. Amaryllidaceae oilasi o’simliklarning umumiy tavsifi. 1.1. Amaryllidaceae oilasi o’simliklarning ilmiy tasnifi. Amaryllidaceae (Chuchmomadoshlar) — bir pallali o’simliklar qatoriga kiradi. Bu oila Asparagales tartibiga kiritilgan. Ilmiy tasnifi Domen – Eukariotlar Olam – O’simliklar Bo’lim – Gulilar Sinf – Bir palalilar Tartib – Asparagales Oila - Amaryllidaceae The Plant list ma’lumotlariga ko’ra, 2013 yilda bu oila 80 turkum va 2258 tur o’simliklardan iborat. Oila uchta kichik oiladan iborat: Agapanthoideae, Alliodeae va Amaryllidoideae. Alliodeae oilasi piyoz, sarimsoq piyoz va nish piyozni harxil turlaridan iborat. Amaryllidaceae alkaloidlarini kimyoviy va farmakologik xususiyatlari haqida ko’plab ma’lumotlar e’lon qilngan bo’lsada, ajratib olingan va o’rganilgan alkaloidlarnin asosiy qismi Amaryllidaceae kichik oilasiga to’g’ri keladi, Agapanthoideae va Alliodeae kichik oilalarida alkaloidlar deyarli tarqalmagan, ammo Allium neapolitanum o’simligidan kelib chiqishi tiptofanga bog’liq kantinon turidagi alkaloidlar ajratib olinganligi haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Shuning uchun Amaryllidaceae alkaloidlari deyilganda Amaryllidaceae kichik oilasidan ajratib olingan alkaloidlar tushuniladi[1]. 9 Birinchi marta 1805 yilda Jean Henri Jaume Saint-Hilaire tomonidan Amaryllidées oilasi deb nomlangan. 1810 yilda botanik olim Robert Brown bu oilani Amaryllidaceae deb nomladi[2]. Oilaga kiruvchi o’simliklar piyozboshli yoki ildizpoyali yoxud tugunakli, hasharotlar yordamida changlanuvchi ko’p yillik o’tlardan iborat turkumlarni o’z ichiga olgan oila. Amaryllidaceae oilasi o’simliklari asosan, yer usti,(ba’zida suvda) o’suvchi o’simliklardir. Ko’pchilik turlari piyozboshdan o’sib, ba’zilari, yani, Agapantgus, Cilvia va Scadoxus lar ildizpoyadan rivojlanadi. Barglari oddiy, etli, bir qatorda ikkitadan naychalarga egadir. Barglarini shakli chiziqli, cho’zinchoq, ellipsimon, lansetniksimon yoki ipsimon bo’lib, tashqi tomondan mumsimon qatlamga egadir.Barglari germafrodit, aktinomorf, ba’zida zigomorf bo’ladi. Gullari ikki jinsli, to’g’ri yoki sal qiyshiq. Gulqo’rg’oni ikki doyra hosil qilib o’rnashgan.Gulni formulasi: P3+3 A3+3 G(3). Mevasi ko’sak, ba’zida reza mevasi ko’rinishida bo’ladi. Mevasi ko’sakcha. Oila areali yer kurrasini barcha kontinentlarini qamrab oladi, asosan, tropik va subtropik o’lkalarda, yani Janubiy Afrika, Markaziy va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. Shundan O’zbekiston Respublikasida 4 turkumga kiruvchi 8 turi o’sadi. Chuchmomadoshlarning barcha vakillari manzarali (istirohat bog’lari, xonadonlar va oranjereyalarda o’stiriladi). Dorivor turlari (maye., omonqora) ham bor.
Amaryllidaceae oilasi o’simliklarini ahamiyati. Amaryllidaceae ning Galanthus, Leucojum, Narcissius, Crinium, Lycoris, Clivia, Haemanthus, Pancratium va Hippeastrum oilasiga mansub o’simliklarini xalq tabbobati hamda zamonaviy dorivor vositalari haqida ma’lumitlar yoritib 13 o’tilgan. Ko’pincha bu turkumlarga oid turlar yorqin ta’ssurot qoldiradigan o’simlik sifatida foydalaniladi. Masalan, Crinium turlari soyabonli piyozgulli bo’lib, xalq tabbobatida ham keng qo’llanilgan. Lycoris turkumi 20 dan ortiq turlarga ega bo’lib, Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. Lycoris turlari ko’p asrlardan beri Xitoy va Yaponiyada manzarali o’simlik sifatida yetishtiriladi, hamda, Lycoris radiata a’nanaviy Xitoy tabbobatida va galantamin ichlab chiqarishda keng qo’llanadi. Galanthus turkumi turlari galantaminni dastlabki manbai bo’lib, bog’larda keng tarqalib bahorni birinchi elchilari hisoblanadi. Leucojum turkumi turlari qor ushqunlari sifatida ma’lum bo’lib, alkaloidlari Leucojum aestivum Sharqiy Yevropada galantamin ishlab chiqarishni asosiy sanoat manbai bo’lib hisoblanib, tabiiy manbalarni qiron keltirshga sabab bo’lmoqda. Narcissius turkumi Yevropa va Shimoliy Afrika uchun xosdir, bioxilma-xillikni markazi bo’lib esa Iberia yarim oroli hisoblanadi. Narcissius turkumi o’simliklari asosan Buyuk Britaniya va Gollandiyada tarqalgandir[4]. 14 2-Bob.Amaryllidaceae oilasi o’simliklarini alkaloidlari kimyosi. Amaryllidaceace oilasi o’simliklarini kimyoviy tadqiq etish akademik A.P.Orexov va S.S.Norkina tomonidan boshlangan. Ular tomonidan Ungernia Sewetzowii o’simligidan kristall holatdagi ungernin alkaloidini ajratib olganlar. Bu alkaloid tazettinga aynan o’xshash bo’lib chiqqan[6]. Amaryllidaceace oilasiga mansub ko’plab o’simliklardan ajratib olingan alkaloidlarni tadqiq etish natijasida yangi tuzilishga ega mansub asoslar borligi namoyon b’oldi. 2.1. Amaryllidaceae oilasi alkaloidlari tasnifi. Alkaloidlarning nomenklaturasi sistemalashtirilmagan. Bu esa birikmalarning murakkabligi va turli- tumanliligi bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Alkaloidlarni tasniflash muammolar tug’dirgani uchun ba’zi mualifar kimyoviy tuzilish asosida, boshqalar esa o’simlik turkumlari asosida tasniflaydilar. Amaryllidaceae alkaloidlari uchun tasniflashga yuqorida ta’kidlangan ikki sistema qo’llanadi. Amaryllidaceae alkaloidlari uchun ba’zi umumiy xususiyatlarni keltirish mumkin[5]: 1. Asosiy halqa C6 - C1 va N - C2 - C6 tuzilish qismlaridan iborat bo’lib, ular lfenilalanin va L-tirozindan hosil bo’ladi. 2. Kuchsiz asoslar (pKa 6-9). 3. Doimo ikkilamchi, uchlamchi yoki hatto to’rtlamchi bitta azot atomi saqlab, uglerod atomlari soni 16 dan 20 gacha bo’ladi. Bu guruh alkaloidlari kimyoviy tuzilish asosida Ghosal ning modeli[7] boyicha 15 likorin gomolikorin krinin gamantamin narsislazin tazettin montanin galantamin norbelladin. Yuqoridagi qayd etilgan barcha tur alkaloidlari olti a’zoli aromatik halqa (A) ga ega. Likorin, gomolikorin, krinin, narsislazin va galantamin turi alkaloidlari A, B va C halqalarni birikishida aynan o’xshashlikka egadirlar. Tazetin turi alkaloidlari ham olti a’zoli B va C halqalarga ega bo’lib, B va C halqalarni birikish nuqtasi bilan keskin farq qiladi. Montanin turi alkaloidlari yetyi a’zoli B halqa va olti a’zoli C halqadan iborat bo’ladi. 1Н YaMR- spektrosopiya yordamida Amaryllidaceae alkalodlari tuzilishi haqida juda muhim va asosiy ma’lumotni olish mumkin. Umuman olganda aromatic sohada (6.5-8.5 m.u.) birikmaga hos yadroga oid signallar yotadi. Bir 16 yoki bir necha metoksiguruhlar uchun xos signallar 3.6 - 4.0 m.y.da namoyon bo’ladi.
. Amaryllidaceae oilasi o’simliklarning umumiy tavsifi. 1.1. Amaryllidaceae oilasi o’simliklarning ilmiy tasnifi. Amaryllidaceae (Chuchmomadoshlar) — bir pallali o’simliklar qatoriga kiradi. Bu oila Asparagales tartibiga kiritilgan. Ilmiy tasnifi Domen – Eukariotlar Olam – O’simliklar Bo’lim – Gulilar Sinf – Bir palalilar Tartib – Asparagales Oila - Amaryllidaceae The Plant list ma’lumotlariga ko’ra, 2013 yilda bu oila 80 turkum va 2258 tur o’simliklardan iborat. Oila uchta kichik oiladan iborat: Agapanthoideae, Alliodeae va Amaryllidoideae. Alliodeae oilasi piyoz, sarimsoq piyoz va nish piyozni harxil turlaridan iborat. Amaryllidaceae alkaloidlarini kimyoviy va farmakologik xususiyatlari haqida ko’plab ma’lumotlar e’lon qilngan bo’lsada, ajratib olingan va o’rganilgan alkaloidlarnin asosiy qismi Amaryllidaceae kichik oilasiga to’g’ri keladi, Agapanthoideae va Alliodeae kichik oilalarida alkaloidlar deyarli tarqalmagan, ammo Allium neapolitanum o’simligidan kelib chiqishi tiptofanga bog’liq kantinon turidagi alkaloidlar ajratib olinganligi haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Shuning uchun Amaryllidaceae alkaloidlari deyilganda Amaryllidaceae kichik oilasidan ajratib olingan alkaloidlar tushuniladi[1]. 9 Birinchi marta 1805 yilda Jean Henri Jaume Saint-Hilaire tomonidan Amaryllidées oilasi deb nomlangan.
.Amaryllidaceae oilasi alkaloidlarining boshqa turlari. Amaryllidaceae oilasi o‘simliklaridan ajratib olingan ko‘pchilik alkaloidlarni to‘qqizta turning biriga tegishli bo‘lsa keng muhokama etilsada, oila uchun umumiy bo‘lmagan boshqa turdagi alkaloidlar ham yoritib o‘tilgan. Galantindol alkaloidlarni yangi guruxiga tegishlidir. Bu alkaloid Galanthus plisatus ssp. byzantinus o‘simligidan ajratib olingan bo‘lib, o‘z takribida indol halqani saklaydi. Lycosinine A va uning hosilalari tuzilishi jihatidan izminga o‘xshab ketib, alkaloidlarni katabolizmini mahsulotlari hisoblanadilar. Galazin Galanthus elwesii o‘simligidan ajratib olingan bo‘lib, gidrosil guruhi molekulalararo vodorod bog‘lari orqali qo‘shni molekulaning N-atomi bilan bog‘langan bo‘ladi. Kerelin, augustamin va grasilin hosilalari an’anaviy to‘qqiz turdan farq qiladigan tuzilishlarga egadirlar. Kerelin ajoyib fenol tabiatli alkaloid bo‘lib, birinchi marta Crinum powellii o‘simligidan ajratib olingan. Augustamin birinchi marta Crinum augustum dan ajratib olingan bo‘lib, ba’zi hosilalari keyinchalik Crinum kirkii dan ajratib olingan. Gratsilin va uning hosilalari Galanthus oilasining turli turlaridan ajratib olingan[5]. galanthindole lycosinine A galasine cherylline 17 augustamine graciline buflavine pallidiflorine plicamine Buflavin va 8-O-demetilbuflavin birinchi marta Boophane flava piyozboshidan ajratib olingan. Ularning tuzilishi spektroskospik usullar bilan aniqlangan bo‘lib, o‘z tarkibida sakkiz a’zoli azot saqlovchi geterohalqaga ega bo‘lgan ajoyib tuzilishiga ega bo‘lgan alkaloid bo‘lib, faqat Galanthus nivalis dan ajratib olingan. Pallidiflorin Narcissus pallidiflorus dan, plikamin va uni hosilalari Salanthus, Cyrtanthus va yaqinda Narcissus turkumi o‘simliklaridan ajratib olingan bo‘lib, o‘z tarkibida yangi turdagi yadroga egadir. Mesembrano turi yoki Sceletium alkaloidlari Aizoaceae oilasi uchun xos bo‘lib, Amaryllidaceae oilasi o‘simliklaridan ajratib olingan. Mesembrenol Srinum oliganthum va mesembrenon Narcissus pallidulus o‘simligidan ajratib olingan hamda tavsiflangan. Narcissus triandrus o‘simligidan 41 -O-demetilmesembrenon va 6-epimesembranol kabi mesembrano turdagi alkaloidlar ajratib olingan. Fumariodeae, Lauraceae va Papaveraceae o‘simliklari uchun xos bo‘lgan bulbokapnin va karnoidin Galanthus nivalis subsp. cilicicus dan ajratib olingan. Bunga zid ravishda Amarylldaceae alkaloidlari uchun xususiyatli ajratib olish va tavsiflash xillari boshqa o‘simlik oilalarida ham yoritib o‘tilgan. Krinamin alkaloidi boshqa o‘simlik oilasidan ajratib olingan birinchi Amarylldaceae 18 yadrosiga ega ba’zi alkaloidlar Hosta plantagina (Asparagaceae) o‘simligidan ajratib olingan
Do'stlaringiz bilan baham: |