GERBARIYLARNISAQLASH VA SISTEMAGA SOLISH.
Gerbariylar quruq joyda, kartondan yasalgan uzunligi 4 5 - 5 0
sm li, eni 30-35 sm li va balandligi 25-30
sm li maxsus qutilarda
saqlanadi.
Shkaflarda joylashtirilgan gerbariylar doimo nazorat ostida
bo‘ladi. Shkaflar yog‘ochdan yoki metalldan tayyorlanadi.
Gerbariyni zararli hasharotlardan saqlash uchun nafitalin yoki
oltingugurtning dezinfiksiyalovchi bug‘i ishlatiladi.
Buning uchun
gerbariy 1 sutka davomida (ventilyatsion shkafda) yopiq sharoitda
sianid bug‘ida saqlanib turiladi. Gerbariyni mayda kemiruvchi
hayvonlardan (sichqon, kalamush) saqlash uchun xonalar
margimush bilan dorilanadi. Gerbariylar
sistematik guruhlarga
mos ravishda sistemaga solinadi. Gerbariy materiallari morfologik
mavzularga mos ravishda gerbariylar alohida papkalarda yoki
nomlari yozilgan qutilarda saqlanadi (5-rasm).
Gerbariylar madaniy va tabiiy floranining xilma-xilligini
o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, barcha o‘quv
muassasalarida(maktab, kollej, akademik-lisey va 0 0 ‘Yu) gerbariy
asosiy o‘quv jihozlari bo‘lib hisoblanadi.
0 ‘simliklami quritish undan gerbariy tayyorlashda talabalardan
diqqat e’tibomi, tabiatga bo‘lgan mehr-muruvat va ma’naviy-
ma’rifiy tarbiyani shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Botanika fanini gerbariylarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biror
o‘simlikning tuzilishini yoritish uchun qayta-qayta gerbariylarga
murojaat qilamiz. Har qanday o‘simlikning tuzilishi, yer yuzasida
tarqalishi, qanday iqlim va tuproq sharoitida o‘sishi, uning foydali
va zararli tomonlari haqida ma’lumotlami faqat sifatli tayyorlangan
gerbariylar orqali olishimiz mumkin.
Shuningdek,
botanika bil
darsliklar va ilmiy asarlar
chop etilgan. 0 ‘zbekistonda
in bogiiq bo*lj
gerbariylar^
o‘sadigan
17
asarlar,
holda
chiga
oladigan 6 tomli «Flora Uzbekistana» nomli monografiya ham
asosan gerbariylarga asoslangan holda yozilgan. Tabiatdagi barcha
o‘simliklami jonli ravishda tabiatning o‘zida o‘rganish juda qiyin.
Gerbariydan tabiatni muhofaza masalalarida
ham foydalanish
mumkin. Jumladan «Qizil kitob» ga kiritilgan o‘simliklami ham
gerbariylar asosida o‘rganish mumkin. Gerbariyda bir vaqtlar
o‘sib, so‘ngra turli sabablarga ko‘ra yo‘qolib ketgan o‘simliklami
ko‘rish mumkin.
Har bir davlat va respublikaning gerbariy kolleksiyasi bor.
Bizda ham eng katta gerbariy kolleksiyasi Toshkent shahridagi
0 ‘zR FA 0 ‘simlik va hayvonot olami genofondi
institutiga qarashli
markaziy gerbariydir. Bu gerbariy kolleksiyasida o‘n ming turga
oid bir milliondan ortiq gerbariy namunalari saqlanadi. Keyingi
o‘rinda SamDU Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasining
gerbariy kolleksiyasi turadi. Xullas,
gerbariy Botanika fanining
«oltin xazina» si bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: