Amallar va sodda ifodalarni hisoblash. Katakka murojaat: nisbiy, absolyut va aralash murojaat



Download 7,17 Mb.
bet39/78
Sana30.01.2022
Hajmi7,17 Mb.
#419308
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78
Bog'liq
Informatika-to plam-1 1

(2.8-ilova)


Guruhlarga topshiriq:
Topshiriq:B/BX/B usulidan foydalanib mavzuni yoriting.

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim




(Izoh: O’quvchilar berilgan topshriqlarni doskaga chiqib tushuntirib va taqdimot qilib berishadi. )
(2.9-ilova)
Baholash mezoni
Guruhda ishlashni baholash jadvali

Guruh

Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)

Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2-5 ball)

Guruhning
har bir a’zosi faolligi (2-5 ball)

Umumiy ball miqdori (2+3+4)

Baho
(5/4)

1

2

3

4

5

6

1






2






Har bir guruh mezonlar bo’yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball – «qoniqarsiz».
Dars yakuni O’qituvchi o’tgan yangi mavzu bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.

  1. 1-ilova )

Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilarni o’qituvchi baholaydi

O`quvchilar faoliyatini baholash mezonlari

86-100 % 5 baho “a`lo”

71 - 85% 4 baho “yaxshi”

55 – 70% 3 baho «qoniqarli»

(3.2-ilova)
Uyga vazifa:

  1. “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga oid adabiyotlar, ularning mualliflari, yatilgan yillari haqida MO ni yarating va so‘rov orqali MO dan tegishli ma’lumotlarni qidiring.

  2. Jadvaldagi ma’lumotlarni forma orqali qog‘ozga chop etuvchi tugma yarating.

3.3-ilova)

T/r

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

N. Tayloqov. “Informatika va axborot texnologiyalari”. O’rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va




o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari uchun darslik, T.:, “EXTREMUM-PRESS”,2017.




13-Mavzu

Ma’lumotlar bazalari. SQLga kirish. So‘rov turlari. Namunani cheklash. Saralash




O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli

Mashg’ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni: 26 –30 gacha

Mashg’ulot shakli va turi

Nazariy-yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’uloti

O’quv mashg’ulot rejasi


  1. Ma’lumotlar bazalari.

  2. SQLga kirish. So‘rov turlari.

  3. Namunani cheklash. Saralash




O’quv mashg’ulotining maqsadi: O‘quvchilarga yangi mavzu bo’yicha nazariy tushunchalar berish, mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirish

Pedagogik vazifalar:

  • Yangi mavzu bilan tanishtiradi; - Yangi mavzu bo’yicha rejalarni

tasniflaydi;

  • Reja asosida bo’limlarni tushuntiradi;

  • Reja bo’yicha yangi bilimlarni yoritib beradi.

O’quv faoliyati natijalari:

  • Tinglaydilar va zarur bo’lsa yozib

boradilar;

  • Dars bo’yicha olgan bilimlarini

tasniflaydilar;

  • O’rganganlarini aytib beradilar;

  • Tartibli ravishda aytib beradilar.

O’qitish metodlari

Axborotli kichik ma’ruza, tushuntirish, namoyish etish, aqliy hujum

O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O’qitish vositalari

O’quv qo’llanma, proektor, slayd kompyuter

O’qitish sharoiti

Maxsus jixozlangan o’quv xona

Qaytar aloqaning yo’l va vositalarining yo’l va vositalari

Og’zaki nazorat: savol-javob

O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqich lari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

1-bosqich.
Mavzuga kirish
(5 daq.)

Tashkiliy qism
1. O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligi va davomati tekshiriladi

Mashg’ulotga tayyorlanadilar

2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)

Tayanch bilimlarini faollashtirish

  1. Uyga berilgan vazifalar nazorat qilinadi hamda o’tilgan dars bo’yicha o’quvchilarga savollar berilib baxolanadi. Maqsad va vazifani belgilanishi:

  2. Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalar bilan tushuntiriladi.

  3. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi,

  4. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baxolash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi. Ta’lim oluvchining bilimini faollashtirish

  5. Tezkor savol-javob, aqliy hujum Yangi o’quv material bayoni

  6. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzulishiga muofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi, Asosiy holatlarni yozdiradi.

  7. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Yangi o’quv materiallarini mustahkamlash

  8. Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi.

  9. Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi, har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi.

  10. Guruhlarda ishlashni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o’tkazadi.

  11. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil qiladi,

Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o’zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha hulosa beradi.

  1. Guruhlar ishini o’zaro baxolashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlardagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifalarini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar
Savollarga javob beradilar
Topshiriqni bajaradilar
Kichik guruhlarga
bo’linadilar
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishadilar
Xar bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha
faoliyatini boshlaydi Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo’shimcha
savollarga javob beradilar, Guruh ish natijalarini o’zaro baxolaydilar, Ma’lumotni daftarga qayd etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy bosqich
(10 daq.)

Mashg‘ulot yakuni

  1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi

Uyga vazifa berilishi:

  1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi

Baholari bilan tanishadilar
Topshiriqni yozib oladilar


Tashkiliy qism (1.1-ilova)



Assalomu alaykum








Meni ismi sharifim Mamatqulov Nodirbek
Informatika va axborot texnologiyalari fani
o’qituvchisiman .
Sizlarga Informatika va axborot texnologiyalari fanini olib boraman .






O’quv xonasini darsga tayyorligi to’g’risida o’zini fikrini bildiradi.






Davomatni aniqlab oladi.






Kurs bo’yicha dastlabki tasavvurni beradi.



Tayanch bilimlarini faollashtirish:
O`tilgan mavzuni takrorlash uchun aqliy xujum savollari
(2.1-ilova)

Аqliy hujum qoidasi:
Hech qanday birga baholash va tanqidga yo’l qo’yilmaydi!
Таklif etilayotgan g’oyani baholashga shoshma, аgarda u hattoki ajoyib va g’aroyib bo’lsa ham hamma narsa mumkin. Таnqid qilma, hamma aytilgan g’oyalar qimmatli teng kuchlidir.
O’rtaga chiquvchini bo’lma!
Тurtki berishdan o’zingni ushla!
Маqsad miqdor hisoblanadi!
Qancha ko’p g’oyalar aytilsa, undan ham yaxshi: yangi va qimmatli g’oyalarning paydo bo’lishi uchun ko’p imkoniyatdir.
Agarda g`oyalar qaytarilsa,xafa bo`lma va xijolat chekma. Tassavurni “Jo`sh urishiga” ruzsat ber!

O’quvchilarning o’tgan dars yuzasidan olgan bilimlarini aniqlash maqsadida Aqliy hujum usulidan foydalanaman.
Aqliy hujum” savollari:

  1. MS Access 2010 da forma yaratish ketma-ketligini tushuntirib bering?

  2. MS Access 2010 da MO yangi ma’lumotlarni kiritishning necha xil usuli mavjud?

  3. Forma oynasiga tugmalar qanday joylashtirish mumkin?

  4. Мастер формdan foydalanib forma yarating.

  5. Yaratilgan forma oynasi orqali jadvalga ma’lumotlarni kiriting.


Maqsad va vazifaning belgilanishi:
(2.2-ilova)
Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.

O’quvchilar faoliyatini faollashtirish:
(2.3-ilova) Tezkor so’rov usuli orqali bilimlarni faollashtiradi.
Tezkor so’rov uchun savollar

    1. MS Access 2010 da forma yaratish k etma-ketligini tushuntirib bering?

    2. MS Access 2010 da MO yangi ma’lumotlarni kiritishning necha xil usuli mavjud?

    3. Forma oynasiga tugmalar qanday joylashtirish mumkin?

    4. Мастер формdan foydalanib forma yarating.

    5. Yaratilgan forma oynasi orqali jadvalga ma’lumotlarni kiriting.

SQL (Structured Query Language, оdаtdа "sikvel" deb o’qiladi) va mа’nоsi “Tаrkiblаngаn so‘rоvlаr tili”. Bu til relyatsiоn mа’lumоtlаr bаzаlаri bilan ishlаshgа imkоn berаdigаn tildir. SQL tilining хususiyati shundаn ibоrаtki u mа’lumоtlаrni qаytа ishlаsh prоtsedurаlаrigа emаs nаtijаlаrigа yo‘nаltirilgаn tildir. SQL tilinig o‘zi mа’lumоtlаr qаyerdа jоylаshgаni, qаndаy indekslаrni qo‘llаsh kerаkligini аniqlаydi, ya’ni bu komponentalarni mа’lumоtlаr bаzаsi so‘rоvlаridа ko‘rsаtish shart emаs.


SQL tilining o‘zi dastlab IBM kоmpаniyasining DB2 MBBTni yarаtish jаrаyonidа ishlаb chiqilgаn vа keng ko‘lаmdа RISC prоtsessоrli kompyuterlarda UNIX operatsion tizimi muhitida qo‘llаngаn. Shu bilаn birgа mustаqil bo‘lmаsdаn PL/SQL vа TransactSQL kаbi ichki dаsturlаsh tillаri bilan birgalikda ishlatilgan. 1986 yildа ANSI (American National Standart Institute) SQL tilining mustaqil rаsmiy stаndаrtini ishlаb chiqdi va 1992 yil bu stаndаrt kengаytirildi. SQL tili 30 gа yaqin оperаtоrlаrgа egа bo‘lib, rusumlariga qarab bа’zi hollarda ko‘prоq, bа’zilаridа esa kаmrоq bo’lishi mumkin.
SQL tili "Mijoz-Server" teхnоlоgiyasigа asosida ishlab, fоydаlаnuvchining
(Mijozning) so‘rоvlаri mахsus mа’lumоtlаr serverlаridа (Server) qаytа ishlаnаdi va fоydаlаnuvchi komputerlariga fаqаt so‘rоv nаtijаlаri qаytаrilаdi.
Relyatsion modellarda Server bilаn mulоqоt qilish uchun standart sifatida SQL tili tаnlаngan. Shuning uchun hamma zаmоnаviy relyatsiоn MBBTda (DB2, Oracle, Ingres, Informix, Sybase, Progress, DB2) vа hattoki nоrelyatsiоn MBBT (mаsаlаn, Adabas)da "Klient_Server" teхnоlоgiyasi vа SQL tilidаn fоydаlаnаdilаr. Hozirgi vaqtda ikki turdagi SQL mаvjud: Interаktiv vа Jоylаshtirilgаn. Ko‘p hоllаrdа ikkаlа tur bir хil ishlаydi, lekin ikki хil fоydаlаnilаdi.
Interаktiv SQL mа’lumоtlаr bаzаsining o‘zidа fаоliyat ko‘rsаtаdi vа fоydаlаnuvchi ilovalarini bajarish uchun ishlаtilаdi. SQLning bu turida buyruqni kiritish zahotiyoq buyruq bajariladi va natija ekranda paydo bo’ladi.
Jоylаshtirilgаn SQL esa bоshqа tildа yarаtilgаn dаstur ichiga jоylаshtirilgаn SQL buyruqlаridаn ibоrаt. SQL tili quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
DDL ( Mа’lumоtlаrni Tа’riflаsh Tili ) - ANSI dа ma’lumotlar sxemаsini tа’riflаsh tili, оb’ektlаrni (jаdvаllаr, indekslаr, tаsаvirlаr vа hоkаzо) yarаtuvchi buyruqlar to’plamidan ibоrаt.
DML (Mа’lumоtlаrni O‘zgаrtirish Tili) - bu iхtiyoriy dаqiqаdа jаdvаllаrdа qаndаy qiymаtlаr sаqlаnishini аniqlоvchi buyruqlar mаjmuаsidir.
DCL (Mа’lumоtlаrni Bоshqаrish Tili) fоydаlаnuvchigа aniq оb’ektlаrga tа’sir o‘tkаzishgа ruхsаt berish yoki bermаslikni аniqlоvchi buyruqlardаn ibоrаt.
SQL tilini dasturlash uchun yaratilgan algoritmik til deb hisoblab bo’lmaydi. U eng avvalo, mantiqiy-axborotlar tilidir. Uning yordamida relyatsion MBda saqlanadigan ma’lumotlarni tavsiflash, izlash, o’zgartirish va olish mumkin.
SQL tilida relyatsion modelini yaratish.
Relatsion (jadval) ko’rinishidagi ma’lumotlar bazasi: Relatsion yoki jadval ko’rinishidagi ma’lumotlar bazasi hayotda keng qo’llaniladigan ma’lumotlar bazasi bo’lib, Access ham relatsion ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydi. Relatsion ma’lumotlar bazasi- bu shunday ma’lumotlar bazasiki, unda ma’lumotlar ikki o’lchovli jadvallarda saqlanadi va ular o’rtasida o’rnatilgan bog’lanish qayta ishlash samaradorligini oshiradi hamda bir xil ma’lumotlarning takrorlanishini kamaytiradi.

Maydon- ma’lumotlar bazasida saqlanadigan obyektning bitta parametric (xarakteriskasini) kiritish uchun mo’ljallangan jadvalning elementi (ustuni).MB ni yaratish jarayonida ma’lumotlarni bevosita kompyuterning tashqi qurilmalarida tashkil etish lozim boladi. Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o’zaro bog’langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan amallar to’plamidir.
Ma’lumotlar modeli quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

  1. Foydalanuvchining MBga munosabatini ifoda etishga mo’ljallangan ma’lumotlar tuzilmasi.

  2. Ma’lumotlar tuzilishida bajarilishi mumkin bo’lgan amallar. Ma’lumotlar modeli ma’lumotlarni aniqlash tili (ЯОД) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish tili (ЯМД) bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.

  3. Ma’lumotlar modeli MBning yaxlitligini saqlash va himoya qilish vositalari bilan ta’milangan bo’lishi kerak.

Ierarxik modelda kalit bo’yicha kirish odatda, faqat boshqa ob’yektlarga tobe bo’lmagan eng yuqori pog’onadagi ob’yektgagaina taalluqli bo’lishi mumkin. Boshqa ob’yektlarga kirish modelning eng yuqori pog’onasidagi ob’yektdan aloqalar bo’yicha amalga oshiriladi. Uning ko’rinishi quyidagicha:

Tarmoqli modellarda esa kalit bo’uyicha bevosita ixtiyoriy ob’yektga kirish (uning modelda qaysi pog’onada joylashishidan qat’iy nazar) ta’minlanishi mumkin.
Tarmoqli modellarda ob’yektlar tuzilmasi ko’pincha chiziqli va kamroq hollarda ierarxik bo’ladi. Chiziqli tuzilmaga ega bo’lgan ob’yekt faqat oddiy va kalit atributlardan iboratdir. Tarmoqli model ko’rinishi quyidagicha. Ma’lumotlarning relyatsion modeli asosida “munosabat” tushunchasi yotib, u inglizcha “relatsion” so’zidan olingan.
Quyidagi qoidalarga amal qilgan holda, munosabatlarni ikki o’lchovli jadval ko’rinishda tasvirlash mumkin:

  1. ma’lumotlar jadval yacheykalrida tuzilishi jihatidan bo’linmas bo’lishi kerak;

  2. bitta ustundagi ma’lumotlar bir xil turga ega bo’lishi lozim;

  3. har bir ustun ynikal nomga ega bo’lishi kerak (ustunlarning takrorlanishiga yo’l qo’yilmaydi);

  4. ustunlar jadvalda ma’lum tartibda joylashishi lozim;

  5. jadval qatorlari ixtiyoriy tartibda joylashishi mumkin;

So’rovlar to’g’risida umumiy tushunchalar.
SQL tilida jadvallar bilan ishlashda eng ko’p ishlatiladigan buyruq SELECT (tanlash) operatoridir. Biz SELECT оperаtоri yordаmidа so‘rоv berаmiz, u esa bizga kerakli mа’lumоtlаrni jadvallardan izlab topadi va jadval sifatida taqdim etadi. Bu natijaviy jаdvаl esa boshqa SELECT оperаtоri tоmоnidаn qаytа ishlаnishi mumkin.
Bu operator sintaksisi qyuyidagicha:
SELECT ALL DISTINCT < * >
FROM
WHERE < izlаsh shаrti>
GROUP BY
HAVING
ORDER BY ;
SELECT operatorini yaratishdagi birinchi qоidа, SELECT ifоdаsi o‘z ichigа аlbаttа, hech bo’lmaganda bitta, FROM ifоdаsini оlishi kerаk. Qоlgаn ifоdаlаr kerаk hollarda ishlаtilаdi. Ikkinchi qoida, SELECT kalit so’zidan so‘ng chiqarilishi lozim bo’lgan ustunlаr ro‘yхаti ko’rsatilishi lozim.
Uchinchi qoida, FROM kalit so’zidan so‘ng so‘rоvni bаjаrish uchun kerakli jаdvаllаr nоmi yozilаdi. Misol uchun sotuvchlar jadvalidagi hamma yozuvlarni ekranga chiqarish lozim bo’lsin. Unda SELECT operatorini quyidagicha yozishimiz mumkin: SELECT Snum, Sname, City, Comm FROM Salespeople; yoki SELECT * FROM Salespeople;

SQL tilinig komandalari

Download 7,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish