Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev


 Qimmatli qog‘ozlar statistikasi ko‘rsatkichlari



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

14.4. Qimmatli qog‘ozlar statistikasi ko‘rsatkichlari 
Qimmatli qog‘ozlar statistikasi ko‘rsatkichlari tizimi qimmatli qog‘ozlar 
bozori hajmi, muomalasi, daromadliligi va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan 
tashkil topadi va ularga ko‘rsatkichlar qo‘shiladi: 
1.
Fond birjalari soni. Bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha hisoblanadi va 
aniq paytga bo‘lgan birjalar sonini xarakterlaydi. 
2.
Listingga kiritilgan emitentlar soni. Bu ko‘rsatkich har bir birja bo‘yicha 
hisoblanadi, chunki har bir birjaning emitentlarni listingga kiritish talabi 
har xil. 
3.
Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar soni – jami va shu jumladan qimmatli 
qog‘ozlarning turlari bo‘yicha. 
4.
Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati. Bu ko‘rsatkich qimmatli 
qog‘ozlarning nominal qiymati (R
N
) ularning soniga (N) ko‘paytirish 
bilan aniqlanadi. 
5.
Qimmatli qog‘ozlarning turlari va emitentlar bo‘yicha tarkibi. 
6.
Joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlar soni, qiymati va turli kesimlardagi 
tarkibi. 
7.
Qimmatli qog‘ozlarni birlamchi sotishdan olingan mablag‘ – bu 
ko‘rsatkich investorni haqiqiy sotib olish bahosi sotib olgan qimmatli 


347 
qog‘ozlar qiymati xarakterlaydi. 
8.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi taklif va talabni hajmi, miqdori va tarkibi. 
9.
Talabni taklif bilan qondirilishi ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich taklifni 
(miqdor va qiymat) talabga bo‘lish bilan aniqlanadi. 
10.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini kapitalizatsiyasi – bu muomalada bo‘lgan 
qimmatli qog‘ozlar sonini ularni bozor qiymatiga ko‘paytmasi. 
11.
Tuzilgan birja bitimlari soni va sotilgan qimmatli qog‘ozlar miqdori 
(natural ko‘rsatkichlarda, dona). 
12.
Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha oborot – bu birja bitimlarida 
ko‘rsatilgan summalar yig‘indisi. 
13.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish darajasi ko‘rsatkichi – birja 
oboroti hajmini yalpi ichki mahsulotga yoki davlat byudjeti 
daromadlariga nisbati bilan hisoblanadi. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorini statistik tahlilida baholi qiymat ko‘rsatkichlari 
muhim rol o‘ynaydi. Ularga qimmatli qog‘ozlarni nominal taklif, talab, bozor, 
o‘rtacha, integrallashgan baholari kiradi. Nominal baho odatda emitent tomonidan 
aniqlanadi. Masalan, aksiya bo‘yicha ustav fondini chiqarilgan aksiyalar soniga 
nisbati bilan aniqlanadi, taklif qilinadigan baho sotuvchilar takliflarida keltiriladi, 
talab bahosi esa odatda sotib olish arizalarida keltiriladi. Ko‘rsatilgan talab va 
taklif baholarda hech qachon bitim tuzilmaydi, chunki ular mo‘ljal vazifasini 
bajaradi. 
Bulardan tashqari birlamchi bozor bahosi (yoki emission baho) mavjud. Bu 
baho joylashtirish bahosi deb ham yuritiladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida qirqish, 
anderrayter, sotib olish guruhi, qoplash, ochish va yopish baholari ham uchraydi. 
Qirqish bahosida (yoki gollandcha auktsion) emitent eng past baholarni 
o‘rnatadi va u bo‘yicha o‘ziga kerak xajmda qarzli qimmatli qog‘ozlar 
joylashtiriladi. Bu sxema odatda davlat qimmatli qog‘ozlar bozorida qo‘llaniladi. 
Anderrayter bahosi bilan anderrayter qimmatli qog‘ozlari joylashtiriladi. Qoplash 
bahosi obligatsiyalarda qo‘llaniladi. Agarda obligatsiya belgilangan muddatda 


348 
qoplansa qoplash bahosi nominal bahoga teng bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarda fond 
bozorlarini ochish va yopish baholari ustidan ham kuzatish amalga oshiriladi. 
Qimmatli qog‘ozlar bozor bahosi (qimmatli qog‘ozlarning kurs qiymati ham 
deyiladi) bilan sotiladi va sotib olinadi. Bozor bahosi talab va taklifga bog‘liq. 
Talab yuqori bo‘lsa bozor bahosi oshib boraveradi. Talabning o‘zgarishi qimmatli 
qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanadigan daromadga, emitentning istiqboli va obro‘yiga, 
reklama sifati va h.k.larga bog‘liq. 
Statistikada davrlar uchun o‘rtacha baho quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bu erda 
r
i
 – i
kun uchun qimmatli qog‘oz bahosi
; q
i
 – i
kun uchun bitim xajmi 
(sotilgan dona yoki ming dona).
Ma’lumki davlat obligatsiyalari partiyalar bilan chiqariladi. Bunday paytda 
har bir partiya uchun o‘rtacha baho aniqlanadi:



i
i
i
i
q
q
p
P
bu erda 
r
i
 – i
bitim bahosi
; q
i
 –i
bitim xajmi (obligatsiyalar soni). 
Misol
.
Bir partiya chiqarilgan (nominal qiymati 5000 so‘m) obligatsiyalar 3 
ta bitimda sotildi. Birinchi bitimda 5500 so‘m bilan 10000 dona sotilgan. Ikkinchi 
bitimda – 4500 va 15000; uchunchi bitimda – 6000 va 20000. 
O‘rtacha tortilgan baho teng: 
.
9
,
5388
20000
15000
10000
20000
6000
15000
4500
10000
5500
сўм
P









Agarda davlat qimmatli qog‘ozlari bir necha marta chiqarilsa, 
integrallashgan o‘rtacha baho hisoblaniladi:



i
i
i
i
Q
Q
P
P



i
i
i
q
q
p
P


349 
bu erda 
i
P
– i
Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish