Profilaktikasi va o'choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. - Amyobiaz uchraydigan joylarda (aholi punktlarida ) suv ta’minotini yaxshilashni tashkil qilish zarur. Aholiga shaxsiy gigiyena qoidalari, faqat qaynatilgan suv ichish zarurligi, hojatxonalarni gigiyenik saqlash va dezinfeksiyalash bo‘yicha ma’lumotlar berilishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlarini dizenteriya amyobasi sistalari tushishidan saqlash muhim ahamiyatga ega.
- Barcha bemorlar izolatsiya qilinishi va davolash uchun shifoxonaga yotqizilishi shart. Amyoba tashuvchilarni davolash ham profilaktik tadbirlarga kiradi. Sista tashuvchilar suv bilan ta’minlash sistemasiga, oziq-ovqat muassasalariga, jamoa ovqatlanish tarmog’I hamda bolalarga xizmat ko‘rsatish joylariga qo‘yilmaydi. Bemorlar najasi 5% li lizol bilan dezinfeksiya qilinadi. Choyshablar lizolning 3% li eritmasida namlanadi. Umumiy profilaktik tadbirlar dizenteriyadagi kabi o'tkaziladi. Kasallikning spetsifik profilaktikasi ishlab chiqilmagan.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |