Sana
Amaliyotdagi ish
joyi
Bajarilgan
ishlar
Rahbarning
imzosi
Talaba soliq inspektsiyasida amalga oshirgan kunlik amaliyot
ishlarini umumlashtirib, amaliyot muddati tugagach qo‘lda hisobot
yozishi kerak. Hisobotning hajmi kamida 25 betni tashkil etishi
lozim. Tayyor bo‘lgan hisobot kafedra tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat:
-
kirish;
-
har bir bo‘limda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan savollar to‘liq
ochib berilgan amaliyot natijalari;
-
amaliy ma‘lumotlar;
-
soliq inspektsiyasida ishlatiladigan hujjatlardan namunalar;
-
ilovalar.
Talaba amaliyot joyidan quyidagilarni olishi va tasdiqlatishi
kerak:
-
kundalik (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo‘yicha
yakuniy xulosani mas‘ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlatishi):
-
tavsifnoma;
-
amaliyot o‘tash bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma yoki
farmoyish.
293
V. AMALIYOT BO„YICHA SOLIQ INSPEKTSIYASIDAN
VA INSTITUT TOMONIDAN TAYINLANGAN
RAHBARNING MAJBURIYATLARI
Talabalar amaliyot o‗tishi uchun soliq inspektsiyasi buyrug‗i
bilan tegishli soliq inspektsiyasi bo‘limiga qabul qilinadilar va
ularga amaliyot rahbari tayinlanadi.
Amaliyot o‘tash jarayonida har bir amaliyotchi uchun alohida
rahbar tayinlanadi. Amaliyot bo‗yicha rahbar amaliyot boshlanishi
bilan uch kun ichida amaliyot grafigini tuzishi va shu grafik asosida
talabaning amaliyot o‗tishini nazorat qilib borishi talab qilinadi.
Soliq inspektsiyasi rahbariyati tomonidan talabaning amaliyoti
uchun ma‘sul javobgar rahbar biriktirilishi to‗g‗risida buyruq
chiqariladi. Tanishuv amaliyoti bo‗yicha rahbar amaliyot
boshlanishi bilan amaliyotchini nazorat qilib borishi talab qilinadi.
Malakaviy amaliyotga soliq inspektsiyasidan tayinlangan
rahbarning majburiyati:
-
amaliyotni o‗tash uchun tegishli shart-sharoit, talabaning ish
joyini tayinlash, tegishli hujjatlar bilan ta‘minlash;
-
talabaning ishga kelishi va ish vaqtidan foydalanishi ustidan
kunlik nazorat qilib borish;
-
har bir bo‗limda amaliyot o‗tashdan oldin talabaga uni
bajarish lozim bo‗lgan ish tartibi va usullar xususida tushuntirish
ishlarini olib borish, amaliyotni o‗tash davomida maslahatlar berib
borish;
294
-
talabaning inspektsiya bo‗limlarida amaliyot o‗tashini tashkil
etish va unga malakali rahbarni biriktirib qo‗yish;
-
talabadan dasturda belgilangan ishlarni o‗z muddatida
bajarilishini talab etish;
-
bajarilgan ishlar yuzasidan kundalikda aks ettirilgan
yozuvlarning to‗g‗riligini tekshirish va soliq inspektsiyasining
muhri bilan tasdiqlash.
Institutdan tayinlangan rahbarning majburiyatlariga quyidagilar
kiradi:
-
talabaning amaliyotga chiqishidan avval suhbat o‗tkazish va
amaliyot o‗tish tartibini tushuntirish;
-
amaliyotni o‗tash holati, talabaning bajarayotgan ishi,
amaliyotga qatnashish davomatini nazorat qilib borish;
-
dasturni to‗liq hajmda bajarilishi, amaliyotni o‗z
muddatlarida o‗tishini nazorat qilish, kamchiliklarini bartaraf etish
bo‗yicha chora-tadbirlar ko‗rish;
-
kundalikning to‗liq va to‗g‗ri to‗ldirayotganligini nazorat
qilib borish;
-
kundalikning alohida ajratilgan joyida talabaning amaliyotni
o‗tashi va olgan ko‗nikmalari haqida raxbar o‗z yozma xulosasini
beradi;
-
amaliyot so‗nggida hisobotni tekshirib, unga taqriz hamda
xulosa berish.
295
Do'stlaringiz bilan baham: |