydonida anodga ham katodga ham harakatlanmaydigan pH qiymati izoelektrik nuqta deb ataladi va pHi bilan belgilanadi.
Izoelektrik nuqta aminokislotalardagi turli guruhlarning kislota-ishqoriy xususiyatlarini aniq namoyon qiladi va aminokislotani xarakterlaydigan eng muhim konstanta hisoblanadi.
Aminokislotalarning fazodagi strukturasi asosida ularni ikki qatorga ajratish biologik ahamiyatga ega. Oqsillar tarkibiga faqat L-aminokislotalar kiradi. Lekin organizmdan ba’zi bir D- aminokislotalar ham ajratib olingan. Ayrim D- aminokislotalar erkin holda va bakteriya hujayrasining pardasida (sibir yarasi, kartoshka va pichan tayoqchasida) va mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqarilgan antibiotiklarda uchraydi.
Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi. Ularning yarmidan ortig`i, umuman oqsillar tarkibiga kirmaydi, qolgan yarmisining ko`p qismi ham faqat ayrim organizmlarda, ba’zilari alohida oqsillar va peptidlar tarkibida bo`ladi.
Hamma organizmlarda oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar soni 20 ga teng. Ular proteinogen aminokislotalar deb ataladi. Qolgan aminokislotalar oqsil tuzilishida ishtirok etmaydi; ular hujayrada erkin holda (almashinuv mahsuloti sifatida) bo`lishi yoki oqsil bo`lmagan birikmalar tarkibiga kirishi mumkin.
Masalan, ornitin va sitrullin arginin proteinogen aminokislotasi hosil bo`lishida oraliq mahsulot hisoblanadi va siydikchil sintezida ishtirok etadi; gamma-aminomoy kislota ham erkin holda uchraydi va nerv impulslarining o`tkazilishida mediator vazifasini o`taydi; beta-alanin esa vitamin-pantotenat kislotaning tarkibiga kiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g.
2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g.
3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g.
4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995
4. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004
5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g.