O‟zbekiston
Respublikasi Bojxona
organlari va boshqa
vakolatli organlarning
hamkorligi
.
bazasini rivojlantirish jamg‗armasi;
Byudjetdan tashqari Orolbo‗yi hududlarini rivojlantirish
jamg‗armasi tashkil qilinsin.
Davlat bojxona xizmati organlari va
O‗zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligining huquqiy maqomi. Davlat
bojxona xizmati organlarining huquqiy
maqomi 1997 yil 29 avgustda qabul
qilingan ―Davlat bojxona xizmati
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi
qonuni bilan belgilab berilgan. Davlat bojxona qo‗mitasi o‗z
vakolatlari doirasida yagona boj siyosati o‗tkazilishini, bojxona
ishlari to‗g‗risidagi qonunchilikka rioya etilishini, DBQ organlari
tizimining samarali faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlaydi.
DBQ o‗ziga yuklatilgan vazifalarni muvofiq bojxona
qonunchiligiga va o‗z vakolatlari doirasida soliq qonunchiligiga
rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;bojxona tartibga solish
vositalari qo‗llanilishini ta‘minlaydi, bojxon-tarif mexanizmi ham
shu jumlaga kiradi, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli tartibga solish
usullari, kvotalash normalari, litsenziyalash va deklaratsiya taqdim
etish ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida belgilangan tartibda
qatnashadi;bojxona to‗lovlarini davlat budjetiga o‗z vaqtida va
to‗liq o‗tkazilishini ta‘minlaydi.
Soliq huquqiy munosabatlar sohasida vakolatli bo‗lgan davlat
organlarining oxirgi turiga boshqa majburiy to‗lovlarni undirish
vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar kiradi.
Ya‘ni yuqorida ta‘kidlaganimizdek Soliq kodeksida belgilangan
davlat maqsadli jamg‗armalariga majburiy pul to‗lovlari, bojxona
to‗lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar
tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‗lovchilarga
nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni
yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish
uchun to‗lanishi lozim bo‗lgan yig‗imlar, davlat bojini undirish
vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar
tushuniladi. Jumladan, Davlat boji quyidagilardan undiriladi:
sudlarga beriladigan da‘vo arizalaridan, organlarning va ular
239
mansabdor shaxslarining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan
shikoyatlardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir
arizalardan, sudlarning qarorlari ustidan beriladigan apellyasiya,
kassatsiya shikoyatlaridan va arizalaridan, nazorat tartibida protest
keltirish to‗g‗risidagi shikoyatlar va arizalardan, hakamlik sudining
hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‗g‗risidagi arizalardan, hakamlik
sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish
to‗g‗risidagi arizalardan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning
nusxalarini berganlik uchun; da‘vo arizalaridan, tashkilotlarni va
fuqarolarni bankrot deb topish to‗g‗risidagi arizalardan, nizo
predmetiga nisbatan mustaqil talablarni bildirgan uchinchi shaxs
sifatida ishga kirishish to‗g‗risidagi arizalardan, yuridik ahamiyatga
ega bo‗lgan faktlarni aniqlash to‗g‗risidagi arizalardan, xo‗jalik
sudining qarorlari, ish yuritishni tugatish to‗g‗risidagi ajrimi ustidan
berilgan, da‘voni ko‗rmasdan qoldirish to‗g‗risidagi, sud
jarimalarini
solish
to‗g‗risidagi apellyasiya va kassatsiya
shikoyatlaridan, hakamlik sudining qarorlarini bekor qilish
to‗g‗risidagi, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish
uchun ijro varaqasi berish to‗g‗risidagi arizalardan, xo‗jalik
sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‗g‗risidagi,
shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro
etish uchun ijro varaqasini berish to‗g‗risidagi va ijro varaqasini
berishni rad etish to‗g‗risidagi ishlar bo‗yicha ajrimlari ustidan
berilgan apellyasiya va kassatsiya shikoyatlaridan; notariuslar va
O‗zbekiston Respublikasining konsullari tomonidan notarial
harakatlarni
amalga
oshirganlik
uchun;fuqarolik
holati
dalolatnomalarini qayd etganlik uchun, shuningdek fuqarolarga
fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi to‗g‗risida takroriy
guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati dalolatnomalari
yozuviga o‗zgartishlar, qo‗shimchalar, tuzatishlar kiritilishi va
uning qayta tiklanishi munosabati bilan guvohnoma berganlik
uchun; chet eldan O‗zbekiston Respublikasiga kelish huquqini
beruvchi hujjatlarni, O‗zbekiston Respublikasiga taklif qilish
to‗g‗risida hujjatlarni berganlik uchun; yashash guvohnomasini
berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchun; respublika
hududiga kelish va respublika hududidan chet elga chiqish huquqini
240
beradigan chet el pasportiga yoki uning o‗rnini bosuvchi hujjatga
viza berganlik uchun, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi
fuqaroligiga qabul qilish va O‗zbekiston Respublikasi fuqaroligidan
chiqish
to‗g‗risida
beriladigan
arizalardan;
O‗zbekiston
Respublikasining fuqarosi pasportini yoki uning o‗rnini bosuvchi
hujjatlarni, O‗zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish
huquqi uchun hujjatlar berganlik uchun; O‗zbekiston Respublikasi
fuqarolarini turar joyga qayd etganlik va ro‗yxatdan chiqarganlik,
turgan joyi bo‗yicha hisobga olganlik uchun, shuningdek chet
davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‗lmagan shaxslarni turar
joyga qayd etganlik va ro‗yxatdan chiqarganlik uchun; yuridik
shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‗yxatidan
o‗tkazganlik uchun; faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga
litsenziya berganlik uchun;ov qilish huquqiga ega ekanligi
to‗g‗risida ruxsatnoma berganlik uchun.
241
Umuman
olganda,
har
qanday
davlat
iqtisodiyotini
rivojlanishida soliq va boshqa majburiy to‗lovlarning o‗rni kattadir.
Shuningdek, soliq va boshqa majburiy to‗lovlarni o‗rnatish,
undirish va budjetlarga kelib tushishini ta‘minlashning samarali
mexanizmini tashkil qilish, vakolatli davlat organlarining bu
boradagi mas‘uliyatini oshirish hozirigi kundagi muhim bo‗lgan
masalalardan biridir.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi
―Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan
takomillashtirish
va
prokuratura
organlari
faoliyatini
optimallashtirish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖ PF-5690-sonli
Farmoniga muvofiq tadbirkorlik subyektlari huquqlari va
manfaatlarini
himoya
qilishning
huquqiy
mexanizmlarini
mustahkamlash, ularning faoliyatida qonuniylikni ta‘minlash,
respublikada investitsiya iqlimini va ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash, shuningdek prokuratura organlariga xos bo‗lmagan
vazifa va funksiyalarni chiqarib tashlash yo‗li bilan ularning
faoliyatini optimallashtirish maqsadida:
1.
2019-yil 1-apreldan:
tadbirkorlik
subyektlari
faoliyatida
o‗tkaziladigan
tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar
tomonidan o‗tkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan
nazorat qilish O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya
qilish
bo‗yicha
vakil
(keyingi
o‗rinlarda
—
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‗yicha vakil)
tomonidan amalga oshiriladi;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‗yicha
vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‗tkaziladigan
tekshiruvlarga oid qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan
bajarilishi majburiy hisoblanadi;
O‗zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi nazorat
qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida
o‗tkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish orqali Tadbirkorlarning huquqlarini
himoya qilish bo‗yicha vakilning tadbirkorlik subyektlari
242
faoliyatida
o‗tkaziladigan
tekshiruvlarni
muvofiqlashtirish
sohasidagi faoliyatini ta‘minlashda ishtirok etadi.
2. Tekshiruvlarni elektron ro‗yxatga olish yagona tizimi
O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tasarrufidan
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‗yicha vakil
tasarrufiga o‗tkazilishi belgilandi.
O‗zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda
bir oy muddatda Tekshiruvlarni elektron ro‗yxatga olish yagona
tizimining ishlash imkoniyatini ta‘minlovchi axborot tizimlari va
dasturiy mahsulotlarning beg‗araz o‗tkazilishini;
Tekshiruvlarni elektron ro‗yxatga olish yagona tizimining
uzluksiz ishlashini ta‘minlanishi belgilandi.
3. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‗yicha vakil
o‗z vakolatlarini amalga oshirish doirasida:
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari
faoliyatida tekshiruvlar o‗tkazish sohasidagi qonunchilik talablariga
rioya etilishini nazorat qiladi;
nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari
faoliyatida tekshiruvlar o‗tkazish to‗g‗risidagi buyurtmalarini ko‗rib
chiqadi va ularning asosliligini o‗rganadi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‗tkazishga
rozilik berish yoki rad etish, shuningdek, ularning muddatlarini
uzaytirish yoki ko‗chirish to‗g‗risida qarorlar qabul qiladi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‗tkazish
sohasidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun nazorat qiluvchi
organlarning aybdor mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish
bo‗yicha choralar ko‗radi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini
amalga oshirish sohasida yagona hisob va hisobot yuritilishini,
shuningdek ushbu sohada nazorat qiluvchi organlarning yagona
huquqni qo‗llash amaliyoti yuritilishini ta‘minlaydi;
nazorat qiluvchi organlar va tadbirkorlik subyektlariga
tadbirkorlik
subyektlari
faoliyatini
tekshirish
sohasidagi
qonunchilik normalari qo‗llanilishi yuzasidan maslahat yordamini
243
ko‗rsatadi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‗tkazish
sohasidagi normativ bazani ishlab chiqish va takomillashtirishda
ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |