Amerika xalqlari etnologiyasi
Bu hududdagi har bir mamlakatda asosiy millatlarning etnik konsolidatsiyasi (mujassamlashishi) davom etib, irqiy tarkib barqarorlashib, irq va etnik mansublikning ijtimoiy ahamiyati tobora kamayib bormoqda. Karib dengizi xavzasidagi mahalliy aholi yaqin o‘n yilliklarda o‘zlarining an’anaviy madaniyatini yo‘qotishi kutilmoqda, hindularning ayrim tillari hozirdayoq unsurga (relikt) aylandi. Ayni paytda rezervayatsiyalarning mavjudligi hindularning ayrim guruhlarini o‘zligini mustahkam saqlashiga imkon bermoqda.
Markaziy Amerikada turli etnik guruhlarning jismoniy aralashuvi va ijtimoiy-madaniy yaqinlashuvi kuzatilmoqda. Meksika va Gvatemalaning yirik etnoslari o‘zining etnomadaniy qiyofasini saqlab kelmoqda. Hududning boshqa mamlakatlarida aholining ispan tilli muhitga aralashib, singishi faol davom etmoqda.
Janubiy Amerikada yangi migratsiya oqimlari shakllanib, turli etnik guruhlarning madaniyatlari o‘zaro ta’siri kuchayib, ular orasidagi etnik tavofutlar tobora kamayib bormoqda. Jarayonlar akkulturatsiya va assimliyatsiyalashish darajalarida kechmoqda. Bu xildagi jarayonlarga yaponlar, nemislar va h.k.o. immigrant guruhlar ham tortilgan. Boshqa tomondan olinsa etnotsentrizm jarayonlari, o‘z tilini o‘tkazish (aksari ispan tili), madaniy qadriyatlarini joriy etish ham kuzatilmoqda.
Lotin Amerikasidagi etnik jarayonlarga etnik o‘ziga xoslikni saqlab qolish muammosi xususiyatlidir. Bu shimoliy amerika madaniyatida tobora kuchayib borayotgan qarama-qarshilikda namoyon bo‘lmoqda.
1995 yilga aholisi soni 774 mln. Aholisi 2 qismga: Lotin Amerikasi (ispan, portugal tillari) va Shimoliy qism ingliz tilli hindularga bo‘linadi. Qisman fransuz tilli guruhlar ham mavjud.
Ulardan tub aholi 36 mln. kishini tashkil etib, ushbu raqamning 85,6% 6 mamlakatda: Meksika, Peru, Ekvador, Gvatemala, Boliviya va Paragvayda jamlangan.
An’anaga ko‘ra, Amerikani yangi Dunyo deb nomlashadi, sababi uning aholisi ma’lum qismi vatani Yevropa-Eski dunyo deb ataladi. So‘nggi yillarda arxeologik tadqiqotlar aholini qit’aga bundan 40 mln yillar oldin kela boshlaganini tasdiqlamoqda.
Ko‘pgina klassifikatsiyalarda amerikanoidlar mo‘g‘ul irqining alohida yo‘nalishiga kiritiladi. O‘ziga xos xususiyatlari: tekis qattiq sochlari, pastki jag‘ining turtib chiqqanligi, sochi va ko‘zining qoraligi, tana terisining qoramtir-sarg‘ishdan qizil-qo‘ng‘irgacha bo‘lishi, uchinchi darajali badan tuklarining kamligi, qirra burunligi, bzining keskin profilirovkali ekanligidir.
Irqiy xususiyatlardagi negro-avstraloidlik xususiyatlarini izohlash mushkul. Fransuz olimi Pol Rive madaniyatidagi ayrim xususiyatlar: (o‘q otadigan trubka, yuk tashish uchun moslama, gamak, poncho plashi va h.k.o.lar) orqali Amerika aholisining Okeaniyadan kelib o‘rnashganini faraz qilgan. Ushbu nazariya tarafdorlaridan biri Tur Xayerdal nazariyani amalda tasdiqlashga uringan (Kon Tiki, 1947).
XVI asrda ispan va portugal dengizchilari sa’y-harakatlari bilan Amerika hamda Janubiy-Sharqiy Osiyo oraisda ancha muntazam aloqalar o‘rnatiladi. Shu orqali Amerikaga banan, shakarqamish ekinlari keltiriladi. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, qadimda Janubiy Amerika va Okeaniya oraisda ma’lum aloqalar bo‘lgani hamda ular madaniy yutuqlar almashinuviga o‘z hissasini qo‘shganligini ta’kidlash lozim.
Alyaska, Kanada, Grenlandiyaning eskimos va aleut aholisi boshqalardan keskin farqlanib, ular o‘zlarining irqiy xususiyatlari bilan ham Osiyoning Shimoliy-Sharqida yashovchi aholiga yaqin bo‘lib, bu shubu aholi guruhlarining qit’aga nisbatan kech o‘tganligi bilan izohlanadi.
Amerikaga aholining joylashuvi notekis borgan. Olimlarning farazicha, dastlab g‘arbiy hududlar kelib o‘rnashgan ibtidoiy guruhlar, undan janub tomon siljiy boshlagan. Bu ko‘chib joylashishlar 20-30 ming yilni o‘z ichiga oladi.
Janubiy Amerikadagi Selva (Jungli) o‘zining o‘ta zich o‘simliklari, hashorotlari va qushlari bilan odamlarni yashashiga xalaqit bergan, shuning uchun ibtidoiy ovchi va terimchilar guanakolar podalari bo‘lgan And tog‘ tizmalari orqali janubga tomon tarqala boshlaganlar.
Mezoamerika hududlarini ayrim olimlar qit’a aholisining asosiy oziq mahsuloti mais-makkajo‘xori vatani deb hisoblaydilar.
Shimoliy Amerika aholining joylashishi uchun qulaayroq bo‘lgan. Bu hududda hayvon dunyosi-bizonlar, bug‘ular, grizli ayiqlari, puma va h.k.o.lar yetarlicha edi.
Yevropaliklarning kelguniga qadar aholining asosiy qismi tog‘lik viloyatlar Janubiy Meksika, And tizmalari bo‘lib, ushbu hududlarda dehqonchilik sivilizatsiyalari shakllangan. Ayni payitda hali Shimoliy va Janubiy Amerikaning keng hududlaridagi aholi terimchilik, ov va baliqchilik bilan shug‘ullanishda davom etgan.
Hisob-kitoblarga qaraganda, XVI asrda qit’aning shimoliy qismida 1,5-2 mln, Mezoamerikada 4,5-5,0 mln, Markaziy Amerikaning boshqa hududlarida 0,7-1 mln, Karib havzasida 300-500 ming, And tog‘li vodiylarida 6-8 mln, Amerikaning janubida yana 2,5-3 mln, jami qit’a bo‘yicha 15-20 mln yaholi yashaganligi faraz qilinadi.
Bu paytda Afrikada 85 mln aholi yashagan. Demak, Amerikaga dastlab o‘tgan aholi guruhlari son jihatdan ko‘p bo‘lmasdan ularga qit’ada tarqalish ulkan mashaqqatlar, mahalliy sharoitlarga ko‘nikishni talab etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |