Amaliy mashg’ulotlar


-mavzu: Dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalarga nisbatan



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/145
Sana02.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#136146
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   145
Bog'liq
2 5222031064809082337

7-mavzu: Dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalarga nisbatan 
konstruktiv yondashuv va uni loyihalash 
 
Reja: 


1. Dars jarayonida o‘quvchi faoliyatini nazorat qilish. 
          2.  Pedagogik-psixologik  muloqotdagi  shaxsga  bog‘liq  to‘siqlar  va  uni 
bartaraf etish yo‘llari 
       3. Tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv va uni loyihalash. 
    
Tayanch so‘z va iboralar: 
 
Salbiy intizom, konstruktiv ta’sir etish, ijobiy munosabat, tashxis muammosi, 
motivatsiya,  iste’dod,  pedagogik-psixologik  xizmat,  imkoniyati  cheklangan, 
tarbiyasi  qiyin,  layoqat,  mediatsiya,  vositachilik,  mediator,  neytral,  mahfiy 
(konfiditsial),  konflikt  yechimi,  kelishuv  jarayoni,  xalqaro,  milliy,  huquqiy, 
ekologik, shaxsiy konfliktlar, bahs. 
 
Dars  jarayonida  o‘quvchi  faoliyatini  nazorat  qilish  va  baholashning  eng 
samarali  mexanizmlarini  izlab  topish  va  qo‘llash,  o‘quv-biluv  jarayonini 
modullashgan integral dasturlar, ta’limning modullashgan shakllari asosida tashkil 
etishga  erishish  ham  muhim  masalalardan  biridir.  O‘quvchi  faoliyatini 
individuallashtirish ning turli yo‘l va variantlarini ishlab chiqish va o‘quv jarayonida 
qo‘llash o‘qituvchi faoliyatida ham samaradorlikka erishish imkonini beradi. Agar, 
o‘quvchi  faoliyatida  to‘xtash  hollari  aniqlansa,  uni  tuzatish  yo‘llarini  izlash 
maqsadga  muvofiqdir.  Maktab  o‘quvchilarining  dars  intizomiga  salbiy 
munosabatdagi sifatlariga nisbatan konstruktiv ta’sir etish orqali ta’lim mazmunini 
modullashgan  shakllarini  amaliyotga  tatbiq  etish  istiqbolli  yo‘nalishlaridan 
hisoblanadi. 
Olimlar  va  tadqiqotchilar  ko‘proq  nazariy  masalalarni  hal  qilish,  umumiy 
qonun-qoidalarni  sharhlash,  tushuntirish  orqali  jamiyat  va  insoniyat  taraqqiyoti 
sabablarini  yoritishga  uringanlar.  Lekin  biz  uchun  ijtimoiy  taraqqiyot  va  inson 
tafakkuri  rifojlanishini  tezlashtiruvchi,  uning  davr  va  kishilar  ruhiga  hamohang 
tarzda kechishini ta’minlab beruvchi tatbiqiy xususiyatli ishlar va ilmiy izlanishlar 
zarur. Zero, mamlakatimizda ro‘y berayotgan tub ijtimoiy-siyosiy islohotlar aynan 
shuni talab qilmokda. Bunda e’tiborga loyiq dolzarb muammolardan biri-yoshlarda 
yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga 
ruhiy jihatdan tayyorlashdir. 
Bu  vazifani  ado  etishda  psixologiyaning  o‘rni  va  rolini  aniqlash,  tatbiqiy 
izlanishlarni  amalga  oshirish  va  ijtimoiy  psixologik  amaliyot  doirasida  ushbu 
vazifani  amalga  oshirish  yo‘llarini  topish  uchun  hozirgi  zamon  psixologiyasining 
asosiy tatbiqiy yo‘nalishlarini belgilashi maqsadga muvofiqdir. 
Hozirgi  davrda  psixologiyaning  dolzarbligi  va  uning  jamiyatdagi  sodir 
bo‘layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalar doirasini ham 


kengaytiradi. Uning asosiy-tatbiqiy amaliy sohalarga: sanoat-sotsial psixologiyasi, 
boshqaruv  psixologiyasi,  oilada  va  nikoh  borasidagi  sotsial-psixologik  ishlar, 
siyosat va iqtisodiyotni takomillashtirish muammolari, qonunbuzar likni oldini olish 
ehtiyoji hamda ommaviy axborot vositalari borasidagi amaliy vazifalar kiradi.  
Maktab  o‘quvchilarining  dars  intizomiga  salbiy  munosabatdagi  sifatlariga 
nisbatan  konstruktiv  (amaliy,  ishchan)  ta’sir  etishga  xos  umumiy  xususiyatlar 
mavjud, ularga: 
a)  o‘quvchi  sifatlariga  nisbatan  konstruktiv  ta’sir  etishning  bevosita  talab 
ehtiyojiga ko‘ra tashkil etilishi; 
b)  shu  yo‘nalishda  qilingan  tatbiqiy  ishlarning  «tili»  muammosining  borligi, 
ya’ni, professional til (jargon) bilan tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg‘unlik 
masalasi; 
v) amaliy ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab chiqish; 
g)  samaradorlik  mezonlarining  o‘ziga  xosligi,  ya’ni  bajarilgan  ishga  qarab 
samaradorlikni baholash; 
d)  «o‘qituvchi-amaliyotchi»  bilan  «o‘quvchi-nazariyotchi»  rollari  ning  aniq 
farqlanishi muammolari; 
ye)  salbiy  munosabatdagi  boladagi  xususiyatlarni  o‘rganib  chiqib,  ularga 
nisbatan munosabat bildirish; 
j)  o‘qituvchi-amaliyotchi  va  o‘quvchi-nazariyotchi  o‘rtasidagi  muomalani 
psixologik xususiyatlarini tashkillashtirish; 
z)  o‘quvchilarning  darsga  nisbatan  qiziqishlarini  oshirish  va  qobiliyatlariga 
qarab psixologik ta’sir etish; 
i) darsda bevosita ta’lim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlash.  
Yurtimizda  ma’naviyat  sohasidagi  islohotlar  va  amalga  oshirilgan  va 
oshirilayotgan  ishlarning  ahamiyati  shundaki,  ular  yoshlarda  o‘z  xalqining 
madaniyati,  Vatanining  o‘tmishi  va  buguni,  milliy  qadriyatlarga  to‘g‘ri 
munosabatlarning  shakllanishiga  sabab  bo‘ladi  va  bu  -  ziyoli,  bilimdon  kishilar 
uchun  eng  zarur  fazilatlardir.  Aks  holda  olam  siru-asrorlarini  chuqur  bilgan, 
qiziqishlari  doirasida  jiddiy  izlanishlar  olib  borishga  tayyor  shaxs,  agar  u,  bu 
bilimlarni  avval  o‘z  xalqi,  millati,  yaqinlari  manfaatiga  yo‘naltira  olmasa,  uning 
jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma’naviyati qashshoq, iqtidori 
esa samarasiz, xudbin shaxs sifatida baholanadi. 
Shuning  uchun  ham  yaqin  kelajakda  maktablarda  o‘quvchilar  uchun 
psixologlar tomonidan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tadqiqot tarkibiga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
1.  Darsga  salbiy  munosabatdagi  bolalar  o‘rtasidagi  vertikal  munosabatlarni 
o‘rganish (o‘qituvchiga bo‘lgan munosabatlari, darsdan qoniqishlari). 


2.  Darsga salbiy munosabatdagi bolalar o‘rtasidagi gorizontal munosabatlar, 
ya’ni  jamoaning  uyushganligi  shaxslararo  munosabat  larining  o‘ziga  xosligi  va 
ularning toifalari, ziddiyatlar ularning oldini olish choralari. 
3.  O‘qishga  va  mehnatga  munosabat,  undan  o‘quvchilar  darsdan  qanchalik 
qoniqishlari  va  uning  samaradorlik  ta’siri,  darsda  faoliyat  motivlari  amalga 
oshirilayotgan  faoliyatning  shaxsiy  va  ijtimoiy  foydali  jihatlarini  qay  darajada 
tasavvur qilishi va h.k. 
Psixologningyuqoridagi masalalarini o‘rganishi uchun tabiiy metodik vositalar 
zarur. Amaliyotchi psixolog oddiy kishidan shu tomonlari bilan farqqiladiki, u har 
bir yaqqol sharoitda o‘ziga kerakli maqbul uslublarni qo‘llaydi, ba’zi birlarini sinab 
ko‘radi,  agarda  ular  maqsadga  muvofiq  bo‘lmasa,  boshqasi  bilan  almashtiradi. 
Olingan natijalarga asoslanib u darsga salbiy ta’sir etuvchilar uchun ruhiy muhitni 
«yaxshi, yomon, o‘rtacha, qarama-qarshi» toifalarga bo‘ladi va ularning har biridan 
o‘ziga xos ilmiy-amaliy xulosalar chiqaradi. 
Maktablarda  tashkil  etiladigan  psixologik  xizmatning  ijtimoiy  psixologik 
yo‘nalishi  avvalo  turli  toifadagi  o‘quvchilarning  ijtimoiy  va  shaxsiy  ziddiyatlarni 
bartaraf  etishga  o‘rgatish,  shaxslararo  munosabatlarning  demokratik  sog‘lom 
shakllariga  o‘tish,  mahorat  sirlarini  o‘zlashtirish  va  ulardan  kundalik  faoliyatda 
oqilona  foydalanish  malakalarini  shakllantirishdir.  Bunda  shubhasiz  psixolog 
tomonidan tashkil etiladigan turli trening mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga ega. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish