Amaliy psixologiya” kafedrasi “Umumiy psixologiya” fanidan



Download 195 Kb.
bet1/9
Sana13.07.2022
Hajmi195 Kb.
#791007
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Saidkulova Nasiba. kurs iwi 1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
AMALIY PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI

Umumiy psixologiya” fanidan


Emotsiyani eksperimental o‘rganilish metodlarining tahlili” mavzusida yozgan
KURS ISHI


Bajardi: PS 201-guruh talabasi
Saidkulova Nasiba Inom qizi.


Ilmiy rahbar: Amaliy psixologiya kafedrasi
o‘qituvchisi G.O. Askarova.
_________________________ .
TOSHKENT 2022


MUNDARIJA


KIRISH ………………………………………………………………..….…….3
I.BOB. EKSPERIMENTAL METODLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.................................................................................
1.1 Eksperimental psixologiyaning shakllanish tarixi……………………………7

1.2. Eksperimental metodlar guruhi haqida.………………..........……...14


II.BOB. EMOTSIYANI EKSPERIMENTAL OʻRGANILISH METODLARINING TAHLILI……………………..............................
1.2. Emotsiyani eksperimental o‘rganish tarixi…………….…………….......…..21
2.2. Emotsiyani o‘rganish metodlari…………………………………………..…27
Xulosa ……………………………………………………………...………….35
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………….37


Kirish
Mavzuni dolzarbligi Respublikamiz hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda qadriyatlarimizning qayta tiklanayotganligi, milliy, madaniy va ma’rifiy meroslarimizdan xalqimiz hayotida, bolalar tarbiyasida keng foydalanilayotganligi kishilar o‘rtasida mehr-oqibat, insoniylik, muruvvatlilik va olijanoblik kabi yuksak fazilatlarning shakllanishiga zamin yaratish bilan bir qatorda yurtimiz fuqarolari turmush faravonligining oshishiga, ularda ertangi kunga nisbatan bo‘lgan ishonch hissining shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiy va siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar bilan bir qatorda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, ertangi kuni, jismoniy va aqliy jihatdan barkamol rivojlanishlari borasida ham kishini quvontiradigan darajadagi ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylandi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog‘lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi haqida shunday yozadi: “Albatta, biz mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda butun dunyoda aholining, birinchi navbatda, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun qanday keskin kurash borayotganini, diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlar kuchayayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, farzandlarimiz tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarimizni bir zum susaytirmasdan, aksincha, ularni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur1”.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, qolaversa, Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, qonun osti hujjatlari jumladan farmonlar, farmoyishlar, qarorlar va buyruqlar kabi tashkiliy huquqiy hujjatlar qo‘llanilmoqda.
Umumiy psixologiya fanining nazariy va amaliy muammolari, fanni o‘qitishdagi innovatsiyalar, o‘quv dasturi, ma’ruza matnlari, keyslar, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari shu kunga qadar oliy ta’lim muasasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan etarli darajada o‘rganilmaganligi psixodiagnostika sohasi muammolarini har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish va tahlil etishni dolzarbligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2019 yildagi 472-sonli qarorida ko‘rsatilganidek: “So‘nggi yillarda mamlakatda psixologiya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga oshirildi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida 2503 nafar, xalq ta’limi tizimida 14 272 nafar pedagog-psixolog kadrlar faoliyat olib bormoqda.
Respublikaning 10 ta oliy ta’lim muassasasida «Psixologiya», 19 ta oliy ta’lim muassasasida «Pedagogika va psixologiya» ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha 5717 nafar talaba tahsil olmoqda. Ushbu sohada qabul kvotalari keskin oshirildi, xususan 2018/2021 o‘quv yilining o‘zida 2665 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi.
2017-yildan boshlab profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, 5696 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida profilaktika inspektorlari, 5 328 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida esa mahalla vakillarining xonalari tashkil etildi.
Jamiyatimizda ta`lim-tarbiya tizimini sog‘lom insonparvarlik yo‘nalishida qayta tashkil etish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, barkamol, ma`naviy dunyosi boy, ahloqiy pok, mard va jasur komil insonlarni tarbiyalash kechiktirib bo‘lmaydigan, davlat ahamiyatiga molik vazifa bo‘lib turibdi.
«Psixologiya, degan edi L.S.Vigotskiy, – birinchidan, konkret, amaliy bo‘lib – ta`lim va tarbiya, bolaning rivojlanishi, mehnat faoliyati haqidagi fan bo‘lmog‘i lozim. Faqat shu vazifagina psixologiyani tirik va kerakli fanga aylantirishi mumkin».
Bizga ma`lum, psixologiya fanining mavzu bahsi - umuman ruhiyatning, xususan, inson ruhiyatining namoyon bo‘lishi, rivojlanishini o‘rganuvchi sohadir.
Psixologiya ongli sub`ekt – insonning ichki dunyosini o‘rganadi. Psixologiya atamasi «psyuxe» – qalb (ruh), «logos» – taliymot (o‘qish) so‘z ma`nosini bildiradi. Ammo bu qisqa jumla inson ruhiyati haqida etarli ma`lumot bermaydi. Psixologiya fanining mavzu bahsini, ruhiyatni to‘laroq tasavvur qilish uchun ruhiy jarayonlarning kechish mohiyatini, ichki kechinmalarning (sezgilar, fikrlar, hissiyotlar) namoyon bo‘lish qonuniyatlarini tushunish lozim. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan mavzu – bu, bolalardagi qo‘rquv va xavotirlanish emotsional xolatlari.
Ma`lumki, qo‘rquv barcha xissiyotlar ichida eng xavflilardan biri hisoblanadi. Unga bag‘ishlangan bugungi kundagi qator tadqiqotlar ushbu ahamiyatli xissiyotni bunnan buyon tushunish uchun juda yaxshi zamin yaratmoqta. Bu masala buyicha maxsus adabiyotlar unchalik ko‘p emas. Shunday bo‘lsa ham, maktabgacha va kichik maktab yoshi davridagi bolalardagi qo‘rquv va xavotirlanish muammosi bugungi kunda ancha darajada dolzarb bo‘lib kelmoqda.
Shuningdek, ta`qidlash lozimki, qo‘rquv va xavotirlanish muammosi bog‘cha va boshlang‘ich maktab amaliyotida etarsiz darajada e`tiborga olinmoqda. Lekin bolalardagi qo‘rquv va xavotirlanish xolatini vujudga kelishining o‘zi, albatta,

Download 195 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish