2.3 Mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta`minlash va uni mustahkamlash yo`llari.
Ma’lumki, makroiqtisodiy barqarorlik deyilganda - mamlakatda asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: yalpi ichki mahsulotning real o’sishi, inflyatsiya,
valyuta kursi, ishsizlik darajasi, to’lov balansi va boshqalarning muvozanati
buzilmasdan iqtisodiyotning barqaror holda rivojlanishi tushuniladi.
Moliyaviy barqarorlik esa – mamlakatda valyuta kursi, foiz stavkalari, bank
tizimi, moliya, pul va valyuta bozorlarining, soliq-byudjet sohasining jiddiy
tebranishlarga uchramasdan, o’zaro aloqadorlikda rivojlanishidir. Bunda moliyaviy
barqarorlikning eng asosiy shartlaridan biri milliy valyuta kursi boshqa xorijiy
valyutalarga nisbatan barqaror bo’lishi kerak.Tarixdan ma’lumki, mamlakatda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosi har bir davlat uchun Hukumat tomonidan olib boriladigan iqtisodiy siyosatidagi eng muhim, o’ta mas’uliyatli va murakkab vazifa bo’lib kelgan. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki bosqichida har bir mamlakat, xususan MDH davlatlari kabi O’zbekiston ham ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya darajasining o’sishi, giperinflyatsiya jarayonlari, moliyaviy mablag’lar etishmasligi, byudjet taqchilligi, to’lov balansi muvozanatining buzilishi kabi makroiqtisodiy muammolarga duch kelgan va bartaraf etgan. Iqtisodiyotdagi bunday salbiy holatlarni bartaraf etish uchun har qanday mamlakat hukumati har doim iqtisodiyotni barqarorlashtirishda aniq maqsadlarga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Buning uchun Hukumat pulkredit va soliq-byudjet siyosatini davlat makroiqtisodiy siyosatida belgilangan aniq maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashtiradi.
Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, ishlab chiqarishning pasayishini
to’xtatish, inflyatsiya darajasini jilovlash va uni keskin pasaytirish hamda
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdek mas’uliyatli maqsadga qisqa vaqtda
erishib bo’lmaydi. Ushbu maqsadga bir necha yillar davomida qator islohotlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirish orqaligina erishiladi. Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish uchun, har doim ham qisman amalga oshiriladigan islohotlar yoki alohida olingan pul-kredit va fiscal siyosatining ta’siri etarli deb bo’lmaydi, albatta. Buning uchun hukumat tomonidan aniq maqsadlarga yo’naltirilgan qator
tuzilmaviy va iqtisodiy islohotlarni qamrab oluvchi makroiqtisodiy
barqarorlashtirish dasturi majmuasi ishlab chiqilishi hamda uni muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi zarur.
Hukumat tomonidan belgilangan maqsad va vazifalarga erishish uchun
ishlab chiqilgan makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturi quyidagi choratadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi:
• institutsional islohotlar;
• narxlarni erkinlashtirish;
• xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni isloh qilish;
• moliya tizimini isloh qilish;
• zamonaviy to’lov tizimini yaratish;
• qimmatli qog’ozlar bozorini yaratish;
• iqtisodiy siyosatning va moliya tizimining ochiqligini ta’minlash;
• mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini
jadallashtirish;
• iqtisodiyot real sohasini tubdan o’zgartirish;
• bozor infratuzilmasini to’liq shakllantirish va boshqalar.
Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida
iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish jarayonlari tezlashadi hamda bozor
infratuzilmasi va mexanizmlari to’liq ishlaydigan iqtisodiyotga asos solinadi.
O’z navbatida, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan
bosqichlardan iborat bo’lib, jamiyatning barcha sohalarida islohotlarni amalga
oshirishni taqazo etadi. Xususan, bozor iqtisodiyotiga o’tish:
iqtisodiy faoliyatni, baholar va bozorlarning amal qilishini,
mablag’larni eng yuqori samaradorlik bilan ishlatilishini ko’zda tutgan holda
erkinlashtirishni;
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va moliya bozorlarini
rivojlantirishga mo’ljallangan bilvosita vositalarni yaratishni;
• xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni samarali boshqarishni ta’minlash va
cheklovlarini o’rnatishni;
• qonun ustuvorligi, mulkdorlik huquqini va bozorga kirish
qoidalarining soddaligini ta’minlash bo’yicha tashkiliy va xuquqiy asosni
yaratishni nazarda tutadi.
Jahon iqtisodiy kon’yunkturasining, xususan jahon bozoridagi talab va
taklifning o’zgarishi yoxud neft, oltin, paxta, gaz va boshqa nodir metallar
narxining keskin o’zgarishi har qanday davlat iqtisodiyotiga eksport-import orqali
o’z ta’sirini o’tkazadi. Bu esa mamlakatda makroiqtisodiy muvozanatning buzilishiga va ma’lum makroiqtisodiy muammolarning paydo bo’lishiga olib keladi. Ushbu qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun davlatlar iqtisodiy islohotlar bo’yicha
makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturlariga tegishli tuzatishlar va o’zgartirishlar kiritadilar. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda Hukumat
Markaziy bank va Moliya vazirligining faoliyatini mamlakatda amalga
oshirilayotgan tuzilmaviy va iqtisodiy islohotlarning maqsadlariga mos holda
muvofiqlashtiradi. Bunda Markaziy bank va Moliya vazirligi o’z vazifalari va strategiyalarini belgilab oladi hamda qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Shu sababli, Davlat siyosatining maqsadlaridan kelib chiqqan holda Markaziy bank, o’z navbatida, pul-kredit siyosati va valyuta kursi yo’nalishida o’zining aniq strategiyasini belgilab olishi lozim
Monetar siyosatning makroiqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorligini
ta’minlashdagi ahamiyati, avvalo, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va
inflyatsiya darajasining oshishiga yo’l qo’ymaslikda namoyon bo’ladi.
Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining yuqori ekanligi importning
qimmatlashishiga olib keladi va buning natijasida investitsiya me’yorining
pasayishi yuz berishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘zining milliy ramzlari va iqtisodiy atributlariga ega bo‘ldi. Natijada, biz o‘z milliy valyutamiz, byudjetimiz va to‘lov balansimiz orqali makroiqtisodiy barqarorlik sari yo‘naltirilgan siyosatimizni olib borish imkoniyati yaratildi.
O‘tgan 1991-2014 yillar mobaynida olib borilgan izchil makroiqtisodiy siyosat natijasida ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 2014 yilda 1991 yil darajasidan sezilarli darajada oshdi, inflyatsiya darajasi 2003 yildan e'tiboran bir xonali raqam darajasigacha pasaytirilib, 2014 yilda 6,1%gacha qisqardi, ikki darajali mustahkam bank tizimi yaratildi, xorijiy operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutamizni erkin almashtirilish ta'minlandi, tashqi qarz hajmi YAIMga nisbatan 14,2%gacha tushirildi.
Har qanday mamlakatda, shu jumladan rivojlangan mamlakatlarda ham, olib borilayotgan iqtisodiy siyosatni yanada mukammallashtirish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi, shuning uchun siyosiy qarorlarni qabul qiluvchi mansabdor shaxslar vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan bu imkoniyatlarni yuzaga chiqarishni talab qiladilar.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda iqtisodchilar ushbu vazifani yechish borasida makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini uyg‘unlashtiradigan moliyaviy dasturlash uslubidan unumli foydalanib kelmoqdalar. Afsuski, respublikamizda shu yo‘nalishda o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan bo‘lsada, u iqtisod sohasidagi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga kiritilmagan (magistraturaning statistika ixtisosligidan tashqari).
O‘zbekiston Respublikasida ham xorijiy mamlakatlarda o‘z malakasini oshirib qaytgan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bank mutaxassislari tomonidan amaliyotda ushbu ishlar olib borilmoqda. Ular tomonidan amaliy ish jarayonida to‘plangan tajribalarga asoslanib, ikki marta o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan (dastlab Bank-moliya akademiyasida, so‘ngra Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida).
Moliyaviy dasturlash kursi barcha rivojlangan mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiyot, statistika, bank, moliya va soliq yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlik o‘quv dasturlariga kiritilganligini inobatga olib, respublikamizda ham ushbu kursning o‘qitilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Moliyaviy dasturlash kursini o‘rganishdan maqsad magistrantlarni xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan makroiqtisodiy barqarorlashtirish uslubiyati, makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini o‘zaro uyg‘unligini ta'minlash yo‘llari bilan tanishtirish va natijada iqtisodiy o‘sishni ta'minlaydigan va o‘zaro uzviy bog‘langan belgilangan maqsadlarga erishish yo‘llarini tanlashga o‘rgatishdir.
Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni qisqa muddatga prognoz qilishda (odatda bir yilga), dastavval makroiqtisodiy agregatlarga (yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi, inflyatsiya darajasi, yig‘ma byudjet va to‘lov balansi kamomadi hamda pul-kredit statistikasining ko‘rsatkichlari) ko‘zlangan maqsadni ifodalovchi parametrlari belgilab olinadi.
Ba'zi hollarda maqsad qilib olingan bir ko‘rsatkich darajasi belgilangan ikkinchi ko‘rsatkich darajasiga mos kelmasligi mumkin. Masalan, davlatning kapital qo‘yilmalari asosida iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish maqsadi inflyatsiya va davlat byudjeti kamomadini past darajada saqlash maqsadiga zid bo‘lishi mumkin. Shuning uchun oqilona prognoz ishlarini tashkil qilishda iqtisodiy faoliyatning turli yo‘nalishlari orasidagi (korxona, bank, hukumat va tashqi dunyo sektorlari) uyg‘unlikni ta'minlash eng asosiy shart va maqsad hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda bunday uyg‘unlik umumlashtiruvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zaro bog‘langan holda belgilangan maqsadlarga erishish masalalari moliyaviy dasturlash usuli asosida amalga oshiriladi.
Barcha mamlakatlar singari O‘zbekiston Respublikasida ham makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qisqa muddatli prognozlarini tuzishda turli manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borib, moliyaviy dasturlash uslubiyatlaridan har tomonlama foydalanadilar.
Asosiy maqsad - pul-kredit statistikasi (PKS), milliy hisoblar tizimi (MHT), to‘lov balansi (TB) va davlat moliyasi statistikasi (DMS) ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning naqadar uyg‘unlashganligini ko‘rib chiqishdir.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun moliyaviy oqimlar matritsasi tuzilishi lozim. Uning asosida milliy va halqaro miqyosda taqqoslamalikni ta'minlaydigan axborotlar olinadi; makrodarajada iqtisodiy axborotlar tahlil qilinib, zarur iqtisodiy siyosat olib borilishi uchun chora-tadbirlar belgilanadi.
Moliyaviy faoliyat to‘g‘risidagi ma'lumotlar moliyaviy va iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, amalga oshirish va uni nazorat qilish, hamda makroiqtisodiy tahlil va izlanishlar uchun zarurdir, chunki iqtisodiy siyosatning belgilangan maqsadlariga erishish uchun u yoki bu iqtisodiy choralarni qo‘llashda ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqliklar hisobga olinishi lozim.
O‘zaro bog‘liqliklar oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Biroq ular qanday bo‘lmasin moliya tizimiga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy aktivlariga, ishlab chiqaradigan tovar va xizmatlarining hajmiga ta'sir o‘tkazishi mumkin.
O‘zaro ta'sir moliyaviy ko‘rsatkichlarga iqtisodiy choralarning bevosita ta'siri yoki nomoliyaviy xarakterdagi, masalan, normativ-xujjatlar yoki soliq-byudjet siyosatidagi choralar orqali bilvosita sodir bo‘lishi mumkin.
O‘zaro aloqalar vaqt o‘tishi bilan boshqa omillar hisobiga ham o‘zgarishi mumkin, xususan normativ hujjatlar va olib borilayotgan iqtisodiy yo‘nalishlar, texnologik rivojlanish, amaldagi valyuta kursi rejimi, bozor tuzilmasi va ichki moliyaviy bozorlar orasidagi raqobat bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar; axborot va operatsion harajatlar, qimmatbaho qog‘ozlar portfelini boshqarish nuqtai nazaridan moliyaviy aktivlarga talabning o‘zgarishi; moliviy vositalar va moliyaviy muassasalardagi yangiliklar.
Biroq, moliyaviy holat tez va keskin o‘zgarib turadigan holatlarda, masalan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz yoki tezkorlik bilan moliyaviy yangiliklarning joriy qilinishi davrlarida o‘zaro aloqalarni normativ, hisob va texnik holatlar hamda valyuta tizimini hisobga oluvchi sifat usubiyatlari yordamida baholash mumkin.
Uslubiyot operatsiyalarni tasniflash va iqtisodiyotni sektorlarga ajratishdagi bog‘liqliklar, tushunchalar va tamoyillarni qamrab oladi. Bu esa, o‘z navbatida, moliyaviy hisob va hisobotlarni zarur ketma-ketlikda tashkil qilishga imkon beradi. Metodik qarashlar iqtisodiy siyosatning pirovard maqsadlari bilan davlat boshqaruv idoralarining ixtiyorida bo‘lgan xalqaro statistika andozalariga mos keluvchi vositalar orasidagi bog‘liqliklarni ifodalashi zarur.
Moliyaviy siyosatning samaradorligi uning ma'lum iqtisodiy siyosatni olib borilishi natijasida pirovard belgilangan natijalarga erishishdagi ta'siri bilan baholanadi. Ushbu siyosatning pirovard belgilangan natijalari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlarni keltirish mumkin: inflyatsiya; iqtisodiy o‘sish va aholining ish bilan bandligi; to‘lov balansi; sektorlarning iqtisodiy xulqi (masalan, davlat qarzi, xususiy sektorga kreditlar); makroiqtisodiy me'yorlarning bajarilishi va tizimning barqarorligi.
Moliya to‘g‘risidagi statistik axborot iqtisodiy rivojlanishga ta'sir o‘tkazadigan quyidagi moliyaviy vositalarni qamrab oladi: pul-kredit siyosatining vositalari (masalan, majburiy zahiralar, aktivlarning likvidlik koeffitsiyentlari, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va h.k.); hukumat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy chora-tadbirlar; normativ qoidalar; valyuta kursi; foiz stavkalari.
Amaldagi moliya tizimining samaradorligi umuman iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, iqtisodiy o‘sish uchun zarur sharoitlarni yaratishi yoki iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtirishi va ortiqcha harajatlarga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Iqtisodiyot nomoliyaviy sektorlar faoliyatining samaradorligi ularga moliya tizimi tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlarning miqdori va sifatiga uzviy bog‘liqdir. Bunday xizmatlar sirasiga: savdoni rivojlantirish uchun hisob-kitob operatsiyalarini bajarish; saldolash (netting) va o‘zaro hisobga olishlar (kliring); depozitlarni qabul qilish va boshqa majburiyatlarni olish; kreditlar bilan ta'minlash; likvidlikni ta'minlash; nomoliyaviy sektorga ularning o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarishlari uchun kafolatlar berish.
Iqtisodiyotning har bir sektorida mablag‘lar jamg‘arilishi mumkin. Jamg‘arish hamda kapital scheti bo‘yicha operatsiyalar sof kreditlash hajmini hosil qiladi. Bunda ba'zi iqtisodiyot sektorlari yoki sektorchalari netto-kreditor bo‘lsalar, boshqalari netto-qarz oluvchilar bo‘ladilar. Moliyaviy operatsiyalarning olib borilishi natijasida u yoki bu sektorda ortiqcha moliyaviy resurslar shakllanganda, resurs egalari moliviy resurslarni boshqa sektorlar ixtiyoriga berishlari mumkin. MHTdagi moliyaviy schet netto-qarz oluvchi sektorlarning o‘zlariga kerak bo‘lgan moliyaviy resurslarni moliyaviy majburiyatlar qabul qilish yoki o‘z moliyaviy resurslarini qisqartirish hisobiga shakllantirishlarini ifodalasa, netto-kreditor sektorlarning ortiqcha resurslarini moliyaviy aktivlarni sotib olish yoki majburiyatlarini qisqartirish hisobiga joylashtirishini ifodalaydi. MHTdagi moliyaviy schetga qo‘shimcha tarzda tuziladigan moliyaviy oqimlar matritsasida moliyaviy vositalar turlari bo‘yicha qarzdor va kreditor sektorlarning moliyaviy munosabatlari ifodalanadi. Moliyaviy operatsiyalar har qanday institutsional birlik faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib hisoblansada, har qanday mamlakat iqtisodiyotida moliyaviy faoliyatning asosiy salmog‘i moliyaviy vositachilar, xususan depozit banklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Demak, banklarning moliyaviy operatsiyalari va balanslari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘rganish natijasida moliyaviy tizimning rivojlanishiga baho berish mumkin bo‘ladi. Banklar axborotining yana bir boshqa ustunlik tomoni shundan iboratki, banklardagi axborotlarni o‘z vaqtida yetarli hajmda olish imkoni bo‘ladi va ko‘pgina hollarda boshqa sektorlardagi ma'lumotlarga nisbatan ishonchlilik darajasi ancha yuqori bo‘ladi.
Bank sharxi “moliya tashkilotlari” sektorining bank sektorchasiga taalluqli hisobotlari shakllari asosida tuzilib, MHTning talablaridan kelib chiqqanligi uchun pul-kredit tizimini tahlil qilishda katta amaliy ahamiyatga egadir.
Bank sharhida bank ko‘rsatkichlaridan tashqari markaziy hukumat faoliyatiga tegishli bo‘lgan pul emissiyasi, xalqaro zahiralarni boshqarish va XVJ bilan olib boriladigan operatsiyalar ham qamrab olinadi.
Har qanday moliyaviy agregat (ko‘rsatkich) bir vaqtning o‘zida bir institutsional birliklar guruhining moliyaviy aktivlari va boshqalarining esa moliyaviy majburiyatlarini ifodalaydi.
Umuman olganda “pul” ko‘rsatkichiga ma'lum institutsional birliklar guruhlarining moliyaviy aktivlari to‘plami sifatida qaralib, ular muomala yoki jamg‘arish vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday institutsional birliklar guruhiga pullarga egalik qiluvchi ”egalik sektori” deb qaraladi. Nomoliyaviy xususiy sektorning pul aktivlari bilan nominal yalpi ichki mahsulot (YAIM) va inflyatsiya darajasi orasida ma'lum bog‘liqlik mavjud. Demak, pulga egalik qiluvchi sektor sifatida nomoliyaviy xususiy sektor qaralishi mumkin. Uning aktivlariga boshqa sektorlarning majburiyatlari yoki tashqi dunyo mamlakatlarining majburiyatlari kirishi mumkin.
Agar “pul”ga banklarning majburiyatlari to‘plami sifatida qaraladigan bo‘lsa, banklarning iqtisodiy xulqi pul massasi bilan kredit aloqasiga ta'sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, moliyaviy dasturlash yordamida iqtisodiyot sektorlari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni makrodarajada ifodalovchi quyidagi buxgalterlik ayniyatlarini tuzish, va ular asosida muhim qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
Xulosa
Monetarizm - bu davlatni iqtisodiy boshqarishning iqtisodiy nazariyasi va amaliy kontseptsiyasi bo'lib, unga ko'ra muomaladagi pul miqdori va pul va pul o'rtasidagi munosabatlar hal qiluvchi rol o'ynaydi. tovar og'irligi. asosiy yo'l Iqtisodiyotga ta'siri - chiqindilarni tartibga solish, valyuta kursi milliy - pul birligi, kredit foizlari, soliq stavkasi, bojxona tariflari.
Rivojlanishga katta hissa qo'shgan iqtisodiy nazariya 20-asrda monetarizm amerikalik Milton Fridman tomonidan kiritilgan. M. Fridman tomonidan taklif qilingan pul tahlili iqtisodiy siyosat esa yuksak qadrlanadi va ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra, uning dunyoqarashi kengligiga ko‘ra, 20-asr iqtisodchilari orasida faqat Keynsgina unga raqib bo‘la oladi.
Milton Fridman (ing. Milton Friedman; 1912 yil 31 iyul (19120731), Bruklin, Nyu-York, AQSH — 2006.16.16, San-Fransisko, AQSH) — amerikalik iqtisodchi, laureat Nobel mukofoti 1976 yil "Iste'molni tahlil qilish, pul muomalasi tarixi va pul-kredit nazariyasi rivojlanishidagi yutuqlari va iqtisodiyotni barqarorlashtirish siyosatining murakkabligini amaliy ko'rsatgani uchun". Jahon shon-shuhratini unga, birinchi navbatda, monetaristik mavzulardagi asarlar olib keldi. Ular orasida uning muharrirligida nashr etilgan maqolalar to'plami "Pulning miqdor nazariyasi sohasidagi tadqiqotlar" (1956) va Anna Shvarts bilan hamkorlikda nashr etilgan "Tarix" kitobi. pul tizimi AQSH, 1867--1960" (1963). Fridmanning monetar konsepsiyasi deyarli hamma joyda, ayniqsa, keyingi davrda inflyatsiyaning kuchayishi tufayli "pulning qayta kashf etilishi"ga olib keldi.
M.Fridman eng yangi miqdor nazariyasini ishlab chiqarish, nominal daromad yoki narxlar nazariyasi emas, balki pulga talab nazariyasi sifatida belgiladi.
Asosan makroiqtisodiy bog'liqliklarni, birinchi navbatda pul massasining bir qator muhim iqtisodiy ko'rsatkichlarga bog'liqligini o'rganish bilan birga, mikroiqtisodiy jihatlarga katta e'tibor qaratildi. Ular uchun makroiqtisodiy pul talabi funksiyasi alohida funksiyalarni qo‘shish natijasi bo‘lib, Kembrij tenglamasiga o‘xshash shaklda berilgan. M.Fridman va uning hamkasblari pulning aylanish tezligining doimiyligi masalasini emas, balki pul talabi funksiyasining barqarorligi masalasini muhokama qilganliklari bejiz emas, garchi pul talabining yalpi funksiyasi ko‘pincha aylanish tezligi sifatida ifodalanishi mumkin. puldan.
M.Fridman va uning hamkasblari quyidagi savollarni ko'rib chiqdilar: pulga talab funktsiyasining barqarorligi va bu savolning bir qismi sifatida foizning pul muomalasi tezligiga ta'siri; kechikishlar haqida, ya'ni. pul massasining o'zgarishi iqtisodiy vaziyatning ayrim xususiyatlariga ta'sir qiladigan vaqt oralig'i (kechikishlar) haqida; pul massasining statistik ko'rsatkichlari haqida, ya'ni. ko'pchilikning qaysi biri haqida statistik ko'rsatkichlar pul massasidan foydalanish kerak va hokazo.
Birinchi savolga kelsak, pulni aktivlardan biri sifatida ko'rib, monetaristlar miqdor nazariyasini yanada kuchaytirishga muvaffaq bo'lishdi. umumiy shakl va shu bilan birga miqdor nazariyasi va likvidlikni afzal ko'rishning Keyns nazariyasini uyg'unlashtirish yo'lida qadam tashlaydi. Agar pul aktivlardan biri bo'lsa, u holda shaxsiy daromadning o'zgaruvchisi (yoki yaxshiroq, doimiy daromad) bilan bir qatorda pul talabi tenglamasiga ularni saqlash xarajatlarini aks ettiruvchi o'zgaruvchini kiritish kerak. Foiz mablag'larini investitsiya qilishning muqobil usullarining rentabelligini aks ettiruvchi o'zgaruvchi sifatida ushbu xarajatlarning eng adekvat xarakteristikasi hisoblanadi.
Biroq, keynschilar bilan murosa sodir bo'lmadi, chunki Keynsdan farqli o'laroq, M. Fridman foiz pulga bo'lgan talabga faqat juda oz miqdorda ta'sir qiladi, deb hisoblardi, ya'ni. foiz stavkasining o'zgarishi pulni pul bo'lmagan aktivlar bilan almashtirish jarayoniga sezilarli ta'sir ko'rsata olmaydi.
Kechikishlar muammosi, shubhasiz, nafaqat nazariy, balki katta amaliy ahamiyatga ega, chunki kechikishlarning hajmi va vaqt o'tishi bilan qanday taqsimlanishi pul massasida istalgan o'zgarishga erishish uchun qachon va qanday o'zgarishlar qilish kerakligini aniqlaydi. makroiqtisodiy xususiyatlar. Aniqlanishicha, pul massasi o'sish sur'atining o'zgarishi tsiklning yuqori burilish nuqtalarida iqtisodiy vaziyatning o'zgarishidan o'rtacha 16 taga, pastki qismida esa 12 oyga ustundir. Biroq, bu o'rtacha qiymatlardan og'ishlar sezilarli edi.
Ushbu va boshqa ba'zi tadqiqotlar bir nechta xulosalarga olib keldi. Birinchidan, pul miqdori bozorga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan omildir. Ikkinchidan, bu ta'sirning barqaror xususiyatlarini faqat uzoq davrlarga nisbatan olish mumkin. Uchinchidan, aynan pul muhimligi va kechikishlar o‘zgarmasligi sababli, pul-kredit siyosatining eng yaxshi strategiyasi uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga mos keladigan barqaror, o‘rtacha pul o‘sish sur’atini saqlab qolishdir. M. Fridman pul massasi o'sishining ushbu maqsadli parametrini yiliga 3-4% deb baholadi. Bu M.Fridmanning "pul qoidasi" deb ataladi.
Shunday qilib, monetarizm nazariyasining asosiy qoidalari:
1. Davlatning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchi roli pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanishi kerak;
2. Bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tizimdir. Nomutanosiblik va boshqa salbiy ko'rinishlar iqtisodiyotda davlatning haddan tashqari ko'p bo'lishi bilan bog'liq;
3. Pul massasi iste'molchilar, firmalar xarajatlari miqdoriga ta'sir qiladi. Pul massasining ko'payishi ishlab chiqarish hajmining o'sishiga, to'liq quvvatdan foydalangandan keyin esa narxlarning oshishiga va inflyatsiyaga olib keladi;
4. Inflyatsiyani har qanday vositalar bilan, shu jumladan pasaytirish orqali bostirish kerak ijtimoiy dasturlar;
5. Pulning o'sish sur'atini tanlashda pul massasining "mexanik" o'sishi qoidalariga amal qilish kerak, bu ikki omilni aks ettiradi: kutilayotgan inflyatsiya darajasi; ijtimoiy mahsulotning o'sish sur'ati.
6. Bozor iqtisodiyotining o'zini o'zi tartibga solish. Monetaristlarning fikricha, bozor iqtisodiyoti ichki tendentsiyalar tufayli barqarorlik va o'zini o'zi tartibga solishga intiladi. Agar nomutanosibliklar, buzilishlar bo'lsa, bu birinchi navbatda tashqi aralashuv natijasida yuzaga keladi. Ushbu qoida Keyns g'oyalariga qarshi qaratilgan bo'lib, uning davlat aralashuviga chaqiruvi, monetaristlarning fikriga ko'ra, iqtisodiy rivojlanishning normal yo'nalishini buzishga olib keladi.
7. Davlat nazorat qiluvchi organlarining soni minimal darajaga qisqartiriladi. Soliq va byudjetni tartibga solishning roli chiqarib tashlanadi yoki kamayadi.
8. Iqtisodiy hayotga ta'sir etuvchi asosiy regulyator sifatida "pul impulslari" - muntazam pul emissiyasi bo'lib xizmat qiladi. Monetaristlar pul miqdorining o'zgarishi bilan iqtisodiyotning tsiklik rivojlanishi o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadilar. Bu fikr 1963 yilda amerikalik iqtisodchilar Milton Fridman va Anna Shvarts tomonidan chop etilgan “AQShning pul tarixi, 1867-1960 yillar” kitobida asoslab berilgan. Haqiqiy ma'lumotlarni tahlil qilish asosida bu erda biznes tsiklining u yoki bu bosqichining keyingi boshlanishi pul massasining o'sish sur'atlariga bog'liq degan xulosaga keldi. Xususan, pul etishmasligi depressiyaning asosiy sababidir. Bundan kelib chiqqan holda, monetaristlar davlat doimiy pul emissiyasini ta'minlashi kerak, deb hisoblashadi, uning qiymati ijtimoiy mahsulotning o'sish sur'atlariga mos keladi.
9. Qisqa muddatli pul-kredit siyosatini rad etish. Pul massasining o'zgarishi iqtisodga darhol ta'sir qilmasdan, balki biroz kechikish (lag) bilan qisqa muddatli usullardan kelib chiqqanligi sababli. iqtisodiy tartibga solish, Keyns tomonidan taklif qilingan, iqtisodiyotga uzoq muddatli, doimiy ta'sir ko'rsatish uchun mo'ljallangan uzoq muddatli siyosat bilan almashtiriladi.
Monetarizmning iqtisodiy nazariyasi qoidalari va undan ham ko'proq uning amaliy qo'llanilishi iqtisodiyot va iqtisodiy siyosatdagi dramatik hodisalar fonida tadqiqotchilar va amaliyotchilarning e'tiborini tortdi: ishsizlikning bir vaqtning o'zida o'sishi bilan inflyatsiyaning kuchayishi, muvaffaqiyatsizlikka dosh berishga urinishlar. usullar bilan vaziyat bilan fiskal siyosat Keyns retseptlari ruhida, dollarni konvertatsiya qilishdan bosh tortish va qat'iy belgilangan valyuta kurslari tizimining qulashi natijasida pul tizimining beqarorligi kuchaygan.
Bu omillar ta'sirida monetarizmning o'zida ham o'zgarishlar yuz berdi.
1. Yangi yo'nalish - global monetarizm deb ataladigan yo'nalish shakllandi.
2. Empirik tadqiqotlar yangi chegaraga ko‘tarildi – eng muhim makroiqtisodiy bog‘liqliklarning, birinchi navbatda, u yoki bu shaklda pulning iqtisodiyotga ta’sirini aks ettiruvchi statistik tavsiflarni aniqlash imkonini beruvchi yirik ekonometrik modellar yaratildi. . Pul massasi, ishlab chiqarish, narxlar, foiz stavkalari va boshqalar o'rtasidagi munosabatlarning tabiati haqidagi monetaristik g'oyalarga muvofiq qurilgan bunday turdagi eng mashhur model Sent-Luis modeli deb ataladi.
3. Fridman modelni taklif qildi nominal daromad, bo'ldi nazariy asos monetarizm.
4. Amerika iqtisodchilari K.Bruner va A.Meltzer yuqoridagi shakldagi modellardan foydalanishdan voz kechib, uzatish mexanizmini - pul massasi o'zgarishining iqtisodiyotga ta'siri ketma-ketligini batafsil o'rganish maqsadida strukturaviy modellarga murojaat qildilar. . Shu bilan birga, ular portfeldagi har xil turdagi aktivlarni almashtirish jarayoniga alohida e'tibor qaratdilar xo'jalik yurituvchi sub'ektlar foiz stavkalarining o'zgarishiga javoban.
5. Adaptiv kutishlar gipotezasidan foydalanib, Fridmanning ishsizlikning tabiiy darajasi haqidagi gipotezasini Fillips egri chizig‘i bilan bog‘lashga urinishlar qilingan.
6. Ishsizlikning tabiiy darajasini belgilovchi omillar va unga qanday ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, inflyatsiyaga qarshi kurashning eng yaxshi strategiyasi haqida savol tug‘ildi. Bu masalalarni muhokama qilish jarayonida monetarizmning noortodoksal yoki inglizcha monetarizm deb ataladigan maxsus qanotini ifodalovchi bir qator iqtisodchilarning o'ziga xos pozitsiyasi aniqlandi.
1. Pul muomalasini o‘rganish va pulning miqdoriy nazariyasini yaratish (D. Yum, J. Mill), rasmiylashtirilgan matematik modellarni ishlab chiqish (I. Fisher, A. Marshall, A. Pigu), Keynschilarni obro‘sizlantirish. nazariya monetarizmning iqtisodiy nazariyasiga asos bo'ldi.
2. Umumlashtirilgan shakldagi monetarizm - bu nazariyalar bo'lib, ularni iqtisodiy tahlil qilishda pulning roliga alohida e'tibor beriladi. Pul tahlilning asosiy elementi, iqtisodiy prognozlashning asosi va davlat iqtisodiy siyosatining asosiy quroli sifatida qaraladi. Davlat tomonidan tartibga solish pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanishi kerak.
3. Monetaristik yondashuv bozorlar raqobatchi va bozor raqobati tizimi barqaror, o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi, ishlab chiqarish hajmini darajasida olishga intiladigan tizim ekanligiga asoslanadi. to'liq stavka. U resurslardan optimal foydalanish bilan dinamik muvozanat holati bilan tavsiflanadi.
4. Monetarizmning iqtisodiy nazariyasi doimo rivojlanib, takomillashib boradi. Nazariya qoidalari turli mamlakatlar olimlari va siyosatchilari tomonidan davlatning iqtisodiy siyosatini ishlab chiqishda o‘rganiladi va foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |