Masalan,
moliya bozorida quyidagi kurslar uchrashi mumkin: USD/UZS;
GBR/INR; ITL/CAD va hakozolar. Vayuta operatsiyalarida mamlakat valyutasini
to‘liq yozmasdan, ularni qisqacha belgilari qo‘llaniladi. Masalan, O‘zbekiston
so‘mi – UZS. (14.2-jadval).
O‘zbek firmasi o‘z tovarini Gretsiyada sotib 40,0 mln draxmaga ega bo‘ldi.
Lekin unga Amerika dollari kerak. Demak draxmani dollarga almashtirish kerak,
o‘sha kundagi kurs USD/GBR – 1615,3 ga tengligi aniqlandi Shu kurs bo‘yicha
almashuv operatsiyasi bajarilsa o‘zbek firmasi 24763 (40.000.000/1615,3) AQSh
dollariga ega bo‘ladi.
Moliya bozorida valyutani sotib olish va sotish kurslari mavjud. Bu kurslar
talab va taklif kurslari deb ham ataladi Ma’lumki banklar valyutani talab kursi
bo‘yicha sotib oladi, taklif kursi bilan sotadi. Valyutachilar jargonida (maxsus
tilida) sotib olish kursi –“bid”, sotish kursi – “offer” deb ataladi (jargon bo‘yicha
AQSh dollari –ko‘k, baks, Avstriya dollari – ossi, Novozelandiya dollari – kivi,
funt sterling – paunda va boshqalar). Ular o‘rtasidagi farq marja yoki spredni
tashkil qiladi (bid – offer = spred).
14.2-jadval
Chet el valyutalarining qisqacha belgilari (uch harfli)
№
Valyutani uch harfli
lotincha belgilari
Valyutaning nomi
Mamlakati
1.
UZS
so‘m
O‘zbekiston
2.
USD
dollar
AQSH
3.
AFA
afg‘oni
Afg‘oniston
4.
JPY
yen
Yaponiya
5.
GBP/STG
funt sterilng
Angliya
363
6.
CHF (SFR)
frank
Shveytsariya
7.
ISS
shekel
Isroil
8.
IRR
riyol
Eron
9.
KGS
som
Qirg‘iziston
10.
LAK
kip
Laos
11.
ECU(XEU)
ekyu
Evropa
12.
EUR
evro
Evropa
13.
AUD
dollar
Avstraliya
14.
NZD
dollar
Yangizelandiya
15.
CAD
dollar
Kanada
16.
SGD
dollar
Singapur
17.
CAF
frank
Kamerun
18.
ETB
bir
Efiopiya
19.
SEK
krona
Shvetsiya
20.
NOK
krona
Norvegiya
21.
DKK
krona
Daniya
22.
ALL
lek
Albaniya
23.
BGL
lev
Bolgariya
24.
GRD
draxma
Gretsiya
25.
RUB
rubl
Rossiya
26.
UAN
grivna
Ukraina
27.
BYR
rubl
Belorussiya
28.
KZT
tenge
Qozog‘iston
29.
PLN
zlotiy
Polsha
30.
CZK
krona
Chexiya
31.
HUF
forint
Vengriya
32.
BRC
kruzeyro
Braziliya
33.
CNY
yuan
Xitoy
34.
HKD
dollar
Gonkong
35.
IEP
funt
Irlandiya
36.
INR
rupiya
Indiya
37.
CUP
peso
Kuba
38.
MAD
dirxem
Marokko
39.
ZAR
rend
Janubiy Afrika
Masalan
, “HDH” qo‘shma korxonasi (Toshkent) ishlab chiqargan tovarini
Shtutgarddagi xaridorga sotib 30 mln. evroga ega bo‘ldi. Bu pulning yarmi AQSh
ga asbob-uskuna sotib olish uchun ko‘chirilishi kerak. Kurslar USD/EUR – 1,101-
1,110. Ko‘rinib turibdiki, AQSh dollari 1,110 kurs bilan sotib olinadi. Demak,
AQSh ko‘chiriladigan dollari xajmi teng: (30000000:2):1,110 = 135135135 dollar.
Marja summasi bankning valyuta operatsiyasi bilan bog‘liq xarajatlarni
qoplaydi, ortiqchasi esa bank foydasi bo‘ladi.
Konversion operatsiyalarning bajarilish turiga qarab valyuta kurslari:
364
rasmiy, banklararo, joriy, birja va joriy almashtirish kurslariga bo‘linadi. Rasmiy
kurs Markaziy bank tomonidan e’lon qilinadi, qolgan kurslar esa valyutaga bo‘lgan
talab va taklif asosida belgilanadi. Ular rasmiy kursdan butunlay farq qilishi
mumkin. Bu tabiiy hol.
Valyuta bozorida yuqoridagi kurslardan tashqari yana kross, spot va forvard
kurslari ham mavjud.
Ikki va undan ortiq valyuta kursining uchinchi valyutaga nisbati kross kurs
deyiladi.
Kross kursni quyidagi formula bilan aniqlaymiz:
Kk = Vkot : Vbaz ,
bu erda:
Kk
- kross kurs;
Vkot
- kotirovka bo‘ladigan valyuta;
Vbaz
- baza (asos)
deb qabul qilingan valyuta.
Masalan, 2018 yil 8 mart kuni funt sterlingning dollarga (AQSh) nisbatan
kursi 0,5477, Kuba pesosini kursi (bir dollar) yoki USD
/CUP
5,2337. Bu erdan
kross kurs teng:
CUP/GBR =0,5477:5,2337=0,1046
Demak, bir Kuba pesosiga deyarli 0,11 funt sterling beriladi. Vaqti bo‘yicha
valyuta kurslari sotilgan valyutani o‘tkazish (berish) spot va forvord kurslarga
bo‘linadi. Sotilgan valyuta summasi o‘sha kunni o‘zida yoki ikki kun ichida
o‘tkazilsa (berilsa), bu kurs spot (kassali, joriy) kurs deb ataladi.
Forvard (muddatli, oldindan kelishilgan) kurslari forvard operatsiyalariga
asoslanadi. Forvard operatsiyalari deganda valyutalarni almashtirish bo‘yicha
oldindan kelishilgan kurs bilan bugungi tuziladigan bitimlar, lekin valyutalash
(valyuta o‘tkazish kuni) kelgusida amalga oshiriladigan yoki bir valyuta ikkinchisi
bilan bitim tuzilgan kundagi kurs bilan sotib olishga tushuniladi. Masalan. 16 mart
kuni bitim tuzildi. Bu bitim bo‘yicha valyutalash muddati 2 qismdan iborat: 16
mart va 16 iyun.
Demak,16 mart kuni o‘tkazilgan spot kursi deyiladi, 16 iyunda o‘tkazilgan
valyuta – forvard kurs.
365
Forvard operatsiyalari autrayt va svop bitimlariga bo‘linadi. Valyutalash
kuni aniq ko‘rsatilgan yagona konversion operatsiyalar yoki bitimlar, ularning
a’zolari (tomonlar) keskin kelishilgan muddatda to‘lovni ko‘zda tutgan forvard
kursi bo‘yicha amalga oshiruvchi oddiy muddatli valyuta bitimiga autrayt deyiladi.
Turli valyutalash sanalari bilan bir-biriga qarama-qarshi konversion operatsiyalari
kombinatsiyasi svop deyiladi.
Forvard kurslarini o‘rganishda va aniqlashda forvard muddatlari muhim rol
o‘ynaydi. Ular standart davrlarga (1,2,3 va 6 oy) va qisqa (1,2 xafta) hamda singan
sanalarga (masalan, 40 kun) tuzilishi mumkin. Bu erda quyidagi qoidani eslab
qolish shart: bayram va dam olish kunlari hisobga olinmaydi; agarda spot oyining
oxirgi kuniga to‘g‘ri kelsa, valyutalash kuni ham shu kuni bo‘ladi. Masalan, bitim
26.02 tuzildi. Spot kurs bo‘yicha valyutalash 28.02 hisoblanadi. Farvord bitim ikki
oyga tuzilsa valyutalash kuni 28.04 emas, 30.04 hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |