5
“Fuqarolarimiz soliqdan qochish
emas,
uni
vaqtida
to„lashdan
manfaatdor bo„lishi kerak”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
KIRISH
Mamlakatimiz
soliq
tizimini
takomillashtirish
va
iqtisodiyotni
barqarorlashtirishga
va
moliyaviy
ahvolni
mustahkamlashga dahldor qator muammolarni hal qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirish
bo‗yicha Harakatlar strategiyasida ―…soliq yukini kamaytirish
va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish,
soliq
ma‘muriyatchiligini
takomillashtirish
va
tegishli
rag‗batlantiruvchi choralarni kengaytirish‖
1
muhim yo‗nalish
sifatida belgilab berilgan.
Soliq yukini
izchillik bilan kamaytirish, soliq solish
tizimini
soddalshtirish va soliq ma‘muriyatchiligini
takomillashtirish iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda
mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning
muhim shartlari hisoblanadi.
Hozirgi zamon sharotida O‗zbekiston Respublikasi soliq
siyosatining muhim ustuvor vazifalaridan biri-ma‘muriy
to‗siqlarni bartaraf etish va soliq to‗lovchilar biri-ma‘muriy
to‗siqlarni bartaraf etish va soliq to‗lovchilar
iqtisodiy faoliyatini
amalga oshirish uchun imkon qadar ko‗proq qulay sharoitlarni
yaratish hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev
ta‘kidlaganlaridek: «2019 yildan boshlab joriy etilayotgan yangi
soliq konsepsiyasining eng asosiy g‗oyasi soliq yukini kamaytirish,
sodda va barqaror soliq tizimini qo‗llashni ko‗zda tutadi. Shu orqali
iqtisodiyotimiz
raqobatbardoshligini
oshirish,
tadbirkor
va
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi ―O‗zbekiston Respublikasining soliq siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasi to‗g‗risi‖dagi PF-5468-son Farmoni.
6
investorlar uchun har tomonlama qulay
muhit yaratishga erishish
mumkin.
Soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish uchun yanada qulay
sharoitlar yaratish ―yashirin‖ iqtisodiyotga barham berishning
yagona yo‗lidir. Shuning uchun bu borada ta‘sirchan choralarni
nazarda tutadigan alohida dastur ishlab chiqishimiz zarur.
Ma‘lumki, soliq stavkalari pasaytirilishi
yoki ayrim soliqlar
bekor qilinishi bilan byudjetga tushadigan mablag‗, albatta,
kamayadi.
Buni samarali soliq ma‘muriyatchiligi orqali bartaraf etish va
byudjet barqarorligini ta‘minlash mumkin. Aynan shunga erishish
birinchi galdagi vazifamizdir»
1
.
O‗zbekiston Respublikasi 2018 yil 24 dekabrdagi ―Soliq va
byudjet siyosatining 2019 yilga mo‗ljallangan asosiy yo‗nalishlari
qabul qilinganligi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish
to‗g‗risida‖gi O‗RQ-508-sonli Qonuni hamda O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi ―O‗zbekiston
Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari
prognoziva Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga
byudjet mo‗ljallari to‗g‗risida‖gi PQ-4086-sonli Qarorilari aynan
davlatimiz rahbari ta‘kidlab o‗tgan
sodda hamda barqaror soliq
tizimini qo‗llashni amalda nazarda tutishini kafolatlaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
va
raqobatbardoshliligini
oshirishga qaratilgan keng ko‗lamli chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Mazkur jarayonlar ishtirokchisi sifatida asosan
yuridik shaxslar maqomiga ega bo‗lgan sub‘ektlar faol ishtirok
etadi. Tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma
orqali iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida soliqlar va soliqqa tortish tizimini
o‘rganish masalasini samarali tashkil etish vazifalari va
funktsiyalari, soliq ma‘muriyatchiligining nazariy, huquqiy va
tashkiliy asoslari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim va
ko‘nikma hamda malakani talabalarda
shakllantirishdan iborat
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019 yil uchun mo‗ljallangan eng muhim
ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi
7
bo‗lib, u 5230800-Soliqlar va soliqqa tortish bakalavriat ta‘lim
yo‗nalishida o‗qiyotgan oliy ta‘lim muassasalari talabalariga
mo‗ljallangan.
O‘quv qo‘llanma O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi,
―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi qonuni, O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Farmon
va
Qarorlari,
Vazirlar
Mahkamasining Qarorlari, soliq qonunchiligiga oid me‘yoriy
hujjatlar hamda internet tarmog‗i ma‘lumotlari asosida tayyorlandi.
“
Kasbiy faoliyat asoslari‖ o'quv qo‘llanmada fanning
predmeti, vazifalari va maqsadi, ―Soliqlar va soliqqa tortish‖
bakalavriat ta‘lim yo‘nalishiga
umumiy tavsif, soliq tizimining
tashkil etilishi, hududiy davlat soliq xizmati organlari va uning
vazifalari,
soliq
tizimida
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarning o‘rni, davlat soliq xizmati organlarining boshqa
organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi hamda soliq
tizimida
olib borilayotgan islohotlar, soliq kontseptsiyasi bo'yicha
chuqur nazariy va amaliy bilim berish kabi masalalarni qamrab
olingan.