Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev


-rasm. Jondor-Plyus savdo do‘konidagi bir kunlik tovaroborot hajmi, ming.so‘m  (radial diagramma)



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 
3.11-rasm. Jondor-Plyus savdo do‘konidagi bir kunlik tovaroborot hajmi, ming.so‘m 
(radial diagramma) 
 
Radial diagrammalar yopiq va spiral ko‘rinishda bo‘ladi. 
Bir davr (yil) mobaynida o‘zgaruvchi hodisalar yopiq diagrammalar 
yordamida tasvirlansa, spiral diagrammalar orqali necha davr (yil) ga tegishli 


80 
hodisalarning harakati tasvirlanadi va ular har bir davrga (yilga) tegishli mos 
vaqtdagi (oy, kvartal) darajalarni solishtirish asosini yaratadi. 
Radial diagrammalarni hosil qilishda 2 ta o‘lchov birligi qo‘llaniladi. 
Birinchi o‘lchov doira bo‘yicha davrlar, ya’ni bir yilning 12 oyi uchun doirani 12 
ta teng sektorlarga bo‘luvchi doira markazidan koordinata chiziqlari chiziladi. 
Bunda har bir sektor orasidagi burchak yil uchun tegishli mos davrni ifodalaydi. 
Ikkinchi o‘lchov doira radiusi uzunligi. Bunda har bir davrga tegishli hodisa 
darajasi ma’lum bir masshtabda shkalalar orqali tasvirlanadi. 
Grafiklar orqali variatsion qatorlar darajalari ham tasvirlanishi mumkin. Ular 
asosan chiziqli diagrammalar orqali tasvirlanadi. Variatsion qatorlarni tasvirlovchi 
grafiklarning 
gistogramma, poligon, kumulyata va ogiva
deb ataluvchi turlari 
mavjud. Ular to‘g‘ri chiziqli koordinatalar tizimida ifodalanadi. 
Gistogramma
– bu intervalli variatsion qatorlarni tasvirlash uchun xizmat 
qiladi. Bunda intervalli belgi o‘lchovlari koordinata tizimi abstsissasida, intervalli 
belgining mos chastotalari (soni, vazni, salmog‘i va h.k.) esa ordinata o‘qida 
ma’lum masshtabda shkalalarda belgilanadi.
Poligon
– diskret variatsion qatorlarni tasvirlash uchun qo‘llaniladi. Bunda 
diskret qator o‘lchovlari abstsissa o‘qida, chastotalar esa ordinata o‘qida 
tasvirlanadi va bu nuqtalar tutashtirilib siniq chiziq hosil bo‘ladi. Intervalli qatorni 
ham poligon orqali tasvirlash mumkin. Bunda intervalli qatorni diskret qatorga 
(qatorning yuqori va quyi chegarasi o‘lchovlari o‘rtachasi) shartli keltirish lozim.
Kumulyata egri chizig‘i
- har bir qatorning chastotalari qo‘shib borilishi 
orqali chastotalar yig‘indisini ifodalovchi yangi qator tuziladi va har bir qator 
(ham intervalli, ham diskret bo‘lishi mumkin) darajalari abstsissa o‘qida, yangi 
tuzilgan chastotalar yig‘indisi ko‘rinishidagi darajalar ordinata o‘qida belgilanadi. 
Ogiva
ham kumulyata egri chizig‘i ko‘rinishida bo‘ladi, lekin koordinata 
o‘qlari turlicha bo‘ladi. Ya’ni abstsissa o‘qida chastotalar yig‘indisi, ordinata 
o‘qida esa variatsion qator darajalari ifodalanadi. 
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflovchi statistik ma’lumotlarni 
diagrammalardan farqli statistika xaritalarida ham tasvirlash mumkin. 


81 
Statistika xaritalari
– grafik tasvirlash shakllaridan biri bo‘lib, statistik 
ma’lumotlarni hududlar bo‘yicha joylanishini chizmali geografik xaritalarda 
ifodalanishidir. Hududlar bo‘yicha tasvirlash vositasi bo‘lib shtrixli chiziqlar, fonli 
bo‘yash yoki geometrik shakllar hisoblanadi. 
Statistika xaritalarining ikki shakli mavjud: xaritagramma, xaritadiagramma. 
Xaritagramma
– bu sxematik geografik xarita bo‘lib, xaritada tasvirlangan 
hududlarni ularga tegishli hodisa va jarayonlar xususiyati, sifat yoki miqdor 
ko‘rsatkichi bo‘yicha shtrixli nuqta yoki chiziqlar, turli xil ranglar orqali
tasvirlashdir. 
Xaritagramma fonli va nuqtali xaritagrammalarga bo‘linadi. Fonli 
xaritagrammada hududlar ularni baholovchi darajalarga ko‘ra turli ranglar orqali 
tasvirlanadi. Siyosiy dunyo kartasini bunga misol qilishimiz mumkin. Nuqtali 
xaritagrammada darajalar nuqtalarning ma’lum bir zichligi, kattaligi orqali 
ifodalanadi. Fonli xaritogrammalar asosan nisbiy va o‘rtacha miqdorlarni 
ifodalashda, nuqtali xaritogrammalar esa asosan hajmli, miqdoriy ko‘rsatgichlarni 
ifodalashda foydalaniladi. 
Xaritalarning yana bir turi 
xaritadiagrammalardir
. U geografik xaritalardagi 
hududlar hodisalarini diagrammalarda tasvirlash orqali hosil qilinadi. Bunda 
tasvirlovchi belgi(diagramma)lar bo‘lib nuqta, chiziq, ustun, lenta, kvadrat, doira, 
har xil figuralar xizmat qiladi. Bu belgilar hududlarga tegishli hodisalarning 
darajasiga yoki xususiyatiga ko‘ra turli o‘lchovda geografik xaritalarga 
joylashtiriladi. 
Siyosiy dunyo xaritasidagi shaharlarni ifodalovchi belgi – nuqtalar (doira) 
xaritadiagrammaga misol bo‘ladi. Bunda nuqtaning kattaligi u shaharda aholi 
sonini ifodalaydi.
Xaritadiagramma 
xaritagrammalarga 
nisbatan 
geografik 
holatlarni 
o‘rganishda 
qulayroq 
hisoblanadi. 
Unda 
murakkab 
statistik-geografik 
ma’lumotlarni ko‘rinarli va tushunarliroq holda tasvirlash mumkin. 


82 
Biz ushbu bobda statistik grafiklarni tuzish qoidalariga va turlariga to‘xtaldik 
xolos. Statistik grafiklarni qancha turi va shakli bor degan savolga, biz bu ish 
tadqiqotchining mahorati va ijodkorligiga bog‘liq deb javob beramiz. 
Shunday qilib, xulosa qilib aytganda, statistik grafiklar ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy hodisalarni o‘rganishda muhim statistik qurollardan biri bo‘lib, ularda 
o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning tashqi tasviri yorqin namoyon bo‘ladi. 
Ularni insoniyat hayotida uchraydigan hodisa va jarayonlarning oynasi deb atasak 
xato bo‘lmasa kerak.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish