5. Yechim variantlarini ishlab chiqish. Tomonlar birga ishlashda har biri
yuzasidan harajatlar hisob-kitobi bilan, ehtimol tutilgan oqibatlarni hisobga olgan
holda bir necha yechim variantlarini taklif etadilar.
6. Kelishilgan qaror qabul qilish. O‘zaro muhokama qilinib, ehtimol
tutilgan bir qator variantlar ko‘rib chiqilganidan keyin, tomonlar o‘zaro bitimga
kelishi sharti bilan, bu umumiy qarorni yozma, ya’ni kommyunike, rezolyusiya,
hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma ko‘rinishida taqdim etish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |