Kali Linux OT yordamida razvedka hujumlarini amalga oshirish
Dastlab kali linux OT ni virtual mashinaga o’rnatib olamiz. Buning uchun
virtual disk obrazini VirtualBox dasturining “Qo’shish - Добавить” tugmasini
bosish orqali ko’rsatamiz.
11-rasm. VirtualBox asosiy oynasi va unga virtual tizim obrazini qo’shish
12-rasm. Virtual tizim obrazini tanlash
Virtual disk obrazi dastur yordamida tanib olinganida “Ishga tushurish -
Запустить” tugmasi bosiladi va OT ishga tushiriladi. Ishga tushgan OT da login va
parol sifatida “
kali
” so’zi qo’llaniladi.
13-rasm. Kali Linuxning o’rnatilish parametrlari
14-rasm. Kali Linuxga kirish
Kali Linux OT tizimlar va dasturlarni testlash uchun dasturlarni o’zida
mujassamlashtiradi. Biz ular ichidan “Nikto” va “Legion” dasturlari yordamida
razvedkani amalga oshiramiz.
15-rasm. Razvedka hujumlari amalga oshirish vositalari
Nikto - tezkor xavfsizlik yoki ma'lumot tekshiruvlarini amalga oshirish uchun
rfp ning LibWhisker-dan foydalangan holda Perl-da yozilgan ulanadigan veb-server
skaneri.
Xususiyatlari:
Osonlik bilan yangilanadigan CSV formatidagi tekshiruvlar ma'lumotlar
bazasi
Hisobotlarni oddiy matn yoki HTML formatida chiqarish
Mavjud HTTP versiyalari avtomatik almashtirish
Umumiy va maxsus server dasturlarini tekshirish
SSL-quvvatlash (libnet-ssleay-perl orqali)
Proksi-serverni qo'llab-quvvatlash (autentifikatsiya bilan)
Cookie-fayllarni qo'llab-quvvatlash
16-rasm. Nikto dasturidan foydalanish yordam komandalari
Ushbu dasturiy vosita web tizimlarni hujumlarga bardoshliligini baholash
uchun ham ishlatiladi va asosan XSS turidagi hujumlarga zaifliklar mavjudligini
tekshiradi. Web tizim IP manzilini aniqlab olgach hujum ssenariylarini ishga
tushuradi. Topilgan zaifliklar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Dastur yordamida 3 ta web saytni sinab ko’ramiz.
17-rasm. Birinchi saytni skanerlash uning natijalari
18-rasm. Ikkinchi saytni skanerlash uning natijalari
19-rasm. Uchinchi saytni skanerlash uning natijalari
Keyingi dasturiy vosita “Legion” deb nomlanadi. Ushbu paket ochiq, ishlatish
uchun qulay, o'ta kengaytiriladigan va yarim avtomatlashtirilgan tarmoqqa kirishni
tekshirish vositasini o'z ichiga oladi, bu axborot tizimlarini aniqlash, razvedka qilish
va ekspluatatsiya qilishda yordam beradi.
20-rasm. Dasturning asosiy oynasi
Dastur ishga tushirilgandan so’ng tekshirilishi lozim bo’lgan tizim nomi
kiritiladi. Tekshirish rejimi va samaradorlik ko’rsatiladi.
21-rasm. Skanerlash parametrlarini kiritish
12-rasm. Portlar va xizmatlar
Skanerlash yakunlanganidan so’ng tizimdagi ochiq portlar, ulardan
foydalanuvchi xizmatlar, holati, zaif scriptlar, CVE (Common Vulnerabilities and
Exposures – Asosiy zaifliklar va ta’sirlar) haqida tartibli va to’liq ma’lumot olish
mumkin.
13-rasm. Umumlashtiruvchi axborot
14-rasm. Zaif scriptlar
15-rasm. CVE ro’yhati
16-rasm. Tarmoq portlarini tasniflangan holda ajratish
Do'stlaringiz bilan baham: |