Amaliy Topshiriq



Download 41,02 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi41,02 Kb.
#330325
1   2
Bog'liq
izohli lugat

Mundarija


  • 1Jildlar

  • 2Tarixi

  • 3Kartotekasi

  • 4Yoʻriqnoma

  • 5Muharrirlar

  • 6Tuzuvchilar

  • 7Komputer nusxasi

  • 8Elektron versiyalari

  • 9Ijtimoiy faoliyatManbalar

  • 10Havolalar

Jildlar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Jild

Nashr yili

Jilddagi maqolalar qamrovi

I

2006

А — Д

II

2006

Е — М

III

2006

Н — Тартибли

IV

2008

Тартибот — Шукр

V

2008

Шукрона — Ҳ

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi 311-sonli qarori bilan 1981-yil ikki jildli izohli lugʻat chop etilganidan keyingi davrda oʻzbek tilida roʻy bergan oʻzgarishlarni eʼtiborga olib koʻp jildli lugʻat tuzish davlat dasturiga kiritilgan. Lugʻatni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti zimmasiga yuklangan.

Lugʻat 1981-yilda nashr etilgan izohli lugʻat materiallaridan foydalanib tayyorlangan. Lekin yangi lugʻatda uning 1981-yilgi lugʻatning toʻldirilgan yoki yangi nashri emas, balki roʻy bergan leksikografik oʻzgarishlar aks ettirilgan mutlaqo yangi lugʻat ekanligi aytilgan:





Bir umumiy lugʻaviy maʼnoga ega boʻlgan soʻz shakllaridan asosiysini berish, qolganlarining esa, maʼnoda muayyan siljish, oʻzgarish boʻlmagan hollarda berilmasligi; avvalgi lugʻatda „eskirgan“, „diniy“ kabi belgilar ostida berilgan (yoki umuman berilmagan) tarixiy, etnografik, diniy terminlarga yangicha yondashuv; oʻzbekcha yoki umumturkiy boʻlmagan soʻz va terminlarga (arabcha, forscha, baynalmilal, ruscha va boshqa tillarga mansub soʻzlarga) mumkin qadar toʻliq etimologik maʼlumot berish kabilar ham ushbu lugʻatning oʻziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi.[1]



Lugʻat normativ (meʼyoriy) boʻlib, unda adabiy oʻzbek tilining imlo, talaffuz, soʻz yasash va uni ishlatish normalari tavsiya qilingan. Lugʻatda har bir soʻzning toʻgʻri yozma shakli, oʻzlashma soʻzlarning etimologiyasi, ayrim hollarda talaffuzi ham berilgan. Soʻzlarning aniqlangan maʼnolari va shu maʼnolarda toʻgʻri qoʻllanilishi oʻzbek badiiy adabiyoti va matbuotidan olingan misollar, iqtiboslar bilan tasdiqlangan.

Kartotekasi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Lugʻatni tuzishdan avval kartoteka, yaʼni lugʻatning leksik asosi tuzilgan va boyitilgan. Kartotekaga XX-XXI asrlarda chop etilgan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-texnikaviy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, matbuotdan olingan uch millionga yaqin misol-kartochka toʻplangan.[1]

Yoʻriqnoma[tahrir | manbasini tahrirlash]


Lugʻat kartotekasini boyitish bilan bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Azim Hojiyev tomonidan „Oʻzbek tilining koʻp jildli izohli lugʻatini tuzuvchilar uchun yoʻriqnoma“ ishlab chiqilgan. Yoʻriqnoma qoʻlyozmasi mutaxassislar orasida keng muhokama qilinganidan keyin 2000-yil nashr etilgan.[1]

Muharrirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Tahrir hayʼati E. Begmatov, Abduvahob Madvaliyev, N. Mahkamov, N. Toʻxtayev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, Azim Hojiyevlardan iborat boʻlgan. Hayʼatga Toʻra Mirzayev rahbarlik qilgan.

Lugʻatning ayrim harflarini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori, professor Shonazar Shoabdurahmonov, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, filologiya fanlari doktorlari, professorlar A. Nurmonov, N. Mahmudov va A. Mamatov, fizika-matematika fanlari doktori, professor SH. Egamberdiyev, geografiya fanlari doktori S. Qoriyev, filologiya fanlari nomzodi S. Olimovlar koʻrib chiqqan.

Lugʻat qoʻlyozmasining dastlabki va soʻnggi, yakuniy tahriri, etimologik maʼlumotlarni tegishli manbalar asosida aniqlashtirish, muhokama va taqrizlarda bildirilgan barcha fikr-mulohazalar hisobga olingan holda filologiya fanlari nomzodi Abduvahob Madvaliyev tomonidan amalga oshirilgan.[1]

Tuzuvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]


„Lugʻatning tuzilishi va undan foydalanish“ qismini Azim Hojiyev yozgan. А, В, Е, И, Й, К, Л, М, Т, У, Ш, Э, Ю, Я, Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflari Azim Hojiyev, Б, Д, Ф, harflari filologiya fanlari doktori, professor E. Begmatov, (Б, Д harflari Abduvahob Madvaliyev bilan hamkorlikda), Н, О harflari filologiya fanlari nomzodi N. Mahkamov, П, Р harflari filologiya fanlari nomzodi Z. Mirahmedova, С, Х, Ц, Ч harflari filologiya fanlari nomzodi D. Xudoyberganova (С harfi Abduvahob Madvaliyev bilan hamkorlikda) tomonidan tuzilgan. С harfining dastlabki variantini tuzishda filologiya fanlari doktori M. Sodiqova ishtirok etgan.[1]

Komputer nusxasi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Lugʻatning dastlabki tahrirdan keyingi komputer nusxasini kichik ilmiy xodimlar R. Qilichev, I. Panasenko va D. Hakimovlar tayyorlagan. Soʻnggi tahrirdan keyingi komputer nusxani esa katta ilmiy xodim E. Panasenko tayyorlagan.

Texnik ishlarni bajarishda kichik ilmiy xodimlar J. Mamatov, N. Chinniqulov, D. Akbarova, S. Sattorova va O. Jumayevlar ishtirok etgan.[1]


Elektron versiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]


2014-yil „Oʻzbek tilining izohli lugʻati“da berilgan barcha izohlar Oʻzbekcha Vikilugʻatga maxsus bot yordamida qoʻshildi.
Download 41,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish