Americano Channel bo'yicha eng batafsil kitob



Download 39,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.04.2022
Hajmi39,64 Mb.
#582646
  1   2
Bog'liq
Amerikaga oson

582646

Americano Channel
bo'yicha eng batafsil kitob



20 soniya davomida ko'zingizni yumib, 
aynan siz nega Amerikaga borishingiz 
kerakligi haqida o'zingizga holis javob bering.


Yuqori hayot darajasi, 
imkoniyatlarga boy megapolis shaharlar.
Dunyo iqtisodiyoti markazlaridan biri va erkinlik ramzi.
Havosi, iqlimi, joylashuvi, iqtisodiy ko'rsatkichlari
va boshqa ko'plab talablar bo'yicha aynan sizga to'g'ri
keladigan shtatni topishingiz mumkin.


Sifatli ta'lim olish
va turli davlatlardan yangi do'stlar orttirish imkoniyati.
Siz istagan kelajakga tezroq, samaraliroq
va ishonchliroq erishish.



Mening ismim Ulug'bek. Americano Channel blogi muallifiman.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun turizm va IT sohasida raqamli
marketing bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi loyihalarni yuritaman. 
2020-yilda Amerikada ham o'z kuchimni sinab ko'rishga
qaror qildim va bolalikdagi maqsadimni amalga oshirdim.
Amerika borishga sabab barchada turlicha bo'lishi mumkin,
menda esa bu bolalikdagi orzu edi, keyinchalik maqsad.
Zero deyarli barchamiz Amerika kinolari, texnologiyalari,
aktyorlari yoki odamlarining yashash 
tarziga havas qilib ulg'ayganmiz.
Hozirgi kunda ham biz ularning mashinalari, smartfonlari 
va maishiy texnikalaridan kundalik hayotda foydalanamiz.
Kinolarini ko'ramiz va biron kun kabrioletda palmalar
o'rab olgan keng yo'lda okean sohiliga qarab quvonishni
hech bo'lmasa tasavvur qilib ko'rganmiz. 


Agar mening blogimni o'qiyotgan bo'lsangiz Amerika hayoti,
viza olish, hujjat tayyorlash, qaysi shtatlarda yashash,
AQSH qonunlari, xo'jalik yumushlar va boshqa bir qator
mavzularda kunlik ma'lumotlar berib boriladi.
Xalqimizda Amerikaga borish juda qiyin degan afsonalar yuradi.
Mening bu loyiha orqali qo'ygan eng asosiy maqsadim shuki,
vatandoshlarimiz uchun bu yumushni huddi 1+1 ko'rinishidek
sodda va yengil ko'rinishda tushuntirish, buning hech qanday
qiyinchiligi yo'q ekanini amalda ko'rsatish va eskirgan asossiz
afsonalarga butunlay chek qo'yish.
Amerikaga borishda ko'pchilik faqat Green Card lotereyasini
yechim sifatida ko'rishadi, bu esa eng birinchi xatodir.
AQSH ga ko'plab qonuniy usullar bilan borib, o'qib, ishlab
keyinchalik qolsa ham bo'ladi.
Masalan, men talabalik vizasini tanlaganman va shu yo'l orqali
Amerikada qonuniy legalizatsiya qilib qolmoqchiman.


Talabalik vizasini tanlaganim sabablari:
Menda talabalik vizasini olish uchun universitetga kirish varianti
mavjud edi. Bu yo'lni nega tanlamadim? Buning uchun yillik
$20,000 dan boshlab kontrakt, bank hisob raqamida katta pul,
IELTS yoki TOEFL sertifikati, qo'shimcha sertifikatlar kerak.
Yuqorida aytilganlarni birontasini men qila olmasdim.
Turistik viza bilan borish varianti ham menga tog'ri kelmasdi.
Buning uchun yana bankda katta pul ko'rsatish kerak,
ham men bir o'zim bo'lganim uchun faqatgina Amerikani
ko'rish uchun ketayotganimga konsul aniq ishonmas edi.
Qo'shimchasiga men Avstraliya, Buyuk Britaniya singari davlatlar
hududida umuman bo'lmaganman. Shunday qilib bu yo'l
ham ish bermasligini tushungandim.
Ish vizasini ham olishim juda qiyin edi.
Bu variantda pul muammo emas, lekin shaxsan men
yoqtirmaydigan uzoq qog'ozbozlik ishlari bor edi.
Green Card'ni umuman o'ynamaganman, chunki kutib o'tirishdan
borib o'rganib boshqa yo'lini qilish menga yaqinroq.
Lekin Amerikaga borish, bolalikdagi orzuga erishish meni
hech ham tinch qo'ymasdi. 2020-yil o'rtalarida men
til maktabida o'qiydigan bir bolani internetda ko'rib qoldim,
bir hafta davomida barcha ma'lumotlarni yig'dim,
barcha qonunlarni, rejalarni o'rganib, kerakli hujjatlarni
va to'lovlarni til maktabiga yubordim.
Indoneziyada yashaganim sababli, o'sha yerdagi Amerika
elchixonasiga kirib muvaffaqiyatli tarzda birinchi urunishda
talabalik vizasini oldim. Buning hech qanday siri yo'q,
siz qilishingiz kerak bo'lgan yagona narsa
bu 
TAYYORGARLIK 
va 
REJA.


Kam hujjatlar talab qilinishi.
Til maktablari qabul uchun 
sizdan horijga chiqish pasporti, bank ma'lumotnomasi
va I-20 formasi uchun to'lov talab qilishadi. Qaysi til maktabiga
topshirishingizga qarab qo'shimcha hujjatlar so'ralishi mumkin,
ammo bu hujjatlar katta ehtimol bilan yo o'rta ta'lim diplomi,
yoki bank ma'lumotnomasidagi tranzaksiyalar bo'ladi.


Legalizatsiya qilish imkoniyati.
Talabalik maqomini siz qancha ushlab tursangiz,
shuncha AQSH hududida qonuniy yashayotgan bo'lasiz.
Undan tashqari siz vizangizning toifasini Amerikada turib ham
o'zgartirib, yaxshi ish topib fuqarolik olishgacha ham
borishingiz mumkin. Aynan mana shu qulaylikdan shaxsan
o'zim ham foydalanishni reja qilmoqdaman.
Keyinchalik universitet yoki bakalavr yo'nalishi
bo'yicha ham o'qishni davom ettirish mumkin.


O'qish vaqti.
Darslar ertalab soat 9:00 dan soat 13:30 gacha,
dushanbadan payshanbagacha o'tkaziladi.
Ya'ni kuniga 4,5 soatdan haftasiga 4 kun.
Qolgan vaqtda siz bo'shsiz va boshqa
ishlarni bo'sh vaqtda qila olasiz.


Yosh bo'yicha chegara yo'qligi.
Til maktablariga topshirishda chegara bo'lishi mumkin
bo'lgan yagona vaziyat mavjud. Bu ham bo'lsa
agar yoshingiz hali 16 da bo'lmasa. Agarda 16 yoshdan
katta bo'lsangiz, unda bemalol o'qishga topshira olasiz.


O'qish boshlanish sanasi.
Til maktablarida semestr degan tushunchalar yo'q.
Siz istalgan dushanba kunidan boshlab yilning
istalgan vaqtida o'qishni boshlashingiz mumkin.
Hujjatlarni ham masalan hozir topshirib,
o'qishni yarim yildan keyin boshlash mumkin.


Manzil: 
Florida shtati, Mayami shahri
Kerakli hujjatlar: 
- horijga chiqish pasporti
- bank hisobidan ma'lumotnoma
i-20 formasi uchun to'lovlar:
- $200 qabul uchun yig'im
- $100 ekspress pochta
- $500 depozit
Oylik to'lov:
- $500





ESLATMA!
Siz barcha chiqimlarni boshidanoq amalga oshirmaysiz.
Eng birinchi navbatda sizga I-20 formasi kerak bo'ladi,
ushbu formaning originali sizga pochta orqali keladi.
I-20 formasi yetib kelish vaqti tanlangan o'quv dasturi
davomiyligi, Amerikada qancha qolishingiz va boshqa
ko'plab tanlovlaringizga bog'liq.
Barcha chiqimlar ketma-ketlikda qilinadi,
shu sababli sizda moliyaviy muammo bo'lish ehtimoli past.
Mayamidagi maktab hozirda ishlamoqda 
va hujjatlarni topshirish jarayoni barchaga ochiq.
Horijga chiqish pasportini yuboring
ketma-ketlik:
Bank hisobidan ma'lumotnoma yuboring
$800 to'lov qiling
I-20 formasini qo'lga kiriting
$350 SEVIS to'lovini amalga oshiring
$160 konsullik yig'imini to'lang
Elchixonaga suhbatga kiring
F1 vizasini qo'lga kiriting


Ushbu til maktabi Florida shtatining, quyoshli Mayami
shahrida joylashgan. Iqlimi bizning yoz oyiga juda o'xshash.
Mayami turistik markazlardan biri hisoblanadi.
Ingliz tilida so'zlashuvchi aholidan tashqari ispan tilida
so'zlashuvchi lotin amerikaliklarni ham ko'p uchratish mumkin.
Norasmiy xabarlarga ko'ra Mayamida 300,000 dan ortiq
rus tilida so'zlashuvchi immigrantlar istiqomat qilishadi.
Til maktabida siz ingliz tilini 0 darajadan boshlab,
eng mukammal darajagacha o'rganishingiz mumkin bo'ladi.
Darslar dushanbadan payshanbagacha,
ertalabki soat 9:00 dan 13:30 gacha Mayamining
biznes va ish uchun bo'lgan tumanlaridan biri, 
Brickell'da bo'lib o'tadi.
Maktabda dunyoning turli davlatlaridan kelgan
talabalar til o'rganishadi va sizda ular bilan yaqindan
tanishib, ularning madaniyatini o'rganish va ingliz tilini
amaliyotda qo'llash uchun imkoniyatlar mavjud bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan darslardan keyin vaqt o'tkazishingiz mumkin,
Mayamining mashxur "Miami Beach" sohilini aylanishingiz,
Ocean Drive ko'chasida kabrioletda sayr qilib yangiliklarni
o'rganib dunyoqarashingiz uchun katta foyda olasiz.
Doim harakatni, issiq shaharlarni, yangi tanishuvlarni,
yangi bilim va ko'nikmalarni yoqtiradiganlar uchun albatta
ushbu joyni shaxsan tavsiya qilaman.


Manzil: 
Kaliforniya shtati, San Diego shahri
Kerakli hujjatlar: 
- horijga chiqish pasporti
- o'rta ta'lim diplomi yoki attestat
- bank hisobidan ma'lumotnoma
- tranzaksiyalar ma'lumotnomasi
i-20 formasi uchun to'lovlar:
- $875 (i-20, pochta, yig'imlar)
Oylik to'lov:
- $350




ESLATMA!
Siz barcha chiqimlarni boshidanoq amalga oshirmaysiz.
Eng birinchi navbatda sizga I-20 formasi kerak bo'ladi,
ushbu formaning originali sizga pochta orqali keladi.
I-20 formasi yetib kelish vaqti tanlangan o'quv dasturi
davomiyligi, Amerikada qancha qolishingiz va boshqa
ko'plab tanlovlaringizga bog'liq.
Barcha chiqimlar ketma-ketlikda qilinadi,
shu sababli sizda moliyaviy muammo bo'lish ehtimoli past.
San Diegodagi maktab hozirda yopiq, ammo kuz oylariga
hujjat topshirsangiz bo'ladi. Agarda 2 oy ichida
ketishni reja qilayotgan bo'lsangiz, u holda
Mayamini tavsiya qilaman.
Horijga chiqish pasportini yuboring
ketma-ketlik:
Bank hisobidan ma'lumotnoma yuboring
$875 to'lov qiling
I-20 formasini qo'lga kiriting
$350 SEVIS to'lovini amalga oshiring
$160 konsullik yig'imini to'lang
Elchixonaga suhbatga kiring
F1 vizasini qo'lga kiriting


Tinch okeani sohilining Kaliforniya shtatida joylashgan
San Diego shahri haqida ko'plab ma'lumotlarni
kanallarim orqali eshitgansiz. San Diegoda yiliga
300 kun quyoshli havo bo'ladi. Amerikada baxtli hayot uchun
eng shaharlardan biri deb bejizga bir necha marotaba
tan olinmagan. San Diegoda chindan ham 
hayot uchun barchasi mavjud.
Darslar dushanbadan payshanbagacha,
ertalabki soat 9:00 dan 13:30 gacha o'tkaziladi.
0 darajadan boshlab, ushbu maktabdagi barcha dasturlarni
o'qib tugatish uchun 2,5 yil vaqt kerak bo'ladi.
Ammo siz istalgancha o'qishingiz mumkin,
5-6 oy o'qib boshqa maktabga ham o'qishni ko'chirish mumkin.
Shaxsan men ushbu maktabda o'qiyman,
keyinchalik boshqa maktab yoki universitetga ham
o'qishni ko'chirishimda muammolar yo'q.
O'qish uchun oyiga $350 to'lab boriladi.
Qo'shimcha kitoblar uchun chiqimlar
har 3 oyda $80 ni tashkil qiladi.
San Diego Kaliforniyaning boshqa taniqli shaharlariga yaqin.
Masalan San Fransisko, Los Anjeles yoki Las Vegasga
San Diegodan mashinada sayohat qilsangiz bo'ladi.


Ko'pchilikni aynan elchixonadagi suhbat
mavzusi havotirga soladi. Chindan ham bu qiyinmi?
Rostdan ham suhbat og'ir va murakkab o'tadimi?
Qayerdan o'tish kerak? Nima qilish kerak?
Kimni gapiga ishonish kerak?


Elchi va konsullar ham huddi bizdek odam.
Ular sizni hayotingizni belgilashmaydi.
Agarda men pastda keltirib o'tgan qoidalar
bo'yicha yaxshi tayyorgarlik ko'rsangiz, suhbatda har qanday
vaziyatga tayyor bo'lasiz. Umumjahon statistikasiga ko'ra
talabalik vizalari 80% holatda beriladi. Bunga bir qancha
sabablar bor. Asosiysi shundaki, siz Amerika iqtisodiyotiga
katta foyda olib kelasiz.
Siz yoningizdan pul olib borasiz, Mayamidek shaharlarda
pul ishlatishingiz aniq. Aynan sizning pullaringiz evaziga
odamlar ish bilan ta'minlanadi, o'qituvchilar ishlaydi,
til maktablari yashaydi va soliq to'lashadi.


Elchixonaga belgilangan vaqtdan 30 daqiqa avval
kelishni tavsiya qilaman. Undan avval yoki kech emas.
Kiyimingizga ham e'tibor qiling, juda yasanib borish
to'g'ri emas. Har holda siz suhbatga ketayabsiz,
to'yga emas. Biroq uy kiyimida ham bora ko'rmang :)
Quyida siz uchun elchixonadagi jarayonlar qanday
ketma-ketlikda amalga oshirilishi bo'yicha video
qoldirdim. Uni ko'rish uchun rasmning ustiga bosing.


Xabaringiz bor O'zbekistonda AQSH elchixonasi
1 yildan beri faoliyat yuritmayabdi.
Shaxsan men AQSH vizasini boshqa davlatdan olganman.
COVID sababli aksariyat elchixonalar faoliyatini to'xtatgan
vaqtda bu normal holat. Konsul sizdan nega boshqa
davlatdan suhbatdan kirayotganingizni so'rasa,
bemalol O'zbekistondagi elchixona yopiqligini
sabab qilib ko'rsatishingiz mumkin. 
Barcha davlatlardagi AQSH elchixonasining ishlash
prinsiplari, qoidalari va vazifalari bir hil.
Qo'lingizda talabalik vizasini olish uchun
I-20 formasi, to'ldirilgan DS-160 formasi
va SEVIS to'lovi cheki bo'lsa kifoya.
Hozirda qaysi davlatlarda AQSH elchixonasi
ochiqligini bilish uchun pastdagi rasm
ustiga bosing.



Download 39,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish