Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
―Kasbiy faoliyat asoslari‖ fanining maqsadi va vazifasi
nimalardan iborat?
2.
―Kasbiy faoliyat asoslari‖ fanining predmeti va o‗rganish
usullarini tushuntirib bering ?
3.
―Kasbiy faoliyat asoslari‖ fanining boshqa fanlar bilan
qanday bog‗liqligi mavjud ?
4.
Kasb, hunar deganda nimani tushunasiz?
5.
Kasblarning turkumlanishi va tiplari qanday?
21
Toshkent
Moliya
instituti tarixidan
2.
“Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta‟lim
yo‟nalishiga umumiy tavsif
Biz «Kasbiy faoliyat asoslari»
fanini o‘rganishni dastlab, Toshkent
moliya
instituti
haqidagi
ma‘lumotlardan boshlash maqsadga
muvofiqdir.
Toshkent moliya instituti 1991 yil 13 mayda Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
PF-207-sonli
farmoniga koʻra
Toshkent xalq xoʻjaligi institutining Moliya-kredit va Hisob-iqtisod
fakultetlari negizida tashkil etildi. Institut rektori lavozimiga iqtisod
fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining
haqiqiy aʼzosi Murod Sharifxoʻjayev tayinlandi.
2005 yilda Murod Sharifxoʻjayevning Oliy Majlis Senatida oʻz
vakolatlarini boshlashi munosabati bilan oʻquv ishlari boʻyicha
prorektor lavozimida ishlab kelgan iqtisod fanlari doktori, professor
Alisher Vosiqovich Vahobovga rektorlik vazifasi yuklatildi.
2012 yilda professor Alisher Vasikovich Vahobov Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlandi.
2013 yilning yanvar oyidan boshlab institutga iqtidorli olim-
amaliyotchi iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Azizov Ulugʻbek
Oʻktamovich rektor etib tayinlandi.
Ulugbek Azizovning 2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi masʼul lavozimiga oʻtishi munosabati bilan
institutga ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika
qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan iqtisod
fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich rektor
etib tayinlandi.
2017 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qaroriga binoan institut rektori vazifasida faoliyat yuritgan Begalov
Bahodir Abdusalomovich Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
Statistika Qoʻmitasi raisi lavozimiga ishga oʻtishi munosabati bilan
Toshkent moliya institutiga oliy oʻquv yurti boshqaruv tizimining
barcha bosqichlarida muvaffaqiyatli ishlagan olim, iqtisod fanlari
22
doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Hamrayevich rektor etib
tayinlandi.
Toshkent moliya institutida 1991 yil sentyabr oyidan boshlab 3
ta kunduzgi - Moliya-iqtisod, Kredit-iqtisod va Hisob-iqtisod, 2 ta
sirtqi - ―Kredit-iqtisod‖ va ―Moliya-hisob iqtisod‖ fakultetlari
tarkibida tegishli yoʻnalishlar hamda 20 ga yaqin kafedralar oʻz ish
faoliyatini boshladi. 1993 yildan boshlab ―Soliqlar va soliqqa
tortish‖, ―Sugʻurta ishi‖, ―Qimmatli qogʻozlar va birja
ishi‖yoʻnalishlari boʻyicha ham kadrlar tayyorlashga kirishildi.
1998-1999
oʻquv
yilidan
boshlab
Toshkent
moliya
institutida ―Loyihalarni
moliyalashtirish‖ yoʻnalishi
boʻyicha ―Invsstitsion
loyihalarni
moliyalashtirish‖ kafedrasi
tashkil etildi.
1999 yildan eʼtiboran Kasb taʼlimi ―Buxgalteriya hisobi va
audit‖ taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kabul qilish yoʻlga
qoʻyildi.2004 yilga kelib, institutning ―Hisob-iqtisod‖ va ―Kredit-
iqtisod‖ fakultetlari negizida ―Boshqaruv‖ fakulteti barpo etildi.
Boshqaruv
fakulteti ―Kasb
taʼlimi‖,
―Statistika‖
va
―Menejment" yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlay boshladi.
Institut rektorining 2005 yil 27 avgustdagi 137-sonli buyrugʻiga
asosan Moliya-iqtisod fakultetida tayyorlanayotgan ―Soliqlar va
soliqqa
tortish‖
va
―Sugʻurta
ishi‖ taʼlim
yoʻnalishlari
negizida Soliq va sugʻurta ishi fakulteti tashkil kilindi. 2011-2012
oʻkuv yilidan eʼtiboran fakultetning nomi Sugʻurta fakulteti, deb
oʻzgartirildi.
2007 yil 19 oktyabrda ―Moliya‖ kafedrasi negizida institut
rektorining 153-sonli buyrugʻi bilan ―Gʻaznachilik ishi‖ kafedrasiga
asos solindi. 2007 yil ―Bank ishi‖ kafedrasi negizida ―Bank hisobi
va audit‖ kafedrasi tashkil topdi va oʻz faoliyatini boshladi.
2005 yilda ―Makro va Mikroiqtisodiyot‖ kafedrasi ―Biznes va
iqtisodiyot‖ kafedrasi, deb nomlandi va mutaxassis tayyorlaydigan
kafedralar safiga kiritildi.
2007 yil 5 noyabrda ―Moliya injiniringi‖ va ―Bozordagi
faoliyat va operatsiyalar‖, Investitsiyalarni moliyalashtirish‖
yoʻnalishlari negizida Loyihalarni moliyalashtirish fakulteti tashkil
topdi.
23
2007 yil 30 noyabrda ikkita yangi taʼlim yoʻnalishi - ―Moliya
injiniringi‖ va ―Bozordagi faoliyat va operatsiyalar‖ ochilganligi
munosabati bilan ―Moliya injiniringi va bozorlar‖ kafedrasi ochildi
va 2010 yildan ―Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar‖, deb
nomlandi.
2009 yil 30 mayda ―Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy
pedagogika‖ kafedrasi ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ va ―Pedagogika va
psixologiya‖ kafedralariga ajratildi. Institut rektorining 2010 yil 10
fevraldagi 44-sonli buyrugʻiga asosan institutning ―Buxgalteriya
hisobi‖ kafedrasi negizida ―Byudjet hisobi‖ kafedrasi tashkil etildi.
2009 yilda Umumiqtisod fakultetining nomi davr talabiga mos
ravishda Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti, deb oʻzgartirildi.
2009 yil sentyabr oyidan fakultet nomi Byudjet hisobi va davlat
jamgʻarmalari fakulteti, deb nomlandi. 2017 yil iyun oyida ―Falsafa
va Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va
amaliyoti‖ va ―Oʻzbekiston
tarixi‖ kafedralari
birlashtirilib,
kafedraning rasmiy nomi ―Ijtimoiy fanlar‖, deb nomlandi.
1999 oʻquv yilidan boshlab esa institutda jahonning yetakchi
universitetlari tajribalari asosida magistratura tashkil etildi.
Institutda hozirgi paytda respublikada xizmat koʻrsatgan koʻplab
olimlar mehnat qilib kelmoqda. Ular jumlasiga 3 nafar Oʻzbekiston
Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, 2 nafar Oʻzbekiston
Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq maorifi xodimi, 2 nafar
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi, 1 nafar
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va
ratsionalizator kiradi.
1999
yilga
kelib
institutda ―Axborot
va
texnika
taʼminoti‖ boʻlimi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi mavjud
texnika vositalariga texnik xizmat qilish, uni yagona koorporativ
tarmoqqa jamlash va institut kompyuter tarmogʻini rivojlantirishga
qaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20
iyundagi ―Respublika aholisining axborot-kutubxona taʼminotini
tashkil etish toʻgʻrisida‖gi PQ-381 sonli qaroriga binoan Toshkent
moliya instituti axborot-resurs markazida zamonaviy axborot
texnologiyalari joriy etildi. Bugungi kunda ARM fondida jami 650
24
mingdan ortiq ilmiy adabiyot va boshqa turdagi yordamchi
adabiyotlar mavjud.
Mutaxassis kadrlar tayyorlash modelini hayotga tatbiq qilish,
ularni zamon talablari va jahon andozalariga mos boʻlishi uchun
institutning 6 ta fakulteti tasarrufidagi 24 ta kafedrada 453 nafar
professor-oʻkituvchilar faoliyat koʻrsatmoqda. Ulardan 40 nafari
fan doktori va professorlar, 132 nafari fan nomzodi va dotsent.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirligining 1995 yil 18 dekabrdagi 277-sonli buyrugʻiga binoan
Toshkent moliya institutiga tayanch oliy oʻquv yurti vakolati berildi
va unga 6 ta oliy oʻquv yurtlari (AndMII, QQDU, QarDU,
NamMII, TermDU, FarPI) biriktirilgan.
Xalqaro hamkorlik borasida institut Abersvift universiteti
(Angliya), Vusong Xalqaro Solbrij universiteti (Janubiy Koreya),
Hindiston moliya instituti (Hindiston), Hankuk Xorijiy Tillar
universiteti (Janubiy Koreya), Yodju texnologiya instituti (Janubiy
Koreya), Sinszyan universiteti (Xitoy), Kembridj mintaqaviy
maktabi (Buyuk Britaniya), Sanderland universiteti (Buyuk
Britaniya), Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya
universiteti (Rossiya Fe- deratsiyasi), Bayneri univsrsiteti
(Malayziya), Latviya universiteti (Latviya), Mikolas Romeris
universitetlari (Litva) bilan aloqalar oʻrnatgan. 2008 yilda Toshkent
moliya instituti Yevropa milliy qoʻmitasi tomonidan ―Yeurorean
quality‖ (Yevropa sifat belgisi) belgisi bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16
martdagi AI № 058 litsenziyasiga muvofiq ―IQTISOD-MOLIYA‖
nashriyoti oʻz faoliyatini boshladi. 2008 yildan boshlab, ―Moliya‖
ilmiy-iqtisodiy jurnali taʼsis etildi va hozirgi kunda Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) Prezidiumining
qaroriga koʻra u doktorlik ilmiy ishlanmalarini chop etish
belgilangan ilmiy jurnallar roʻyxatiga kiritildi. ‖Moliyaʻ jurnali
dastlab, bir yilda toʻrt marotaba. 2011 yildan boshlab esa yilda olti
marotaba nashr etilmoqda.
2018-yilning 3-sentyabridan Toshkent
moliya
instituti
rektori
lavozimida
Do'stlaringiz bilan baham: |