1-Mavzu: Dunyo o’rmon resuruslaridan foydalanish va tirlash. Mashg’ulotning qisqacha mazmuni Insoniyat hayoti qadimgi davrlardan boshlab hozirgi vaqtgacha o’rmon bilan chambarchas bog’liqdir. SHubhasiz kelajakda o’rmonnnig inson hayotidagi roli tobora ortib boradi. Albatta inson ming yillar davomida doimiy o’rmon resurslarida foydalanganligi bilan bir qatorda uni tiklash va ko’paytirish haqida kamroq o’ylagan. SHu sababli ham Yevropa, Osiyo, Yarim SHarq, O’rta Yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda o’rmonlar egallagan maydonlar keskin kamayib ketdi. Bu holat ayniqsa XIX-XX asrlarda yaqqol namoyon bo’ldi.
SHu davrdan boshlab, o’rmon resurslarini tiklash, madaniy o’rmonlar barpo etish, qimmatli daraxt turlarini ekish, introduktsiya qilish va iqlimlashtirish masalalari bilan shug’ullanish boshlandi.
O’rmonni inson hayotidagi rolini taniqli rus o’rmonchisi G.F. Morozov ochib berdi, o’zining mashxur “O’rmon haqida ta’limot” kitobida o’rmon bu daraxt turlarini bir-biribilan bog’langan va tashqi muhitga ta’sir etuvchi majmua sifatida qarash lozim deb hisoblanadi.
1966 yilda Madrid shaxrida bo’lib o’tgan jahon kongressida dunyo o’rmonlari resurslari va ularning sxematik xaritalari tuzilgan. Ushbu o’rmon kongressi Yer sharidagi o’rmonlarni oltita tipga ajratdi:
1.Sovuq iqlimli mintaqalardagi ninabargli o’rmonlar.
2.Mo’’tadil mintaqadagi aralash o’rmonlar.
3.O’rtacha mo’’tadil iqlimli mintaqalardagi namsevar o’rmonlar.
4.Ekvatorial yomg’irli mintaqa o’rmonlari.
5.Yaproq bargli namsevar o’rmonlar.
6.Quruq iqlimli mintaqa o’rmonlari.
Sovuq iqlimli mintaqa ninabargli o’rmonlari asosan SHimoliy yarim sharda tarqalagn bo’lib, ular Yer sharini keng belbog’ sifatida o’rab olgan tayga poyasi deb ataladi. Ushbu o’rmonlarning dendrologik tarkibi unchalik boy emas. Eng iqtisodiy qimmatli quyidagi daraxt turlari keng tarqalgan.
Evro Osiyoda bular oddiy qarag’ay (Picea abves) (asosan g’arbda tarqalgan) SHarqda-Sibirь qoraqarag’ayi (Picea obovata) oddiy qarag’ay (Pinus sulvestris) va tilog’ich turlari (Larix sibirica va Larix dapurica) uchraydi. Yevropa asosiy xududini egallovchi Rossiyada eng ko’p tarqalag ninabargli turlarga sibirь kedr karag’ayi (Pinus sibirica) Koreya qarag’ayi (Pinus koreansis) va sibirь oqqarag’ayi (Abies sibirica) kabi qimmatli daraxtlar kiradi. Amerikaning ninabargli o’rmonlarida (AQSH va Kanada) eng ko’p tarqalagan daraxt turlari oq qoraqarag’ay (Picea glauca) qora tusli qoraqarag’ay (Picea mariana) va balьzamik oq qarag’ay (Avies balsamca) turlari xisoblanadi.
Mo’’tadil iqlimli mintaqadagi aralash o’rmonlarning dendrologik tarkibi tayga o’rmonlariga nisbatan bir buncha bayroq. Qimmatli yaproq bargli daraxt turlarga qoraqayin (Fagus sylvatica Fagus orientalis) eman (Qureus robur), g’arbiy Yevropada qoya eman (Quercus petrae) SHarqiy va Markaziy Yevropada Avstriya emani (Quercus cerris) kiradi. SHimoliy Amerika aralash o’rmonlarida eng qimmatli daraxt turlariga oq eman (Quercus alba), yirik mevali eman (Quercus makrocarpa) shimol emani (Quercus borealis) kiradi.
AQSH ning aralash o’rmonlarida ko’plab yong’oq mevali turlar (gikori, kulrang va qora yong’oqlar kashtan, lipa va kumushsimon va qandli zarang (Acer saccharum, Acer saceharimem), qayin (Betula papyrifera) sariq qayin (Betula lutea) uchraydi. Rossiyada eng ko’p tarqalgan qayin turi-so’galli qayin (Betula varicasa Betulapendula) Sibirda (Betula krylovii), Uzoq SHarqda tosh qayin (Betula ermani) va qovurg’ali qayin (Betula costata) hisoblanadi.