Amaliy matematika fakulteti


Javoblar. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning strategik maqsadlari va taraqqiyotining yangi bosqichi



Download 35,62 Kb.
bet2/3
Sana08.02.2022
Hajmi35,62 Kb.
#437920
1   2   3
Bog'liq
Tarix javoblar5

Javoblar.

  1. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning strategik maqsadlari va taraqqiyotining yangi bosqichi.

O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mulkni davlat tasaruffidan chiqarish va xususiylashtirish yetakchi o‘rin tutadi.1992 yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis etildi. 1994 yilda esa uning funksiyalari o‘zgartirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylandi. Xususiylashtirish tanlov va kim oshdi savdosi orqali amalga oshirildi va bu tartib takomillashib bordi. Shuningdek Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi tuzildi.
1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida mulkni qabul qilingan qonunga ko‘ra xususiylashtirish va va mulkchilik shakllarini o‘zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilish qat’iy belgilab qo‘yildi. 1994 yilda kichik xususiylashtirish deyarli nihoyasiga yetdi. 1992-1994 yillar davomida 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarufidan chiqarildi. Xususiylashtirish borasida 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi.
1995 yilda mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 68 ta uy-joy kommunal qishloq, 229 ta qayta ishlash korxonasi boshqa obyektlar xususiylash tirildi. 6 ming xususiy va oilaviy korxonalar paydo bo‘ldi. 1998 yilga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Davlat korxonalarining xususiylashtirish 1993 yil 39,4 foiz edi, 1994 yilda 57,7 foiz, 1998 yil esa 88,2 foizga oshdi. 1997 yilga kelib xususiy va kichik korxonalar soni 100 mingdan oshib ketdi.
Bozor infrastrukturasi deyilganda tovar va pul bozorida, mehnat resurslari bozorida iqtisodiy vositalar - tegishli moliya va bank-kredit tizimi, sug‘urta, auditorlik, yuridik va xususiy firmalar tizimi tushuniladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida infrastrukturani shakllantirish muhim jarayon bo‘lib, uni tashkil etish anchagina vaqt talab etadi.
Ushbu masalada ko‘pgina islohotlar, o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Masalan: Davlat buyurtmasi tugatilib, o‘rniga zarur mahsulotlarni erkin narxlarda xarid qilish joriy etildi. Tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. Kim oshdi savdosi o‘tkazila boshlandi, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo‘ldi. Ko‘chmas mulk sotish joriy etildi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi. Davlat sug‘urta boshqarmasi o‘rniga davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tashkil etildi. Ishsizlik muommasini hal etish uchun Respublika miqyosida 250 ga yaqin mehnat birjalari barpo etildi. 1995 yil dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida» alohida qonunlar qabul qilindi.
«Paxtabank», «G‘allabank», «Savdobank», «Tadbirkorbank», «Mevasabzavot bank» kabilar tashkil etildi. 1994 yil 1 iyuldan esa O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘m muomalaga kiritildi. Neft mustaqilligini ta’minlash maqsadida ham jiddiy ishlardan biri, ya’ni Buxoro neftni qayta ishlash zavodini ishga tushirilishi ham yirik iqtisodiy yutuqlardan bo‘ldi. Janubiy Koreya bilan O‘zbekistonning hamkorligida «O‘zDEU» qo‘shma korxonasini tashkil etilish, ishga tushirilishi hamda avtomobillar ishlab chiqilishi O‘zbekiston iqtisodiyotida ulkan, yirik voqea bo‘ldi. Demak O‘zbekistonda ham o‘zbek mashinasozligi vujudga kela boshladi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bu ishning qishloq qishloqda qay darajada amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Qishloqda agrar siyosatning eng asosiy bosh masalasi - yerga egalik mulkchilik masalasidir. I.Karimov shunday deydi: «Yer o‘lkamizning asosiy boyligi. U yediradi, ichiradi, yashash uchun asosiy joriy sharoitlarni yaratib beradi. Shu sababli Respublikaning kelajagi, O‘zbekiston xalqining kelajagi ko‘p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog‘liq, bo‘ladi».
O‘zbekiston aholisining deyarli 60 foizi qishloqda yashaydi.Shuning uchun ish bilan ta’minlash masalasi ham qishloqda dolzarb muommadir. 1991 yil dekabrda «Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmon qishloq, qishloq ishlab chiqarishni zamon talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1994-95 yillar davomida Vazirlar Maxkamasi agrar islohatlarga doir 10 dan ortiq qaror qabul qildi. 1992-95 yillar mobaynida qishloq tumanlarida 1137 sovxozlar 530 jamoa qishloqga, 350 kooperativga, 100 dan ortiq ijara va boshqa mulk shakllariga aylantirildi. O‘sha yillarda shaxsiy tomorka uchun qo‘shimcha 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi. Qishloqda fermer xo‘jaligi tashkil etilishiga alohida e’tibor berildi. 1994 yil oxirlariga kelib 25 mingdan ortiq fermer qishloq paydo bo‘ldi, ular qishloq, xo‘jaligini barcha mahsulotlarini yetishtirishda salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Paxta maydonlari qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirilmoqda. Vazirlar Maxkamasining 1996 yil may oyida qabul qilgan» O‘zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish dasturida qishloqning iqtisodiy va mexnat imkoniyatlaridan yanada to‘liqroq va samarali foydalanish uchun, qishloq aholisini turmush sharoitini yaxshilash uchun yo‘nalishlar berildi. Shuningdek qishloq hayotiga doir o‘tkazilgan islohotlarda ta’lim muassasalari va ularni jixozlash masalalari, qishloq aholisini salomatligini yaxshilash masalalari, aholini tabiiy gaz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash boralarida ham salmoqli ishlar qilindi. Birgina 1996 yilning o‘zida respublikada 62 ta qishloq vrachlik puktlari ishga tushirildi.1997 yilga kelib mamlakatda 3 million 155 mingta xonadon gazlashtirilgan edi.
Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan aholini ish bilan ta’minlash davlat dasturida 1996-2000 yillar orasidagi davrda qishloqda qariyb 2 millionga yaqin ish joyi yaratish, deyarli 950 ming kishini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mo‘ljallangan edi va ushbu vazifa ustida amaliy ishlar olib borilmadi. Yana bir muhim bo‘g‘inlaridan biri, bu makro iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashdir.Birinchi navbatda Respublika iqtisodiyot tuzilmasini yangilash, qayta qurishga kirishildi. Investitsion faoliyat,ya’ni, iqtisodiyotga sarmoya yotqizishi ishlari boshlandi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga kirishildi. O‘tgan 1992-97 yillar davomida 7 mlrd AQSH dollari xajmida xorijiy investitsiyalar jalb etildi. 1997 yilga kelib dunyoning 80 mamlakati sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 3200 qo‘shma korxona faoliyat olib bordi. Bugungi kunga kelib ularning soni yanada ortib bormoqda. Hozirgi kunda respublikamiz miqyosida faoliyat yurgizayotgan Andijon avtomobil zavodi, Zarafshon Nyumont korxonasi, Qizilkum fosfarit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xorazm yaxna ichimliklar zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo‘l va Andijon sport zavodlari, Samarqand tamaki fabrikasi., Toshkent ip yigiruv fabrikasi va boshqalar makro iqtisodiyotida barqarorlashib boruvida muhim rol o‘ynamoqda.
Tub o‘zgarishlar, yangi sanoat korxonalarini ishga tushirilishi sekin asta o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Hozirgi kunda mahsulotlari 70 dan ortiq davlatga eksport qilinmoqda. 1997 yil tashqi savdo oboroti deyarli 9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Neft mahsulotlari masalasida esa 1996 yildan boshlab neft mahsulotlarini chetdan sotib olish to‘xtadi. Bu iqtisodiyotimizda katta yutuqlaridan hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida barqarorlikni vujudga keltirishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish muhim rol o‘ynaydi.
Yalpi mahsulot ishlab chiqarish aholini o‘sish darajasidan sekin asta o‘sib bormoqda. Hali bu yo‘nalishda ham amalga oshiriladigan ishlar talaygina. Respublikamizda transport va aloqa vositalari zamonaviy talab va darajalar asosida olib borilmoqda. Tag‘an-Seraxs-Mashxad yangi nuli ishga tushirildi. Qamchiq dovoni yo‘lini ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetmoqda.
O‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi O‘zbekistonni MDX ning barcha yirik shaharlari hamda jahonning 20 dan ortiq davlatlari bilan xavo yo‘llari orqali munosabatda bo‘lmoqda. Albatta bu holatlar juda quvonarli holdir. Respublikamiz iqtisodiy islohatlarning amalga oshirilishida xalqaro tajribalardan ham unumli foydalanishga harakat qilinmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotida soliq siyosatining o‘ziga xos o‘rni bor. Chunki soliqlar davlat xazinasini to‘ldiruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Bu masala barcha rivojlangan mamlakatlarda juda yaxshi, ongli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Shu munosabat bilan 1991 yil avgustida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq organlari haqida» qarori qabul qilindi. 12 avgust kuni kasb bayrami sifatida shu soha xodimlarining bayrami kuni deb ham ta’sis etildi.
1994 yil yanvar oyida esa Prezident farmoni asosan O‘zbekiston Respublikasi Soliq Qo‘mitasi tashkil etildi. Soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini amalda tartibga solish va davlat daromadlarini vujudga keltirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizda soliq tizimining faoliyati jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakat qilinmoqda. Hozirgi kunda 1997 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi» asosida ish yurtilmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim tamoyillaridan biri — aholini ijtimoiy himoyalash bo‘lib, barcha o‘tkazilayotgan islohotlarning asl mazmun va maqsadi insonlarga yaxshi yashash uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga bag‘ishlangan.
Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq; olinmasligi haqdadagi qonun ham ijtimoiy himoyalashning muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qoldi. 1992-98 yillar davomida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi.
Barcha toifadagi maktablar, bolalar uylari, bog‘chalar, oliy va O‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, ijobiy va tibbiy xodimlarga kvartira haqqi kommunal to‘lovlarda imtiyozlar berildi. Yolgiz pensionerlarni turar joy va kommunal xizmati uchun to‘lanadigan haqdan ozod etildilar. Yoshlarni ijtimoiy himoyalash masalasida 1992-97 yillar orasida stipendiyalar bir necha marta oshirildi.
1994 yil avgustda Prezident I.Karimov tomonidan «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni ko‘chaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi yanada aniq vazifalarni belgilab berdi. 1996 yil dekabrdagi «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashni yanada ko‘chaytirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ham xalqimizni ijtimoiy himoyalash sohasida bir qancha imtiyozlarga sharoit yaratib berdli. Aholi sog‘lig‘ini saqlashga doir chora tadbirlar masalasi ham muntazam ravishda hukumat etiborida bo‘ldi. «Ona va bola» markazlarining tashkil etilishi, «Nikox va oila» maslahatxonalarning tashkil etilishi, sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar masalasiga jiddiy e’tibor berib borilishi ham aholini ijtimoiy himoyalashning ijobiy holatlaridir.

  1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘sini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini xolis va haqqoniy baholashni ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas edi.
Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mas’ul vazirlik va idoralarda baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va boshqa davlatlarning ijobiy tajribasini o‘z ichiga olgan tegishli ma’lumotlar bazasini, xodimlarda esa xalqaro reytinglar metodologiyasini qo‘llash bo‘yicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini bermas edi.
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, so‘nggi yillar mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog‘onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarildi.
Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda. Davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017 ― 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2020 yil 2 iyun kuni Prezident Sh.Mirziyoevning farmoni bilan «Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi» tashkil etildi.
Uning vakolatlariga O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish, davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish, O‘zbekiston Respublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘z ichiga olgan axborotlar ma’lumot bazasini yaratish, O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik o‘rnatish va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish; kabi vazifalar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrda qadar Internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushirildi. Kengash ishchi organlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda «Yuksalish» umummilliy harakati zimmasiga O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijalari to‘g‘risidagi axborotni, jumladan subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazish borasidagi ishlarga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etish kabi ishlarni amalga oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda «davlat xizmatlarining sirli mijozi» tomonidan monitoringni o‘tkazishning aniq maqsadlari, parametrlari, ob’ektlari va mezonlarini nazarda tutuvchi tartib asosida o‘z faoliyatini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro reytinglar indikatorlari doirasida o‘tkazilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi axborotlarning ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlab berish kabi vazifalarni bajarib boradi.
Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va o‘zgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilayotganiga qaramasdan “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishiga, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishga to‘sqinlik qiluvchi qator muammolar saqlanib qolmoqda. Mazkur muammolarni hal etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi tashkil etildi. Ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integrallashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligi oshib bordi.
.


  1. Download 35,62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish