Epidemiologiyasi. - Kasallik manbai amyobiaz bilan kasallangan bemor yoki dizenteriya amyobasi tashuvchisi hisoblanadi. Odam amyoba sistalarini najas bilan ajratadi. 1 g najasda 6 mln gacha sistalar bo’lishi mumkin.
- Odam dizenteriya amyobasining yetilgan to‘rt yadroli sistalarini oziq -ovqat mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar, iflos suv va ularni organizmga iflos qo‘llari orqali kiritganda zararlanadi. Kasallik tarqatuvchi omillarga sista tashuvchilarnin g najaslari bilan zararlangan parvarishlash buyumlari, choyshablar, oshxonaidishlari, o‘yinchoqlar va boshqalar kiradi. Sodda organizmlar sistasini mexanik tarqatib yuruvchilar sifatida pashshalar va suvaraklar ham ma’lumrol o‘ynaydi. Bu hasharotlar ichagida dizenteriya am yobasi sistalari 48 —72 soat davomida hayotlarini saqlab qoladilar.
- Amyobiaz issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan bo‘lib, yoz kuz mavsumiyligi bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha o‘rta yoshdagi kishilar kasallanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |