Amerika Qo`shma Shtatlari


Matbuoti, radnoeshittirishi va telekoʻrsatuvi



Download 8,44 Mb.
bet67/67
Sana19.02.2022
Hajmi8,44 Mb.
#459024
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
jahon davlatlari tarixi

Matbuoti, radnoeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir]
Germaniyada nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: "Algemayne saytung („Umumiy gazeta“, kundalik gazeta1850-yildan), „Berliner morgenpost“ („Berlin tonggi xabarlari“, kundalik gazeta, 1898-yildan), „Bonner rundshau“ („Bonn sharhi“, kundalik gazeta, 1945-yildan), "Generalansayger („Hammabop xabarnoma“, kundalik gazeta, 1725-yildan), „Noyes Doychland“ („Yangi Germaniya“, kundalik gazeta, 1946-yildan), „Shpigel“ („Koʻzgu“, haftalik suratli jurnal, 1947-yildan), „Shtern“ („Yulduz“, haftalik suratli jurnal, 1948-yildan). Doycher Depeshendinst Algemayner Doycher Naxrixtendinst — DDP/ ADN axborot agentligi; 1946-yilda sobiq GDRda tuzilgan ADN agentligining 1993-yilda Gʻarbiy Germaniyaning DDP agentligi bilan qoʻshilishi natijasida vujudga kelgan. Doyche Presse-Agentur-DPA jahon axborot agentligi, aksiyadorlik jamiyati boʻlib, 1949-yilda tuzilgan. „Arbaytsgemaynshaft der effentlix-rextlixen rundfunkanshtalgen der Bundesrespublik Doychland“ — ARD OFR radio va televizion kompaniyalari birlashmasi, mamlakat radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarini nazorat qiladi.
Adabiyoti[tahrir]
Adabiyotnning eng qadimgi namunalari 8—9-asrlarga mansub („Gildebrand qoʻshigʻi“, „Mazreburg sehri“). Ekkehardning lotin tilidagi „Valtarius“ asari 11-asrda yaratilgan. Uygʻonish davri adabiyotiga Volfram fon Eshenbax, M. Lyuter, T. Myunser, G. Saks (16-asr) kabi shoir va adiblar salmokli hissa qoʻshdi. „Til Eylenshpigel“, „Reyneke Lis“, „Faust“ kabi xalq kitoblari nashr qilindi. Klassitsizm namoyandasi shoir M. Opits mistik va dabdabali barokko sheʼriyatiga qarshi nemis tilining sofligi uchun kurashdi. „Minna fon Barnxelm“, „Emiliya Galotti“, „Donishmand Natan“ pyesalari muallifi G. E. Lessing nemis milliy adabiyotiga asos soldi. I. V. Gyote („Egmont“, „nemis va Doroteya“, „Faust“) va F. Shiller („Qaroqchilar“, „Makr va muhabbat“, „Orlean qizi“, „Vilgelm Tell“) ijodi 18-asr va 19-asr boshlari nemis adabiyotidagi taraqqiyparvar gʻoyalarning rivojida yuksak bosqich boʻldi. 18-asr 2-yarmi va 19-asr boshlarida romantizm paydo boʻldi. Romantiklar (aka-uka A. va F. Shlegellar, L. Tik, L. Uland va boshqalar) oʻrta asrni, din va xurofotni ideallashtirib, poeziyada subʼyektivizmni targʻib etishdi. 19-asrning 30-yillaridagi siyosiy koʻtarilish adabiy hayotni ham jonlantirdi. Dramaturg G. Byuxner, L. Berne demokratiya uchun kurashdilar. Buyuk shoir G. Geyne „Qoʻshiqlar kitobi“ siyosiy lirikasi va boshqalar toʻplamlarida feodal reaksiyani tanqid qildi. 1848-49 yillardagi nemis burjuademokratik inqilobi magʻlubiyatidan soʻng adabiy hayotda reaksion kayfiyat kuchaydi. 20-asr boshlarida dramaturgiyada naturalistik oqim paydo boʻldi (G. Gauptman, A. Gols va boshqalar), tanqidiy realizm yuksak bosqichga koʻtarildi. Birinchi jahon urushi davrida va undan soʻng A. Sveyg, B. Kellerman, K. Tuxolski, E. M. Remark kabi tanqidiy realistlar ijtimoiy tuzumning reaksion mohiyatini fosh etdilar. Fashistlar hokimiyat tepasiga kelgach, koʻpchilik taraqqiyparvar yezuvchilar vatanni tark etishdi va chet ellarda fashizmni fosh etuvchi asarlar yozishdi. 1945-yilda mamlakat ikkiga boʻlingach, nemis adabiyoti turli yoʻllardan rivojlandi. Sharqiy G. (sobiq GDR) da yashagan taniqli yezuvchilar T. Mann, G. Mann, L. Feyxtvanger kabilar adabiy oqimdagi ilgʻor anʼanalarni ijodiy davom ettirdilar. Eski ziyolilardan B. Kellerman, A. Sveyg, G. Fallada yangicha adabiy hayotga faol qoʻshildilar. I. R. Bexer, B. Brext, A. Zegers, F. Volf, F. Fyuman fashizmning jirkanch qiyofasini fosh etuvchi, insonning jamiyat oldidagi masʼuliyatini ifodalovchi asarlar yozishdi. Ammo bu yerda axborot imkoniyati va fikrlar erkinligi boʻlmagan sharoitda ularning ijodiy imkoniyatlari cheklangan edi.
Germaniyaning gʻarbi (OFR)da yashagan va fashizm qabohatlarining shohidi boʻlgan V. Borxert, X. V. Rixter, G. Byoll kabi adiblar oʻzlarining koʻrgan-kechirganlari haqida taʼsirchan asarlar yaratishdi. Xans Verner Rixterning tashabbusi bilan tuzilgan „47 lar guruhi“ katta rol oʻynadi. Shu guruh har yili oʻtkazib turgan yozuvchilarning uchrashuvlari adabiy doiradan chiqib, siyosiy voqeaga ham aylana bordi. Bir qator adiblar (Yu. Bekker, R. Brinkman, A. Kluge, D. Vellersxof) ijtimoiy voqelikni talqin etmay, shunchaki tasvirlash yoʻlidan bordilar. 70 va 80-yillarda esa koʻpgina yozuvchilar ijtimoiy va iqtisodiy faollikka intildilar. Mamlakat birlashishi bilan nemis adabiyoti yangi rivojlanish bosqichiga kirdi. Yangi voqelikii badiiy idrok qilish va aks ettirish uchun vaqt kerak boʻladi.
Meʼmorligi[tahrir]

Berlin
nemis qabilalarining qadimgi meʼmoriy yodgorliklari (yogʻochdan ishlangan) saqlanmagan. Toshdan ishlangan meʼmoriy yodgorliklari (Axendagi saroy kapellasi, 790—805: Fulddagi muqaddas Mixail cherkovi, 822) keyingi antik va Vizantiya meʼmorligi taʼsirida paydo boʻlgan. 9—10-asrlarda bazilika xilidagi bezaksiz cherkovlar qurildi. 11-12-asrlarda roman uslubidagi cherkov va soborlar (Mariya Lax cherkovi, 1093—1230; Maynsdagi sobor, 1100-1230 va boshqalar) qad koʻtardi. 13-14-asrlarda Germaniyada gotika uslubiga xos binolarni yangi konstruksiyalar asosida qurish avj oldi. Uygʻonish davrida ham gotika uslubi oʻz mavqeini yoʻqotmadi. 17-asrda meʼmorlik va tasviriy sanʼatda dabdabali barokko uslubi keng tarqaldi. 18-asrning 1-yarmida saroy va cherkovlar qurilishi yanada rivojlandi va baʼzan barokko bilan rokoko qisman birlashtirildi, 2-yarmida esa klassitsizm uslubida teatr, muzey va oʻquv muassasalari qurildi. 19-asrda yangi qurilish materiallari — temir va beton konstruksiyalari paydo boʻlishi tufayli modern uslubi urf boʻldi. 20-asrda texnika taraqqiyoti bilan konstruktivizm va funksionalizm qonunlari asosida (P. Berens, B. Taut, V. Gropius, L. Mis van der Roe va boshqalar) sanoat va turar joy binolari barpo etilib, shaharlar loyihasi tuzildi. Fashistlar diktaturasi davrida Germaniyada dagʻal va besoʻnaqay koʻrinishli, klassitsizmga yot binolar qurildi. Bu davrda koʻpgina atoqdi meʼmorlar chet ellarga ketib qoldilar. Urushdan keyin ayniqsa GDR da bir qolipdagi koʻrimsiz binolar qad koʻtardi. Keyingi yillarda koʻrkam jamoat binolari, qulay turar joylar qurila boshladi, shaharlarni obod qilishga kirishildi. Germaniyada insonning ehtiyojlarini har tomonlama nazarda tutgan zamonaviy yangi meʼmorlik namunalari tobora koʻpayib bormoqda. Meʼmorlikdagi yangi yoʻnalishlar goʻzal va qulay inshootlar yaratilishiga olib kelmoqda. Turli ranglarga boʻyalgan liftlareskalatorlar, bino tashqarisiga oʻrnatilgan kommunikatsiyalar meʼmoriy bezak vazifasini ham oʻtaydi. Ustunning qoshi, karniz va naqshlar esa bino husniga husn qoʻshib, kishi koʻzini quvontiradi. Shtutgartdagi yangi davlat galereyasi binosi (meʼmorlar J. Sterling, M. Uilford). Frankfurtmayndagi 256 metrlik yarmarka minorasi (meʼmor X. Yan) shu jumlaga kiradi.
Tasviriy sanʼati[tahrir]

Germaniya hududida paleolit va neolit, jez va temir davrlari sanʼati yodgorliklari topilgan. Mil. boshlarida nemis qabilalarining ibtidoiy sanʼati paydo boʻlgan. 8—9-asrlarda karolinglar sanʼati (suyak oʻymakorligi, miniatyura)ga Vizantiya, qadimgi dunyo madaniyati taʼsir etdi. 11-13-asrlar sanʼati (Xildesxeym soborining bronza eshiklari, 1015, Reyxenau orolidagi Obersel cherkovining devoriy rasmlari, miniatyuralar) diniy harakterdagi roman uslubiga oʻtish davri boʻldi. 13—14-asrlarda nemis gotikasi taraqqiy etib, saroyritsarlik madaniyati elementlari oʻsayotgan shaharlar madaniyati bilan qoʻshilib ketdi. Uygʻonish davrida insonparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan realistik sanʼat vujudga keldi. 15-asrda paydo boʻlgan bu sanʼat (S. Loxner, L. Mozer, G. Mulcher, M. Shongauer) 16-asrning 30-yillarida A. Dyurer, X. Xolbeyn asarlarida yuksak choʻqqiga koʻtarildi. Sanʼatda 16-asrning 2-yarmidan manyerizm, 17-asrdan barokko hukmron boʻlib, 18-asr oʻrtalarida klassitsizm paydo boʻldi (R. Mengs, A. Kaufman, A. Ya. Karstens va boshqalar). 1848—49 yillardagi inqilob davrida jangovar demokratik ruhdagi kartinalar yaratildi (I. P. Gazenklever, K. Gyubner, K. F. Lesing). 19-asrning yirik realist rassomi A. Mensel ijodida nemis hayoti oʻzining toʻla aksini topdi. 20-asr boshlarida Germaniya mayda burjuaziya oqimi—ekspressionizm vatani boʻlib qoldi (haykaltarosh V. Lembruk va boshqalar). Fashistlar hokimiyat tepasiga kelgach, quvgʻin va taʼqiblarga qaramay, baʼzi rassomlar (Barlax, Kolvits, O. Nagel) insonparvarlik ideallariga sodiq qoldilar. Urushdan keyin utmish anʼanalariii tiklashga kirishildi va Yevropa hamda Amerika sanʼatidagi yangi oqimlardan foydalanildi. Hozirgi vaqtda yoʻnalishlar naqadar xilma-xil boʻlmasin, mutanosiblik yoʻliga intilish seziladi.
Teatri[tahrir]
Teatr sanʼati tarixi xalq urf-odatlari va oʻyinlaridan iborat. 11—15-asrlarda xalq sayyor aktyorlari—shpilmanlar sanʼati avj oldi (yengil, shoʻx, kichik pyesalar quyilgan). 16-asr oxirlarida maktab dramalari keng tarkaldi. nemis aktyorlarining birinchi truppalari yuzaga keldi. 18-asrda aktrisa K. F. Neyber nemis teatri sahnasiga fransuz klassitsizmi badiiy tamoyillarini olib chiqdi, teatrning tarbiyaviy roli uchun kurashdi. 19-asrda Berlin, Braunshveyg , Drezden, Dyusseldorf, Gamburg va boshqa shaharlar teatr markaziga aylandi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida E. Possart, L. Barnay, Y. Kayns kabi yirik aktyorlar yetishib chikdi. l-jahon urushi yillarida Germaniya teatri realistik anʼanalardan chekindi. 1927-yildaochilgan „Piskator teatri“ publitsistik yoʻnalishdan bordi. Dramaturglardan B. Brext, F. Volf, E. Toller, aktyorlardan A. Moisei, G. Otto, E. Bush, rej.lardan M. Reyngardt, E. Piskator, G. Vangenxeym, K. X. Martinlar teatr sanʼatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Fashizm davrida teatr sanʼati natsistlarning targʻibot quroliga aylandi. Fashizm tor-mor etilgach, natsizmga qarshi ruxdagi pyesalar paydo boʻldi. Berlin da 150 ta teatr va sahna bor. Boshka shaharlardagi teatrlarning ham repertuarlari xilma-xil. Klassiklarning pyesalari ham katta muvaffaqiyat qozonmoqda. Shiller, Lessing va Kleystdan keyin B. Brext asarlari paydo boʻldi. Zamonaviy dramaturglardan baʼzilari muvaffaqiyatga erishdi. Rolf Xokxut, Harald Myuller, Tankred Dorst, Klau Pol shu jumlaga kirdi.
Musiqasi[tahrir]
Oʻrta asrlarda ritsarlar sanʼati paydo boʻldi, minnezingerlar maktabi shakllandi (Volfram fon Eshenbax va boshqalar); 14-asrda meysterzingerlar sanʼati, 16-asrdan cholgʻu (ayniqsa organ) musiqasi (K. Pauman singari kompozitorlar ijodida) rivojlandi. Islohot davrida xalq qoʻshiqlari zaminida protesta ntxorali paydo boʻldi. Germaniya Shyuts nemis musiqasida oratoriya va kantata janrlarini ishlab chiqdi, birinchi nemis operasi „Dafna“ (1627)ni yezdi. 1723-yildan I. S. Bax faoliyati boshlangap Leypsig yirik musiqa markaziga aylandi. 18-asr 2-yarmida musiqali sahna janri—zingshpil paydo boʻldi (I. Xiller va boshqalar). Asosan chet ellarda ishlagan Germaniya Gendel, X. Glyuk kabi kompozitorlar AngliyaFransiya va boshqa mamlakatlar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. Y. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven singari Vena klassik maktabi ustalari nemis musiqasi rivojiga kuchli taʼsir oʻtkazdi. L. Betxoven ijodi nemis musiqasining choʻqqisidir. 19-asr boshida musiqiyromantizm namoyandalari F. Shubert, K. Veber, F. MendelsonBartoldi, R. Shuman, 19-asr 2-yarmida R. Vagner. I. Brams, M. Regerlar ijod qildi. 20-asr boshidan Germaniyada ekspressionizm (R. Shtraus, A. Shyonberg), neoklassitsizm (P. Xindemit), atonalizm kabi musiqiy avangardizm oqimlari tarqaldi. Fashistlar rejimi mamlakat musiqiy madaniyatiga halokatli taʼsir qildi. Ilgʻor kayfiyatdagi musiqa arboblari xorijdan boshpana topdi. Urushdan keyin keksa avlodga mansub kompzitorlarning ijodi va faoliyati (K. Orf va b.) yetakchilik qildi. 60-yillardan keyingina yosh kompozitorlar (X. Xense, K. Shtokxauzen) koʻzga koʻrina boshladi. Berlin, Gamburg , Myunxen, Frankfurtmayn, Shtutgart, Leypsig, Drezden va boshqa shaharlarda opera va balet teatrlari, simfonik orkestrlar, Oliy musiqa maktablari bor.
Kinosi[tahrir]
Germaniyada kinematografiya 1895-yil yuzaga kelgan. Birinchi jahon urushi arafasida badiiy filmlar ishlab chiqarila boshlandi. 1916-17 yillar UFA deb atalgan yirik ishlab chiqarish firmasi tuzildi. F. F. Murnau, G. V. Pabst, E. Lyubich kabi rejissorlarning filmlarida zamonasining ijtimoiy mavzulari aks ettirildi. 20-yillarda nemis kinosida ekspressionizmning kuchli taʼsiri sezilib turadi. 20-yillar oxiri va 30-yillar boshida „Krauzen buvining baxt tomon safari“ (rejissor P. Yutsi) va boshqa realistik filmlar yaratildi. 1933-yil yuzaga kelgan siyosiy reaksiya nemis kinematografiyasi rivojlanishini toʻxtatib qoʻydi. Ikkinchi jahon urushi davrida kino natsizm targʻibotining quroliga aylantirildi. OFR da 1949-yildan tijorat va koʻngilochar filmlar chiqarila boshladi. 60-yillardan eʼtiboran yosh rejissorlar badiiy yetuk ekran asarlari yaratishdi. Keyinchalik zamonaviy voqelik va axloq mavzulariga eʼtibor berila boshladi. Doris Durrining „Erkaklar“ komediyasi, Volfgang Petersonning urush haqidagi „Suv osti kemasi“ filmi kabi badiiy puxta kartinalar yuzaga keldi. 1984-yilda yaratilgan „Parij, Texas“, 1988-yilda suratga olingan „Berlin osmoni“, 1986-yilda dunyo yuzini koʻrgan „Roza Lyuksemburg“ filmlari tomoshabinlarga manzur boʻldi. Tarixiy va zamonaviy mavzudagi adabiy asarlarni ekranlashtirishga kirishildi.
Oʻzbekiston — Germaniya munosabatlari[tahrir]
Germaniya bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida rasmiy munosabatlar 1992-yildan boshlangan boʻlsa ham, ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar uzoq davrga borib takaladi. 20-asr boshlarida oʻzbek chevarlari orasida nemislarning „Zinger“ tikuv mashinasi nihoyatda mashhur boʻlgan. Oʻzbekiston mustaqillikka eryshgach, ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli munosabat oʻrnatildi. Oʻzbekistonning Gʻarbiy Yevropadagi birinchi elchixonasi 1993-yil Bonn shahrida ochildi. Oʻsha paytdanoq oʻzaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yoʻlga qoʻyildi. Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik vazirining 1992-yil avgustdagi rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun asos yaratdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1993-yil aprelda Germaniyaga qilgan tashrifi oʻzaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga muhim omil baxsh etgan burilish voqeasi boʻldi. Ushbu tashrif yakunida imzolangan „Kapital qoʻyilmalarni amalga oshirishga koʻmaklashish va ularni oʻzaro himoyalash toʻgʻrisida“ shartnoma, „Ilmiy tadqiqot va mutaxassislar jamgʻarmasini vujudga keltirish“ hamda „Madaniy hamkorlik“ toʻgʻrisida bitimlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini belgilab berdi.
Hamkorlik dasturlarini muvofiqlashtirish va tezroq amalga oshirish maqsadida 1993-yil avgustda idoralararo komissiya hamda 1995-yil may oyida Oʻzbekiston — Germaniya doimiy ishchi guruhi tuzildi. Mazkur komissiya va guruh muntazam ravishda yigʻilishlar oʻtkazib, investitsiyalarni kafolatlash va sugʻurtalash, loyihalarni moliyalash, xususiylashtirishga koʻmaklashish, qimmatli qogʻozlar bozorini vujudga keltirish kabi muhim masalalarni hal qilib kelayotir. 1993-yil Toshkentda Germaniya texnikaviy hamkorlik jamiyatining vakolatxonasi ochildi. Jamiyat faoliyati tufayli bozor iqtisodiyotiga oid seminar va oʻquv kurslari oʻtkazish yoʻli bilan mutaxassislar tayyorlash, iqtisodiy qonunchilik, xususiylashtirish, kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof muhitni muhofaza qilish, shahar yoʻlovchi transportiga doir qonun va nizomlar ishlab chiqish, „Onalik va bolalikni himoya qilish“ tadbirlari boʻyicha maslahatlar berish dasturi amalga oshirila boshladi. 1994-yilda Germaniya savdo-sanoat palatalari birlashmasi Toshkentda Germaniya iqtisodiyoti vakili byurosini ochdi. Uning asosiy vazifasi oʻzbek va nemis ishbilarmonlarini axborot bilan taʼminlashdan iborat. Oʻsha yilning iyunida Toshkentda K. Adenauer jamgʻarmasining vakolatxonasi ochildi. Gannover xalqaro yarmarkasi ishlab turgan davrda (1994-yil aprel) oʻtkazilgan „Oʻzbekistan iqtisodiyoti kunlari“ OFR jamoatchiligi va ishbilarmonlarini gʻoyat qiziqtirdi. OFR prezidentining 1995-yil 11—13 aprelda Toshkentga qilgan tashrifi davomida ikkala mamlakatning ishbilarmonlari ishtirokida qoʻshma biznes-seminar oʻtkazildi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston banklari, Fanlar akademiyasi va turli vazirliklari hamda muassasalari xodimlari uchun amaliy mashgʻulotlar, konferensiyalar va foydali uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. 1995-yilda Shtutgart shahridagi Linden-muzeyda „Oʻzbekistan. Buyuk Ipak yoʻli merosi“ mavzusida ochilgan koʻrgazma Oʻzbekiston — Germaniya hamkorligini rivojlantirishda sezilarli voqea boʻldi. 1996-yil 18-19 iyunda „Germaniya markaziy Osiyo“ jamiyati, „Doyche Bank“, Frankfurtmayn shahri magistrata va Oʻzbekiston Respublikasining OFRdagi elchixonasi tashabbusi bilan Frankfurt shahrida „Germaniyada Oʻzbekiston iktisodiyoti kunlari“ xalqaro anjumani oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Germaniyaning „AKA“, „KfV“, „Berliner Bank“ va „Doyche Bank“ kabi banklari bilan bazis bitimlari tuzgan. Shu bitimlar asosida kamida 778,7 mln. nemis markasi miqdorida turli loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash boshlandi.
OʻzR Prezidenta Islom Karimovning Germaniyaga 2001-yil 2—5 aprel kunlari qilgan tashrifi ikki mamlakatning oʻzaro munosabatlarida sifat jihatkdan yangi davr boshlanganini bildirdi. Tashrif davomida moliya, sayyoxlik, fan-texnika, narkotiklar kontrabandasiga qarshi kurash kabi sohalar boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirishni nazarda tutuvchi oʻn toʻrtta hujjat imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasi Makro iqtisodiyot va statistika vazirligining maʼlumotlariga koʻra, 1997-yildada mamlakatimizning dunyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmlari boʻyicha Germaniya 4-oʻrinni (Rossiya, Koreya Respublikasi, Shveysariyadan keyin), Yevropa mamlakatlari orasida esa 2-oʻrinni (Shveysariyadan keyin) egalladi. 2000-yilda oʻzaro savdo hajmi 291,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Oʻzbekistondan Germaniyaga paxta tolasi, mis va undan yasalgan buyumlar, boshqa rangli metallar yetkazib beriladi va turli xizmatlar koʻrsatiladi. Germaniyadan Oʻzbekiston Respublikasiga asbobuskuna, baliq mahsulotlari, qand-shakar va qandolat mahsulotlari, bugʻdoy uni, kimyoviy mahsulotlar, qora metall va undan tayyorlangan buyumlar, transport vositalari, saryogʻ va oʻsimlik yogʻi, optik asbob va apparat lar, sut mahsulotlari, qogʻoz va karton, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, uchish apparatlari va boshqalar yetkazib beriladi va turli xizmatlar koʻrsatiladi. Yengil sanoat, paxta va uning chiqitlarini qayta ishlash, tibbiyot va farmatsevtika preparatlari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, yuk va yoʻlovchi tashish, avtoservis, ilmiy ishlanmalar, savdo-sotiq va boshqa sohalarda bir nechta qoʻshma korxona faoliyat yuritayotir. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi huzurida Germaniyaning 40 ta firma va kompaniyasi vakolatxonalari rasmiylashtirilgan. Ular qatorida „Daymler Bens“, „Simens“, „Alkatel“, „Tissen“, „Lyuftganza“, „BASF“, „Salamander“ kabi jahonga mashhur firmalar bor.
„Landtexnik-Tashkent“, „Chirkom“, „UzVinkler“, „Grasso“, „TashVirt“, „Intermed Ekosan“, „Nambum“ va boshqa qoʻshma korxonalar qishloq xoʻjaligi uskunalari tayyorlash, qishloq xoʻjaligi mashinalari va yoʻl texnikalari, telefon tarmoqlariga xizmat koʻrsatish, novvoychilik uskunalarini olib kelish va ularni montaj qilish, tibbiy dorilarni yetkazib berish, goʻsht-yogʻ mahsulotlari va qogʻoz ishlab chiqarish bilan mashgʻul.
Oʻzbekiston — Germaniya munosabatlarida Toshkent va Berlin shaharlari oʻrtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Ikki davlat poytaxtlarining hamkorligi faqat iqtisodiy sohani emas, ijtimoiy-madaniy sohalarni ham keng qamrab olgan. Germaniya poytaxti Bonndan Berlinga koʻchirilgach, 2001-yil 3-aprelda Berlinda Oʻzbekiston elchixonasining yangi binosi ochiddi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi. Ikki tomonlama munosabatlarda madaniyat, sanʼat, fan, xalq taʼlimi, ommaviy axborot vositalari, sogʻliqni saqlash va sport sohalaridagi hamkorlik ham katta ahamiyatga ega. Germaniyada Oʻzbekistan madaniyati kunlari doirasida Berlin, Potsdam, Dortmund, Bonn, Shtutgart, Gamburg, Myunxen, Gannover, Visbaden shaharlarida Oʻzbekistonning musiqa, tasviriy va teatr sanʼati keng namoyish etilganligi buning yorqin misolidir. Mamlakatimiz teatr va kino ustalari Tyubing, Berlin, Kotbus, Manxaym, Myulxaymda oʻtkazilgan festivallarda ham faol ishtirok etishdi. Oʻz navbatida respublikamizda ham Germaniya madaniyati kunlari muvaffaqiyatli oʻtdi. Ikki tomonlama hamkorlikning rivojiga K. Adenauer, F. Ebert jamgʻarmalari, Gyote nomidagi institut, G. oliy oʻquv yurtlari, universitetlari rektorlari konferensiyasi, „Doyche Velle“ telekompaniyasi. „Germaniya-Oʻzbekiston“ doʻstlik jamiyati, „EPOG“ Berlin jamoat madaniy birlashmasi katta hissa qoʻshmoqdalar.
Adenauer jamgʻarmasi koʻmagida Sant Augustin shahrida „Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan oʻrni“ mavzuida ilmiy konferensiya, „Orol ekologik fojiasinnng milliy va xalqaro aspektlari“ simpoziumlari oʻtkazildi. Jurnalistlar guruhi va nemis ijodiy ziyolilari vakillari tashabbusi bilan Orol haqida hujjatli film olishga kirishildi. Qoraqalpogʻiston bolalar kasalxonalariga doridarmonlar va tibbiyot uskunalari uchun mablagʻ yigʻish tashkil qilindi va bu hududda suv tozalash inshootlarini yaratish uchun mablagʻ toʻplandi. Oʻzbekistan Milliy universiteti va Samarqand universitetining Gumboldt nomidagi hamda Bamberg va Gyottingen shaharlaridagi universitetlar bilan hamkorligi samarali rivojlanayotir. Oʻzbekiston Respublikasida nemis millatiga mansub 25 mingga yaqin kishi yashaydi.[12]
Havolalar[tahrir]

  • Посольство Германии в Москве

  • Информационный портал www.germania-online.ru

  • www.deutschland.de(rus.) — федеральный сайт, раздел на русском языке

  • Сборник карт Германии

Manbalar[tahrir]

    1. Jump up Германия туры, отдых, цены, экскурсионные туры в Германию

    2. Jump up Немецкие диалекты — карта распределения

    3. Jump up Маршем на Берлин. В Германии беженцы развернули борьбу за свои права

    4. Jump up DSW: Länderdatenbank

    5. Jump up Stiftung Weltbevölkerung: Home

    6. Jump up Gemeinsames Datenangebot der Statistischen Ämter des Bundes und der Länder

    7. Jump up Дмитриев В. А. «Роль современной Германии в мировой политике». Горчаковские чтения

    8. Jump up А. И. Патрушев «Германия в XX веке»

    9. Jump up Ерюхин А. А. «Европейская политика ФРГ при Аденауэре»

    10. Jump up Eisenbahnatlas Deutschland. — 2007/2008. — Andoza:Указание места в библиоссылке: Verlag Schweers + Wall GmbH, 2007. — 232 с. — ISBN 978-3-89494-136-9

    11. Jump up Источник: Статья «Медицина в Германии» на веб сайте Лечение в Мюнхене

    12. Jump up OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Download 8,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish