Yirik soliq to„lovchilar bo„yicha hududlararo davlat soliq
inspeksiyasining vazifalari va funksiyalari
Yirik soliq to‗lovchilar bo‗yicha hududlararo davlat soliq
inspeksiya (Hududlararo inspeksiya)ga joylashgan joyi va amalga
oshirayotgan faoliyatidan qat‘i nazar, yirik soliq to‗lovchilarning
soliq ma‘muriyatchiligini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan,
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasining (Qo‗mita)
mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va bevosita Qo‗mita raisiga
bo‗ysunadi.
79
Yirik soliq to‗lovchilar bo‗yicha hududlararo davlat soliq
inspeksiyasi to‗g‗risida Nizom Hududlararo inspeksiya faoliyatini
tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hududlararo
inspeksiya
tomonidan
qonun
hujjatlarida
belgilangan vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va
xo‗jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek,
qonun hujjatlariga muvofiq ma‘muriyatchiligi Hududlararo
inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan soliq to‗lovchilar uchun
bajarish majburiy hisoblanadi.
Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
yirik soliq to‗lovchilar hisobini tashkil etish va ulardan soliq
to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida ko‗zda tutilgan soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarning to‗liq tushishini ta‘minlash;
yirik soliq to‗lovchilar faoliyatida soliq to‗g‗risidagi qonun
hujjatlariga rioya qilinishi bo‗yicha soliq nazoratini tashkil etish;
yirik soliq to‗lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarish
bo‗yicha o‗zaro hamkorlik asosida servis-texnik xizmat
ko‗rsatilishini amalga oshirish;
yirik soliq to‗lovchilar ma‘muriyatchiligi doirasida soliqqa oid
huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va oldini olish
bo‗yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish.
Hududlararo inspeksiya o‗ziga yuklangan vazifalarga muvofiq
quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) yirik soliq to‗lovchilar hisobini tashkil etish va ulardan soliq
to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida ko‗zda tutilgan soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarning to‗liq tushishini ta‘minlash sohasida:
qonun hujjatlarida belgilangan yirik soliq to‗lovchilar
mezonlariga mos keladigan yuridik shaxslarni aniqlash va hisobga
qo‗yish ishlarini yuritadi;
yuridik shaxslargaular yirik soliq to‗lovchilar jumlasiga
kiritilganligi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga
qo‗yilganligi to‗g‗risida xabarnomalar yuboradi;
yirik soliq to‗lovchilar reestrini shakllantiradi va yuritadi;
80
yirik soliq to‗lovchilar hisobotlarining qabul qilinishi va qayta
ishlanishini amalga oshiradi;
yirik soliq to‗lovchilarning shaxsiy kartochkalari yuritilishini
amalga oshiradi;
O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg‗armalariga to‗lanishi lozim bo‗lgan va haqiqatda to‗langan
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar summalari, shu jumladan ular
bo‗yicha imtiyozlar, shuningdek, yirik soliq to‗lovchilar bo‗yicha
moliyaviy jarimalar summalari hisobini yuritadi;
Yirik soliq to‗lovchilar bo‗yicha Davlat byudjeti va davlat
maqsadli jamg‗armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar
tushumi prognozining ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
soliq
to‗g‗risidagi
qonun
hujjatlarini
va
soliq
ma‘muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‗yicha takliflar
tayyorlashda qatnashadi;
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar dinamikasining tizimli tahlili
asosida soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‗yicha samarali
tadbirlarni amalga oshiradi;
b) yirik soliq to‗lovchilar faoliyatida soliq to‗g‗risidagi qonun
hujjatlariga rioya qilinishi bo‗yicha soliq nazoratinitashkil etish
sohasida:
kameral nazorat, shuningdek, yirik soliq to‗lovchi tomonidan
taqdim etilgan ma‘lumotlar ishonchliligini hamda soliq
to‗lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona
imtiyozlari qo‗llanilishining qonuniyligini tasdiqlash uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda mavzuli
ekspress-o‗rganishlarniamalga oshiradi;
hisobotlarda ko‗rsatilgan ishchilar soni bilan haqiqatda
ishlovchilar soni, shuningdek, ishlab chiqarish hajmlarining mos
kelishi masalalari bo‗yicha yirik soliq to‗lovchilar faoliyati
monitoringini olib boradi. Soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlari
buzilganligi aniqlangan holatlarda qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda ularni oldini olish va bartaraf etish choralarini ko‗radi;
81
Do'stlaringiz bilan baham: |