Amaliyot
-
3
Mavzu: TrueCrypt yordamida ma'lumotlarni shifrlashni o‘rganish
Maqsad:
TrueCrypt yordamida ma'lumotlarni shifrlash bo‘yicha bilim va
ko’nikmalarni shakllantirish.
Vazifa:
TrueCryptni o‘rnatish va ishlatish, xotira diskini shifrlash, xotira
diskini yashirish.
Nazariy qism
Ma’lumotlarni (fayllar yoki butun diskni) shifrlash begona odamlarga kirishni
oldini olish uchun juda ishonchli usul hisoblanadi, TrueCrypt bu maqsad uchun eng
yaxshi vositadir.
Ushbu amaliy ishda TrueCrypt dasturidan disklarni shifrlash uchun oddiy
ko‘rsatmalar berilgan. Ma’lumotlaringizni himoya qilish bo‘yicha ko‘pgina
vazifalar uchun tavsiflangan misol dasturdan keyingi mustaqil foydalanish uchun
yetarli bo‘ladi.
TrueCrypt endi ishlab chiqilmaydi va qo‘llab quvvatlanilmaydi. VeraCrypt
(tizimli bo‘lmagan disklardagi ma’lumotlarni shifrlash uchun) yoki BitLocker (
Windows 10, 8 va Windows 7 bilan diskni shifrlash uchun) dan foydalanish tavsiya
etiladi.
TrueCryptni http://www.truecrypt.org/downloads rasmiy veb-saytidan bepul
yuklab olishingiz mumkin . Dasturning uchta platforma uchun versiyalari mavjud:
−
Windows 8, 7, XP
−
MacOS X
−
Linux
Amaliy qism
Dasturni o‘rnatish
Dasturni o‘rnatishning o‘zi taklif qilingan hamma narsani o‘z holicha qoldirib,
“Next” (Далее) tugmasini bosish maslahat beriladi. Joriy holatda, dastur ingliz tilida
o‘rnatiladi, agar sizga rus tilida TrueCrypt kerak bo‘lsa, rus tilidagisini
http://www.truecrypt.org/localizations saytidan yuklab olib, so‘ngra quyidagicha
o‘rnatiladi:
1.
TrueCrypt uchun rus tilidagi arxivni yuklab oling.
2.
Barcha fayllarni arxivdan o‘rnatilgan dastur joylashgan papkaga joylang.
3.
TrueCryptni ishga tushiring. Rus tili o‘z-o‘zidan faollashtirilgan bo‘ladi
(agar Windows rus tilida bo‘lsa), agar unday bo‘lmasa, “Настройки” (Settings) –
“Язык” ( Language)ga o‘ting va kerakli bandini tanlang.
3.1-rasm. Platforma tilini tanlash.
Bunda TrueCryptni o‘rnatish yakunlanadi, endi foydalanish qo‘llanmasi bilan
tanishamiz. Bu amaliy ishda dasturni o‘rnatish Windows 8.1 da amalga oshirilgan,
ammo oldingi versiyalari bilan deyarli farq qilmaydi.
TrueCrypt- dan foydalanish
3.2-rasm. Disk qismini tanlash.
Dasturni o‘rnatib, ishga tushirgach, birinchi navbatda – disk qismini yaratish
uchun “Создать том” tugmasi bosiladi.
3.3-rasm. Disk qismini yaratish variantini tanlash.
TrueCrypt hajmini yaratish oynasi ochiladi:
−
создать зашифрованный файловый контейнер (shifrlangan fayl
konteynerini yaratish (biz ushbu variantni tahlil qilamiz));
−
зашифровать несистемный раздел или диск (operatsion tizim
joylashmagan bo‘limni yoki diskni shifrlash) - bu operatsion tizim o‘rnatilmagan
butun bo‘limni, qattiq diskni, tashqi diskni to‘liq shifrlashni nazarda tutadi;
−
зашифровать раздел или диск с системой – Windows joylashgan butun
diskni to‘liq shifrlash. Keyinchalik operatsion tizimni ishga tushirish uchun parolni
kiritish kerak bo‘ladi;
TrueCryptda shifrlash prinsipini tushunish uchun yetarli bo‘lgan eng oddiy
variant “зашифрованный файловый контейнер” ni tanlang .
3.4-rasm. Disk qismi turini tanlash.
Shundan so‘ng, sizdan oddiy yoki yashirin diskni yaratishni tanlash so‘raladi.
Dasturda keltirilgan ta’riflardan bu ikki diskda qanday farqlar borligi aniq ko‘rinib
turadi.
3.5-rasm. Disk qismi joylashuvini tanlash.
Keyingi qadam disk qismining joylashishini, ya’ni u joylashgan papka va
faylni tanlashdir (chunki biz fayl konteynerini yaratishni tanladik). “Файл”
tugmasini bosib, shifrlangan diskni siz saqlamoqchi bo‘lgan papkaga o‘ting, fayl
nomini ixtiyoriy nom berib .tc kengaytmasi bilan yozing va “Сохранить”, keyin
“Далее” tugmasini bosing.
3.6-rasm. Fayl nomi va yo‘lini tanlash.
Keyingi konfiguratsiya bosqichi shifrlash variantlarini tanlashdir. Aksariyat
hollarda, agar siz maxfiy agent bo‘lmasangiz, standart sozlamalarning o‘zi yetarli
bo‘ladi: maxsus qurilmalarsiz sizning ma’lumotlaringizni bir necha yil oldin hech
kim buzib ko‘ra olmasligiga amin bo‘lishingiz mumkin.
3.7-rasm. Shifrlash variantini tanlash.
Keyingi qadam, qancha hajmdagi faylni sir saqlashni rejalashtirganingizga
qarab, shifrlangan fayl hajmini belgilashdir.
3.8-rasm. Shifrlash uchun parol yaratish.
“Далее” tugmasini bosing va sizdan parolni kiritishingiz va disk qismi uchun
parolni tasdiqlashingiz so‘raladi. Agar siz haqiqatan ham fayllaringizni himoya
qilishni istasangiz, parol tanlashda oynada ko‘rsatiladigan tavsiyalarga amal qilish
tavsiya etiladi.
3.9-rasm. Shifrlash uchun disk qismi formatini tanlash.
Disk qismini formatlash bosqichida sizdan shifrlash kuchini oshirishga
yordam beradigan tasodifiy ma’lumotlarni yaratish uchun sichqonchani oyna
bo‘ylab harakatlantirish so‘raladi. Bundan tashqari, siz diskning fayl tizimini
belgilashingiz mumkin (masalan, 4 GB dan katta fayllarni saqlash uchun NTFS ni
tanlang). Bu bajarilgandan so‘ng, “Разметить” tugmasini bosing, biroz kuting va
disk qismi yaratilganligini ko‘rganingizdan so‘ng, TrueCrypt disk yaratish
oynasidan chiqing.
Shifrlangan TrueCrypt diski bilan ishlash
3.10-rasm. Shifrlash uchun disk qismi formatini tanlash.
Keyingi qadam shifrlangan tomni tizimga o‘rnatishdir. TrueCrypt asosiy
oynasida shifrlangan xotiraga tayinlanadigan disk harfini tanlang va “Файл”
tugmasini bosish orqali oldin yaratilgan .tc formatdagi faylni tanlang va
“Смонтировать” tugmasini bosing va keyin siz o‘rnatgan parolni kiriting.
3.10-rasm. Yaratilgan disk qismi
Shundan so‘ng, o‘rnatilgan disk qismi asosiy TrueCrypt oynasida ko‘rsatiladi
va agar siz “Проводник” yoki “Мой компьютер”ni ochsangiz, u yerda shifrlangan
diskingizni ifodalovchi yangi diskni ko‘rasiz.
Endi, ushbu disk bilan har qanday operatsiyalar bajarganingizda, unda
fayllarni saqlashingiz bilan, ular darrov “tezkor” shifrlanadi. Shifrlangan TrueCrypt
disk bilan ishlagandan so‘ng, dasturning asosiy oynasida “Размонтировать”
tugmasini bosing, shundan so‘ng keyingi parol kiritilgunga qadar sizning
ma’lumotlaringiz begonalar uchun mavjud bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |