Bank o‘z mijozlarining manfaatlarni himoya qilish uchun quyidagi majburiyatlarni oladi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlariga muvofiq majburiy zaxiralarni depozitga qo‘yadi;
Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga muvofiq o‘z balansi tarkibini tartibga solish yo‘li bilan qabul qilingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga doimiy tayyorligini saqlab turadi;
kredit va lizing operatsiyalaridan ehtimol tutilgan zararlarni qoplash uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda zaxiralar tashkil etadi;
o‘z mijozlari va korrespondentlarining operatsiyalari, schyotlari va jamg‘armalari sir tutilishini ta’minlaydi;
Markaziy. bank topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti bo‘yicha kassa operatsiyalarini amalga oshiradi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |