Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

10.4.
 
Innovatsion rivojlanishni statistik tahlili 


261 
Innovatsion rivojlanishni mega tahlili ko‘rsatishicha keyingi yillarda kuchli 
ettillikka kiruvchi mamlakatlardan ko‘ra Xitoy, Hindiston, Isroil va ayrim sharqiy 
Yevropa mamlakatlari ushbu sohada yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Jahon 
hamjamiyatining bir qismi bo‘lgan O‘zbekistonda ham innovatsion rivojlanish 
yo‘liga o‘tish bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi 20 (1997-2017) 
yilda yalpi ichki mahsulot va asosiy kapitalga investitsion o‘zgarish sur’atlarida 
ajoyib holatlar kuzatilmoqda. Hatto jahon moliyaviy inqirozi paytida ham 
Respublikada ushbu ko‘rsatkichlarni o‘sish sur’atlari pasayib ketmadi. Masalan, 
2005 yilda yalpi ichki mahsulotni va asosiy kapitalga investitsiyani o‘sish sur’ati 
7% tashkil qilgan bo‘lsa, 2012 yilda tegishli ravishda 8,2 va 14,0 % tashkil qilgan. 
Bugunga kelib (2017 y.) yalpi ichki mahsulot 250 trln. so‘mdan, asosiy kapitalga 
investitsiya summasi esa 68 trln. so‘mdan oshib ketdiga. Ushbu ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha subyektlar ichida eng yuqori o‘rinlarni Toshkent shahri (18%), Buxoro, 
Qashqadaryo viloyatlari, eng oxirgi o‘rinlarni Sirdaryo va Jizzax viloyatlari 
(masalan, 2017 y. 1,89 va 2,26 %)egallaydi. 
Innovatsiyani yaratish va tatbiq etishda kichik biznesning roli juda ham katta. 
Chunki kichik biznes bilan shug‘ullanadigan korxonalarda ishlab chiqarishni yoki 
xizmatni o‘zgartirish juda oson, yangilik kiritish katta mablag‘ talab qilmaydi, 
kichik korxonalar innovatsion g‘oyalarni yuzaga kelishi va amalga oshirish 
manbasi hisoblanadi. Respublikada amalga oshirilgan islohotlar va yaratilgan 
shart-sharoitlar bazasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni YaIM dagi hissasi 
38,2 foizdan (2005 y.) 57 foizga (2017 y.) ko‘tarildi. 
Iqtisodiyotni innovatsion yo‘lga burish yoki innovatsion mahsulot ishlab 
chiqarish, ma’lum bir tashkiliy va huquqiy baza (asos) yaratishni talab etadi. 
Har qanday innovatsion yo‘nalishning bosh asosi bo‘lib ta’lim tizimi 
hisoblanadi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha 
keng qamrovli ishlar bajarildi, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, maktab ta’limini 
rivojlantirish Davlat umumxalq dasturi amalga oshirildi, oliy ta’limda bakalavriat, 


262 
magistratura, doktaranturalar tashkil etildi, kollej va litseylarning ko‘pchiligi yana 
maktablarga aylantirildi. 
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish katta xarajat talab qiladi. Bugungi kunda 
respublikada ta’lim xarajatlari YaIMning o‘ndan bir qismini, davlat byudjeti 
xarajatlarini uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. 
BMT ekspertlarini hisob-kitobiga qaraganda ta’limga sarflangan xarajatlarni 
YaIMdagi ulushi va iqtisodiy o‘sish sur’ati bo‘yicha elastiklik koeffitsienti 1,5 ga 
teng. 
Ikkinchi yo‘nalish–innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq qilish yoki sotish. 
Bu juda muhim masala. Fan yutuqlari amaliyotga tatbiq etishdagi asosiy 
shakllardan biri innovatsion g‘oyalar, texnologiya va loyihalar yarmarkasi 
hisoblanadi. Unda g‘oyalarni, texnologiyalarni va loyihalarni sotish shartnomlari 
tuziladi. Ushbu tadbir Respublikada har yili o‘tkaziladi. Keyingi o‘n yilda tuzilgan 
shartnomlar hajmi (so‘mda) 4 barobarga oshdi va 40 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Bu 
juda yaxshi natija, lekin boshqa davlatlar bilan taqqoslasak juda ham kam. 
Innovatsion rivojlanishni baholashning yana bir yo‘li intelektual mulk turlari 
dinamikasi va tarkibini statistik tahlil qilishdir. Bugungi kunda Respublikada 
intelektual mulk obyektlariga ixtirolar, foydali modellar, sanoat na’munasi, Tovar 
belgilari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazasi, urug‘chilik kiritiladi. Keyingi 
10 yilda (2008-2018) ularning soni deyarli 2 barobarga oshgan. Lekin ularning 
60% tovar belgilariga to‘g‘ri keladi, ikkinchi o‘rinda ixtirolar. Eng qizig‘i ixtirolar 
hissasi pasayish tendentsiyasiga ega. Ro‘yxatga olingan ixtirolarning 60%i milliy, 
40% chet ellik ixtirochilar nomiga qayd etilgan. Bundan tashqari qayd qilingan 
ixtirolarni beshdan bir qismi (20%) jismoniy shaxslarga, 80% yuridik shaxslarga 
to‘g‘ri keladi. Bunday holat yaxshi hisoblanmaydi. Ma’lumki, ixtirolar asosan 
jismoniy shaxslar tomonidan qilinadi, lekin ko‘p paytda ularda mablag‘ 
etishmaganligi sababli ixtiro innovatsion mahsulot shakliga etkazilmaydi. 
Innovatsion yo‘lga o‘tishda ilmiy tadqiqotlar va tajriba- konstruktorlik ishlari 
bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni va ITTKIga sarflaydigan mablag‘lar 
hajmini o‘zgarishi juda muhim rol o‘ynaydi. Respublikada ITTKI bilan ilmiy 


263 
tekshirish va konstruktorlik tashkilotlari, loyiha institutlari, OTM, sanoat 
korxonalari va boshqalar shug‘ullanadi. Ularning umumiy sonida 40-45% ni ITI, 
20-25% OTM tashkil etadi. ITTKI bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning 50%dan 
oshig‘i davlat sektoriga, bor-yo‘g‘i 3 %i shaxsiy notijorat sektoriga to‘g‘ri keladi. 
Eng achinarlisi, ITTKI bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni kamayish 
tendentsiyasiga ega. ITTKIga xarajatlar hajmi esa o‘sish tendentsiyasiga ega, ya’ni 
bizni hisob-kitobimizga qaraganda ularning hajmi mustaqillik yillarida deyarli 10 
barobarga oshdi. Lekin yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarni innovatsion 
rivojlanish bosqichida bo‘lgan 38 (26 Evropa, AQSh, Kanada, Avstraliya, 
Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va boshqalar)ta va 20 (Malayziya, Rossiya, 
Turkiya va boshqalar)ta investitsion yo‘lga o‘tadigan davlatlar bilan taqqoslasak 
juda ham past ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz. Masalan, Xitoyda 2005-yilda ITTKIga 
86,8 mlrd dollar sarflangan bo‘lsa, 2017-yilga kelib bu summa 400 mlrd dollar 
(AQSh)ni tashkil etadi. 
Innovatsion rivojlanishni statistik tahlilidan asosiy maqsad, unga o‘tish, 
rivojlantirish va uning ustunligini ko‘rsatib berishdir. Yuqorida keltirilgan statistik 
tahlildan xulosa shuki, innovatsion yo‘lga o‘tish uchun professional kadrlarni 
tayyorlash, ITTKIlar sonini ko‘paytirish, ularni etarli darajada moliyalashtirish va 
rag‘batlantirish, ixtiro bilan uning tatbig‘i orasidagi vaqtni keskin kamaytirishni 
optimal metodlarini yaratish, eng asosiysi mamlakatni oldinga etaklovchi va xalq 
farovonligi, yashash sifatini oshiruvchi jahonda raqobatdosh mahsulot ishlab 
chiqarish va xizmat turini yaratishdir. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish