Bankning vazifasi: Ishonchli hamkor sifatida yuqori sifatli va texnologik bank mahsulotlarini va xizmatlarini taqdim etish yo’li bilan mijozlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish.
Bank shiori: “Birgalikda yuksalish sari”
“Hamkorbank” – bu ilg‘or zamonaviy bank texnologiyalari va keng maxsulotlarni o‘zida mujassam etgan, yuqori xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlovchi bankdir. Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991- yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi. Hozirda Bank 190 dan ortiq xizmat koʻrsatish shoxobchalariga ega boʻlib, 42 ta filial, 168 ta mini-bank. Shuningdek, bank 6 ta shu’ba kompaniyasini tashkil etdi va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |