Amaliyotni o‘tash davrida kundalik talabaning asosiy hujjati hisoblanadi;
OO‘Y joylashgan shahardan tashqarida amaliyot o‘tayotgan talaba uchun kundalik safar guvohnomasi hisoblanadi va talabaning qancha muddat amaliyot o‘tganligini tasdiqlaydi;
Amaliyot davrida talaba har kuni taqvimli reja bo‘yicha kun davomida bajargan ishlarini kundalikka qisqacha yozib borishi kerak;
Talaba haftada bir marta kundalikni tekshirish uchun rahbariga taqdim etishi kerak;
Rahbar kundalikni tekshirib (mavjud bo‘lsa) kamchiliklarni ko‘rsatadi va navbatdagi topshiriqni beradi hamda talabaning faoliyatini nazorat qilganligini o‘z imzosi bilan qayd etadi;
Amaliyot yakunlangach talabaning kundaligi hisoboti bilan birgalikda amaliyot rahbari tomonidan tekshiriladi, mavjud kamchiliklar bartaraf etiladi va xulosa yozilib imzo bilan tasdiqlanadi;
Talaba amaliyot tugagach, to‘ldirilgan kundalikni hisobot bilan birgalikda kafedrada muhokamadan o‘tkazishi va topshirishi shart.