Hisobot tuzilmasi-Xuddi forma kabi hisobot ham boshqarish elemintlariga ega qismlaridan tashkil topgan, ammo bunda qismlar ko’p –u, boshqarish elementlari forma-nikidan kamroq. Hisobot tuzilmasi asosan 5 qismdan iborat bo’ladi:
hisobot sarlavhasi;
yuqori kolontitul;
ma’lumotlar joylashgan joy;
quyi kolontitul;
hisobot eslatmasi;
Odatda, hisobot tuzilmasi bilan tanishish uchun avtomatik ravishda hisobot tashkil qilib uni “Конструктор” tartibida ochish qulay bo’ladi,bunda hisobot sarlavhasi umumiy sarlavhani chop etishni ta’minlaydi, yuqori kolontitul qismlari esa sarlavhaga tegishli kichik-kichik sarlavhachalarni ifodalaydi. Ma’lumotlar maydonida esa boshqaruv elementlari joylashtirilib, ular asosan ma’lumotlar bazasi maydonlari mazmunini bildiradi. Quyi kolontitul qismida xuddi yuqori kolontitul kabi boshqarish elementlari mavjud bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |