Amaliyot xisoboti. Amaliyot muassasasi tarixi hamda ish faoliyati. Xalq banki


Amaliyot o’tash mobaynida bajarilgan ishlar



Download 341,03 Kb.
bet7/7
Sana31.12.2021
Hajmi341,03 Kb.
#198528
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliyot xisobot Sahobiddin

Amaliyot o’tash mobaynida bajarilgan ishlar.

Men Turg’unaliyev Shohruz 2019-yilining 24-iyun kuni biriktirilgan amaliyot muassasasiga ya’ni Farg’ona viloyati AT Xaql banki O’zbekiston tuman filialiga yetib keldim. Menga muassa tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan uchrashib amaliyot davrida o’rganishim hamda qilinishi kerak bo’lgan ishlar haqida batafsil kelishib oldim.

Amaliy davrida bajarilgan ishlar ro’yxati quyidagicha:


  • Bank joylashgan bino hamda bank tomonidan mijozlarga ko’rsatiluvchi xizmat turlari bilan tanishdim. (24.06.2019-26.06.2019)

  • Bankda tashkil etilgan bo’limlar unda ish faoliyatini olib boruvchi xodimlar bilan tanishdim. (27.06.2019)

  • Bank ish faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida bank Qabulxonasida amaliyot faoliyatini olib bordim.(28.06.2019-03.07.2019)

  • 4-iyul kunidan boshlab bir hafta davomida bank mijozlariga plastik kartalar taqdim etuvchi bo’limda ya’ni “Plastik kartalar bilan ishlash” bo’limida amaliyot o’tadim. (04.07.2019-12.07.2019)

  • 15-iyuldan muassasaning “Xavfsizlik va axborot texnologiyalari” bo’limida amaliyot faoliyatini boshladim. Bo’limning bank faoliyatidagi o’rni va ish tizimi bilan yaqindan tanishdim. (15.07.2019-20.07.2019)

Mijozlarni qabul qilish bo’limida ya’ni Qabulxonada amliyot o’tash mobaynida bankka keluvchi mijozlar va ularning og’zaki yoki yozma ravishdagi murojaatlarini ko’rib chiqib ularga tegishli ko’rsatmalar berishni hamda mas’ul bo’limga yo’naltirishni o’rganib oldim. Kelgan mijozlarni muassasa qayd daftariga hamda elektron shaklda qayd etib bordim.

“Plastik kartalar bilan ishlash” bo’limida yangi plastik kartaga ega bo’lmoqchi bo’lgan mijozlarga qanday xizmatlar ko’rsatilishi haqida kerakli tushunchalarga ega bo’ldim. Yangi plastik kartaga mijozning ism sharifini chop etuvchi qurilma bilan ishlashni o’rgandim. Bank tarkibidagi barcha bo’limlar tarmoq orqali yagona bank tizimiga bog’langan holda ish yuritar ekan.

Amaliyot davrining asosiy qismi o’zim uchun tanish bo’lgan “Xavfsizlik va axborot texnologiyalari” bo’limida o’tdi. Bu bo’limda bank tomonidan turli hududlarga o’rnatilgan bankomatlarga xizmat ko’rsatish bilan tanishdim. Bu jarayonda bevosita ishtirok etdim. Muassasadagi barcha kompyuter hamda boshqa elektron qurilmalarga ushbu bo’lim xizmat ko’rsatar ekan. Ularning har doim ishga tayyor hamda soz holatda turishi uchun ushbu bo’lim xodimlari ma’sul ekan. Bank tomonidan xalqimizga ko’rsatiladigan xizmat turlari keng ko’lamda va yaxshi tashkil etilgan. Amaliyot faoliyatini o’tash davomida yurtimizda olib borilayotgan kredit siyosatini bilan ham yaqindan tanishdim va umumiy tushunchalarga ega bo’ldim. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan “Mobil banking” xizmatiga hozirgi kunda ko’pchilik insonlar qiziqish bildirishmoqda. Bu xizmatning qanday tarzda rasmiylashtirilishi va har bir mijozning xavfsizligini taminlash qay tarzda tashkil etilishiga bevosita guvoh bo’ldim.

AT Xalq banki O’zbekiston tuman filiali Qabulxonasi.



Mijozlarni qabul qilish.



Muassasa binosi.



Xulosa.

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari barcha sohalarga jadal tarzda kirib bormoqda. Bank ish faoliyatida ham bu axborot texnologiyalari o’z o’rnin topib ulgurdi. Ularsiz qanchadan – qancha qog’oz hamda vaqt zoye ketishi mumkinligi hammamizga yaxshi ma’lum. O’zimga biriktirilgan muassasada amaliyot o’tash mobaynida, ushbu muassasa faoliyatida kerak bo’luvchi axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan atrolicha tanishdim. Ularning ishlash prinsplari hamda xarakterli jihatlarini o’rgandim. Ularning doimo soz holatda bo’lishi tashkilot ish faoliyatining uzluksiz tarzda tashkil davom etishiga bevosita bo’gliqligini teran his qilgan holda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish nechog’lik muhimligini tushundim. Men uchun yangilik bo’lgan “Mobil banking” xizmatini qanday tarzda ishlashi to’g’risida atroflicha tushunchalarga ega bo’ldim. Bunda asosiy jihat hisoblangan xavfsizlik tamoyili muhim o’rin tutar ekan. Yana bir jihati ushbu xizmat mijozlarga masofadan o’z hisob raqamlaridagi mablag’larni tasarruf etish imkonini yaratishi ekan. Xulosa sifatida aytadigan bo’lsam men amaliyot davrida universitetda olgan nazariy bilimlarni amaliy tarzda qo’lladim hamda ularni yanada mustahkamladim.
Download 341,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish