Amaliy: Mustaqillik yillarida maktabgacha tálim tizimining rivojlanishi Reja Ózbekiston Respublikasining tálim tizimi



Download 172,58 Kb.
bet7/7
Sana31.12.2021
Hajmi172,58 Kb.
#244317
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mot 1 amaliy...

Oliy ta`lim tizimini boshqarish:

O’zbekiston Respublikasida oliy ta`lim tizimining boshqaruvi Vazirlar Maxkamasi va  O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida oliy ta`limni boshqarish davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oliy ta`lim boshqaruv organi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta``lim Vazirligihisoblanadi.

Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligiga, tarkibida oliy ta`lim muassasalari mavjud bo’lgan vazirliklar va boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi vazifalar beriladi:



  • bakalavr yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta`lim standartlarini, o’quv reja va o’quv fanlari dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bosqichma-boqich kiritib borish, hamda respublika oliy ta`lim muasalarini ular bilan ta`minlash;


  • oliy ta`lim yo’nalish va mutaxassislik Klassifikotoriga zarur bo’lganda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;


  • oliy ta`lim muassasi faoliyatining normativ-huquqiy ta`minotini ishlab chiqish va o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish;


  • O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari o’quv-uslubiy boshqaruvini amalga oshirish;


  • oliy va o’rta maxsus kasb- hunar ta`limi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarini muvoqlashtirish;


  • Ta`lim, fan va ishlab chiqarishning normativ-uslubiy integratsiyasini ta`minlash.




Oliy ta`lim sifatini boshqarishning ijtimoiy shakllarini rivojlantirish maqsadida oliy ta`lim muassasalarining rektorlar kengashi tashkil qilingan bo’lib, uning faoliyati belgilangan nizom bilan tartibga solinadi.

Oliy ta`lim muassasalarining boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur nizom asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta`lim muassasining bevosita boshqaruvi rektor tomonidan amalga oshiriladi.Davlat oliy ta`lim muassasasi rektori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, nodavlat oliy ta`lim muassasalari rektorlari ta`sischilar tomonidan tayinlanadi.

Oliy ta`lim muassasasining ish natijalari uchun to’liq javobgarlik rektor zimmasida turadi.  O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va oliy ta`lim muassasa Nizomiga ko’ra, rektor oliy ta`lim muassasasi nomidan barcha organ va tashkilotlarda faoliyat yuritadi,  mol-mulkga belgilangan tartbda egalik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalarni taqdim etadi, bankda oliy ta`lim muassasasining hisob raqamini ochadi va kreditlar boshqaruvchisi hisoblanadi.

Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlarini amalga oshirilishining alohida javobgarligi rektor zimmasiga yuklatilgan.

Oliy ta`lim muassasasi vakolatlari doirasida rektor:



  • oliy ta`lim muassasasi ishchilar va talabalari uchun majburiy bo’lgan buyruq va topshiriqlarni chiqaradi;


  • prorektorlarning aniq majburiyatlarini va mas`uliyatlarini belgilab beradi;


  • ishchi va xizmatchilarni, hamda ilmiy pedagogik xizmatchilarni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilagan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi;


  • oliy ta`lim muassasa tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va bo’limlarining ilmiy tadqiqot, tajribiy- eksperimental kompetentsiyasini aniqlab beradi, va ularning nizomlarini tasdiqlaydi;


  • oliy ta`lim muassasalari ishchilari lavozimli maoshlarini orttiradi yoki qo’shimcha to’lovlarni belgilab beradi;


  • kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki boshqa davlat organi bilan kelishilgan holda ishchilarning ichki tartib qonun qoidalarini tasdiqlaydi;


  • Qonunchilikda ko’rsatilgan boshqa vakolatlarni bajaradi.




Rektor byudjetdan ajratilgan va oylik maosh fondi mablag’lari chegarasida, oliy ta`lim muassasasi  xizmatchilarining lavozim maoshlari tarif setkasi va oyliklarga o’rnatilgan limitlardan kelib chiqqan holda:


  • oliy ta`limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda ilmiy kengashning maslaxatiga ko’ra fakultetlarni ochish va yopish huquqiga ega;


  • O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga ajratilgan shtatlarga dekan va dekan o’rinbosarlarini tayinlash huquqiga ega.




Oliy ta`lim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini ko’rib chiqish uchun ilmiy kegash tashkil qilinadi.

Oliy ta`lim muassasasida ijtimoiy boshqaruv organi bo’lgan vasiylar kengashi tashkil qilinadi. Uning tarkibiga ta`sischilar, mahalliy hokimiyat organlari, vazirlik va idora sohalari, muassasa va tashkilotlar, boshqa ta`lim muassasalari, ijtimoiy tashklotlar, fondlar va homiylarning vakillari kiradi.

Oliy ta`lim muassasasi haqidagi amaldagi qonunchiligiga va Nizomiga ko’ra unda ijtimoiy tashkilotlar, ilmiy va ko’ngilli jamiyatlar, dissertatsiyani himoya qilish kengashlari, ilmiy-uslubiy va ilmiy-texnik kengashlar, hamda yosh olimlar kengashini va shunga o’xshashlarni tashkil qilinishi taqiqlanadi.

Taʼlim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat eʼtiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 14 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. 2019-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimga bolalar qamrovini 52 foizga yetkazdi. 2020-yilda bu koʻrsatkich 59,5 foiz boʻlishi kutilmoqda, shuningdek, 85,2 foiz 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan. Taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yoʻnaltirilgan maxsus davlat taʼlim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlib, bolalarni maktab taʼlimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori misolida koʻrsak, mazkur konsepsiya maktabgacha taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, bir soʻz bilan aytganda, maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli vazifalarini qamrab olgan boʻlib, jarayonning ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab beradi.

Konsepsiya tasdiqlangandan soʻng oʻtgan bir yildan ortiq vaqt mobaynida maktabgacha taʼlim tizimida yangi Qonun qabul qilindi, yangi loyihalar, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2019-yilda “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonunda maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy tamoyillari, ushbu sohadagi davlat siyosati yoʻnalishlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, egaligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilangan.

Qayd etilgan Konsepsiyada 2030-yilgacha 3-7 yoshdagi bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishining taʼminlanishi koʻzda tutilgan. Xususan, 2020-yilda yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, bir paytlar bogʻcha boʻlgan binolarni qayta Maktabgacha taʼlim vazirligi hisobiga qaytarish, maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2020-yilgi dasturlarga muvofiq 18 ta obyekt qurib bitkazilishi, 129 ta boʻsh inshoot foydalanishga topshirilishi va 261 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti taʼmirlanishi rejalashtirilgan. Bu esa qoʻshimcha yangi 32,7 ming oʻrinlarni yaratadi.

Maktabgacha taʼlimda xususiy sektorni ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu tariqa, 2018-2019-yillarda Maktabgacha taʼlim vazirligi umumiy qiymati 3,89 trln. soʻmga teng Davlat-xususiy sheriklik haqidagi shartnomalarni imzoladi (ulardan 1,1 trln. soʻmi tadbirkorlar hisobidan ajratilgan boʻlsa, 2,8 trln. soʻmi - imtiyozli kreditlar hisobiga toʻgʻri keldi). Foydalanishga topshirilishi kutilayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari quvvati 147,9 ming oʻringa teng. 2020-yilda yana 2 mingta oilaviy va 420 ta davlat-xususiy sheriklik doirasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochilishi rejalashtirilgan.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun pedagog va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va salohiyatini oshirish borasida ham ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish ham Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Mazkur tizimda innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompyuterlar bilan taʼminlash, internet tarmogʻiga ulanishi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Maktabgacha taʼlimda tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiyada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni yana-da takomillashtirish mavzusida tuman (shahar) Maktabgacha taʼlim boʻlimlari tomonidan oʻquv-seminarlar, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarda “OPEN EMIS” tizimidagi xato kamchiliklarni tuzatish boʻyicha amaliy koʻnikmalar berilmoqda.

Maktabgacha ta’lim vazirligi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi PF-5198-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiradi.

Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati maktabgacha tarbiya:



  • birinchisi, maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalda amalga oshirish;

  • ikkinchisi, bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun sharoit yaratish. eng yaxshi xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yosh;

  • uchinchidan, respublikada raqobatdosh davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini yaratish, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, byudjetdan subsidiyalar ajratish orqali bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to’liq qamrab olish; , shuningdek alternativani amaliyotga joriy etish bolalarni maktabgacha ta’lim va tarbiya shakllari;

  • to’rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari va usullarini, shu jumladan xususiy sektorni o’quv jarayoniga joriy etish;

  • beshinchidan, maktabgacha tarbiya muassasalarini milliy madaniy va tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o’qishga qiziqish uyg’otadigan o’quv, uslubiy, didaktik materiallar, o’quv o’yinlari va o’yinchoqlari, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

  • oltinchidan, rahbarlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. va bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini yuqori kasbiy darajada hal qilishga qodir zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullar asosida maktabgacha ta’lim tizimining pedagogik xodimlari;

  • ettinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirish tizimini yaratish va o’quv jarayoniga jalb qilish tajribali, malakali va o’qituvchilar va mutaxassislar;

  • sakkizinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga bolalarni saqlash uchun munosib sharoitlar, shu jumladan to’liq, oqilona, ​​muvozanatli, sog’lom ovqatlanish, ochiq havoda o’yinlar va mashqlarni hajm va intensivlikda ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni yaratish. ko’ngilochar va ma’rifiy tadbirlar elementlari bilan oqilona tibbiy retseptlar bilan belgilanadi;

  • to’qqizinchidan, bolalarga tibbiy yordam ko’rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan muvofiqlashtirish va ularning hayoti va sog’lig’ini himoya qilish bo’yicha profilaktika choralarini ko’rish.

Download 172,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish