Banklarning kelib chiqishi va uning mohiyati
Bank deb pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Banklar paydo bo’lishining asosi bo’lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo’lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda banklarning ham bo’lishini taqozo qiladi.
Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o’z bo’sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo’lgan sub’ektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank so’zi italyancha «banca» so’zidan olingan bo’lib «stol», aniqrog’i «pullik stol» degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustiga qo’yib hisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o’z ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u o’tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», yani bankrot deb atashgan. Ya’ni, bizga ma’lum bo’lgan «bankrot» so’zi ham italyancha«banca» so’zidan olingan.
Banklar paydo bo’lishining boshlang’ich nuqtasi bo’lib XVI asrda Florentsiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda (1605 y.), Gamburgdagi (1618 y.), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o’z mijozlari-savdogarlarga xizmat qilgan, ular o’rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o’z mijozlarini monetalar tarkibi buzulishi tufayli zarar ko’rishdan himoya qilgan. Ular hisoblarni ma’lum summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul birligida olib borishgan o’zlarining bo’sh pul mablag’larini jirobanklar davlatga, shaharlarga, chet el savdogarlariga ssudaga berishgan Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltin (oltinni saqlab berish) bilan Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanib, u 1694 yilda aktsioner bank sifatida tashkil bo’lgan. Bu bank aktsioner-emission bank bo’lib, unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. Keyinchalik sanoat rivojlanish natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilinib borgan. Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog’liq harajatlar va talablarning oshishi, savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan bog’liq bo’lgan. Natural xo’jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo’l ochdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatni jalb qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun xaqning pul shaklida to’lanishi, doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi. Pul aylanishini esa bank tomonidan boshqarish zarur edi. Shunday qilib, banklar mablag’larni yig’ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli o’laroq bankir tadbirkor sifatida o’z ish faoliyatini olib borgan.
Agar sanoat sohasidagi puldor o’z kapitalini sanoatga, savdogar o’z mablag’ini savdoga qo’ysa, bankir o’z kapitalini bank ishiga qo’yadi. Suda kapitalisti asosan o’z bo’sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larga tayanadi. Ssudaga mablag’ beruvchi puldorning daromadi ssuda foizi bo’lsa, bankirning daromadi bank foydasi hisoblanadi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo’sh pullarini jalb qilish orqali katta hajmdagi kapitalni o’z qo’llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital harakatini boshqarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar - kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |