–
notirik tabiatda in’ikos;
–
tirik tabiatda in’ikos;
–
psixik in’ikos;
–
ong.
In’ikosning quyi shakli – notirik tabiatdagi in’ikos hisoblanadi,oliy shakli esa – ongdir.
Notirik tabiatdagi in’ikos – ong vujudga kelishining asosidir. Noorganik tabiatdagi in’ikos
fizikaviy – ximiyaviy o‘zgarishlarning majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi. In’ikosning asosiy
xususiyati – uning faolligidir. In’ikosning faolligi notirik tabiatda ham uchraydi. Inson ongida
in’ikos faolligi o‘zining oliy shakliga erishadi.
Tirik tabiatda biologik in’ikosning shakli bu seskanish (sezgi)dir. Sezgi o‘simliklarda ham
mavjuddir, u o‘simliklar faolligini ta’minlaydi. Masalan, kungaboqarning nurga nisbatan
tovlanishi yoki chivintutarning gulga qo‘ngan hasharotlarni ushlashi. O‘simliklar har qanday
omillar ta’siriga javob bermaydi, balki biologik ahamiyatga ega bo‘lganlarigagina javob beradi.
Shu bilan birga o‘simliklar bu omillarni izlamaydi, agar ular bevosita organizmga ta’sir qilmasa.
Masalan: O‘simlik o‘ziga bevosita qaratilmagan nurga e’tibor bermaydi. O‘simliklarni faolligi
qanchalik sodda bo‘lmasin, ular uchun yetarlidir.
Hayvonot dunyosi vujudga kelgandan keyin xatti-harakat ham shakllangan. Hayvonlar xatti-
harakati tufayli o‘ziga zarur bo‘lgan
narsalarni topib olishgan. Buning natijasida in’ikos shakli ham o‘zgargan. Masalan: bir hujayrali
organizmlarni trubkadagi suvga solib uni bir tomonini qizdirsak, issiqqa ta’sirlanuvchi bir
hujayrali organizmlar trubkaning qizdirilgan tomoniga o‘tadi, ya’ni ta’sir qilayotgan narsaga
nisbatan aks ta’sir paydo bo‘lyapti.
Tirik organizmlar rivojining yuqoriroq bosqichida endi ta’sir qilayotgan narsaga yaqinlashish
yoki uzoqlashish bilan cheklanib qolinmaydi. Tashqi ta’sirni qabul qilgan hayvon turi murakkab
harakatlarni bajara boshlaydi. Bu xatti-harakatlarda maqsadga muvofiqlik paydo bo‘ladi. Ularni
biz instinktiv xatti-harakatlar deymiz. Instinkt bir turni hammasiga taalluqli bo‘lgan avloddan-
avlodga beriladigan murakkab xatti-harakatlardir. U oddiy psixik in’ikos, sezgini vujudga kelishi
bilan bog‘liq. Tirik mavjudotlar sezgilar yordamida predmetlarning alohida xususiyatlarini aks
ettira borgan. Masalan: Pashsha suvni yaltillashini, qurbaqa hasharotlarni
harakatlanishini
sezadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, instinkt ma’lum bir tor sharoitlardamaqsadga muvofiq
bo‘ladi. Sharoit o‘zgarishi bilan hayvon faoliyatidagi maqsadga muvofiqlik yo‘qoladi. Agar suv
sathini oyna bilan almashtirsak ham pashsha urug‘ qo‘yaveradi. Agar asalari qurgan inini tagini
teshib qo‘ysak ham ular asal bilan to‘ldiraveradi.
Keyinchalik hayvonlarda hissiy qabul qilish paydo bo‘lgan. Hissiy qabul qilish tufayli hayvonlar
narsa va hodisalarni to‘laligicha, jamlikda, uning shakli va kattaligini ham aks ettiradi.
Taraqqiyotni yanada yuqoriroq bosqichida hayvonlar tashqi olamdagi predmetlararo murakkab
munosabatlarni ham aks ettira boshlagan. Bu hayvonlardagi tafakkurning elementi hisoblanadi.
Ushbu hodisani olimlar maymunlar ustida o‘tkazishgan tajribasida kuzatishgan. Oldin qafas
ichida maymunni qo‘li yetmaydigan qilib primanka qo‘yishgan. Maymun primankani qo‘li bilan
olishga harakat qiladi. Qo‘liyetmagach, tayoq yordamida primankani oladi. Tajribani davom
etkazishib, primankani tayoq bilan ham yetmaydigan joyga qo‘yishadi. Shunda maymun yana
boshqa tayoq topib, ularni bir-biriga ulab primankani olishga harakat qiladi. Ushbu murakkab
harakat murakkab holatning in’ikosidir. Maymun primanka, bambuk tayoqchalar, o‘zinikatagi va
xatti-harakati o‘rtasidagi munosabatni tushunmaganda, yuqoridagi murakkab harakatni amalga
oshirmagan bo‘lar edi.
Shu ma’noda in’ikos hamma joyda mavjud. Ayni paytda har bir holatda u o‘ziga xos
xususiyatga egadir.
Chunonchi,
notirik tabiatdagi
in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan tubdan farq qiladi. Notirik tabiatda in’ikos
oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab xarakter kasb etadi. Shu bilan birga, notirik
tabiatda in’ikos sustligi, tirik tabiatda esa, faolligi bilan ajralib turadi. Tirik tabiatdain’ikos tashqi
ta’sir natijalaridan faol foydalanishni keltirib chiqaruvchi axborotli in’ikos shaklini oladi.
Ayni paytda axborotli in’ikosning o‘zi tirik tabiatning har bir darajasida yanada murakkablashib,
o‘ziga xoslik kasb etadi. Mana shunday murakkablashuv jarayoni psixik in’ikosning
shakllanishiga zamin yaratdi.
Aynan psixik in’ikos darajasida voqelikka faol munosabat ham shakllanadi, in’ikosning ilgarilab
borishidan esa, o‘z navbatida, uning o‘ziga xos, yuqori shakli bo‘lgan ongning paydo bo‘lishiga
imkoniyat yaratdi.
Ong vujudga kelishi uchun faqat biologik qonunlarning o‘zi yetarli emas. Yangi predmetli-
amaliy faoliyat – mehnat zarurdir. Mehnat qilish jarayonida inson ongi shakllana boshlagan.
Mehnat inson va tabiat o‘rtasida amalga oshadigan jarayondir. Bu jarayonda inson modda
almashinuvini boshqaradi va nazorat qiladi. Moddiy faoliyat asosida inson ongi o‘sadi. Mehnat
jarayonida rivojlangan qo‘l butun organizmni, shu jumladan miyaning ham takomillashuviga
ta’sir ko‘rsatgan. Mehnat faoliyati ta’sirida miyaning rivojlanib borishi munosabati bilan
insonningsezgi a’zolari ham takomillashib borgan. Masalan: badan bilan sezish tobora aniqroq va
nozikroq bo‘lib borgan, quloq inson nutqining eng nozik tafovutlari va o‘xshashliklarini
eshitishga qodir bo‘lgan. Ko‘z o‘tkirroq ko‘radigan bo‘ldi.
Ongning tarkibi qanday? Inson ongi nafaqat tabiat mahsuli, balki jamiyat mahsuli hamdir.
Shuning uchun ong murakkab tarkibga, tuzilishga ega.
Har xil bilimlar, ehtiyojlar, his-tuyg‘ular ong tarkibiga kiradi. Ongning asosini bilimlar tashkil
qiladi. Ongning tarkibi bir butun tizimnitashkil qiladi, ya’ni alohida elementlardan tashkil topgan
tizimdir. Uning elementlari o‘zaro qonuniy munosabatlarda bo‘lishadi.
Sezgi, hissiy qabul qilish (idrok), tasavvur, tushuncha, tafakkur ongning yadrosini tashkil qiladi.
Ongning asosiy funksiyasi inson xatti-harakatlarini xayolan boshqarish, tartiblashtirish, ularni
ketma-ketligini nazorat qilish va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan xatti-harakatlarni
loyihalashtirishdir.
Ongning shakllari: fikr, shubha, e’tiqod, ishonch, bilim.
Do'stlaringiz bilan baham: