Platinairidiydan tayyorlangan metr etalonining xatoligi +1,1.107 metr bo‘lib, asrimizning boshidayoq bu e’tirof etilgan edi. 1960 yilda og‘irlik va o‘lchovlar bo‘yicha XI - bosh konferensiyasida atom nurlanishlarining spektral chiziqlari to‘lqin uzunliklarining doimiyligi asosida kripton metr etaloniga ta’rif berildi. Undagi xatolik 5,109 metrga teng edi.
Biroq kosmik asrda bu ham qoniqtirmadi va 1983 yil, og‘irlik va o‘lchovlar bo‘yicha XVII - Bosh konferensiyasida metr etaloniga yangi ta’rif berildi: metr yorug‘lik nurining vakuum sharoitida sekundning 1/299792458 ulushidagi bosib o‘tgan masofasiga teng.
Massa birligining etaloni ham qiziq tarixga ega. «Arxiv kilogramm» 1872 yilda tayyorlangan bo‘lib, toza suvning 40 C dagi 1 gm3 hajmga to‘g‘ri keladigan massasiga teng hisoblangan. U balandligi va diametri 39 mm ga teng bo‘lgan platina silindrdan iborat. Undan olingan nusxalar esa platinairidiy qotishmasidan tayyorlangan.
Rossiyada savdo-sotik ishlarining rivojlanishi natijasida xar xil tarozilardan foydalanilgan. 1738 yilda Peterburg fanlar akademiyasining xakikiy a’zosi L. Eyler tarozilar nazariyasini ishlab chikdi. 1818 yilda o‘nli, 1831 yilda yuzli, XIX asrlar ikkinchi yarmida shkalali, platformali tarozilar, avtomat, yarim avtomat, kvadrat va prujinali tarozilar ishlab chikarila boshlandi.
Ulug‘ rus olimi D.I.Mendeleev o‘lchov va vaznlar soxasida fundamental ishlar muallifi sifatida metrologiya fanining rivojlanishiga juda katta hissa kushdi. 1892 yilda D.I.Mendeleevning tashabbusi bilan Rossiyada «Og‘irlik va o‘lchovlar palatasi» tashkil etilib, mashxur olim uning birinchi raxbari sifatida metrologiya xizmatini shakllantirishda ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirdi. Olimning yana ulkan xizmati shundan iboratki, u Rossiyada metrik tizimni tadbiq etishni asoslab, uni tashkiliy jixatdan tayyorlab berdi. Bu esa 1918-1920 yillardagi metrik tizimni tadbiq etishga munosib zamin edi.
O‘lchashlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositalar o‘lchash vositasi deb yuritiladi.
Vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O`zbekiston Respublikasi xududida o‘lchash birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan (birlik) etalon “Davlat etaloni” deb yuritiladi.
Milliy etalon biror davlat (mamlakat) doirasida dastlabki o‘lchov sifatida milliy metrologiya organi tomonidan tasdiklanadi. O‘zbekiston Respublikasida ushbu organ sifatida, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy markaz O‘zdavstandart hisoblanadi.
Xalqaro etalonlarni «Og‘irlik va o‘lchovlar bo‘yicha xalqaro byuro» saqlaydi (OUXB) va u bilan bog‘liq barcha masalalarni xal etadi. OUXB faoliyatidagi eng muhim va mas’uliyatli vazifalaridan biri, turli davlatlarning yirik va katta ko‘lamga ega bo‘lgan metrologik laboratoriyalardagi milliy etalonlarini xalqaro etalonlar bilan muntazam va xalqaro mikyosida taqqoslash hisoblanadi. SHuningdek o‘lchashlarning ishonchliligini, aniqligini va birligini ta’minlash maqsadida o‘zaro takkoslovlar ham muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bu esa xalqaro iqtisodiy aloqalarning eng asosiy talablaridan sanaladi. SI tizimidagi asosiy kattaliklarning etalonlari bilan bir qatorda, hosilaviy kattaliklarning etalonlari ham taqqoslanib turadi. Taqqoslash amallari belgilangan muddatda, davriy ravishda bajariladi. Masalan, metr va kilogramm etalonlari har 25 yilda, elektr va yorug‘lik kattaliklarining etalonlari esa har 3 yilda taqqoslanib turiladi.
Doriqona sharoitida dozalarga bo‘lishning3 xil usuli ishlatiladi.
1. Tortib olish, o‘lchash.
2. Xajm bo‘yicha o‘lchash.
3. Tomchi bo‘yicha o‘lchash.
Eng ko‘p ishlatiladigani tortib olish usuli xisoblanib, u juda keng ko‘llaniladi. Tortish usuli kadimdan ishlatib kelinadigan usul bo‘lib, bunda asosan o‘lchov asboblaridan foydalaniladi. Ularning tuzilishi va shakli turlichadir.
Dori vositalarini xayvonlarga tavsiya etishda ularning og‘irlik birligi sifatida gramm va miqdor birligida esa litr holatida ko‘rsatilib yoziladi.
Bundan keyingi miqdorlar lotincha va grekcha so‘zlardan olingan (gramm, litr), kilo-ming, gekto-yuz, deka-un, detsi- o‘ndan bir qismi, santi- yuzdan bir qismi, milli-mingdan bir qismi xolatlarida yoziladi. 1-jadval
T/r
|
Dori vositasining miqdori
|
Retseptda yozib ko‘rsatilishi
|
1.
|
Tonna – 1000 kg
|
-
|
2.
|
Sentner – 100 kg
|
-
|
3.
|
Kilogramm- minggramm – 1000 g
|
1000,0
|
4.
|
Gektogramm- yuz gramm 100 g
|
100,0
|
5.
|
Dekagramm – un gramm 10 g
|
10,0
|
6.
|
Gramm – bir gramm 1 g
|
1,0
|
7.
|
Detsigram – grammni undan bir kismi 1:10 g
|
0.1
|
8.
|
Santi gramm – yuzdan bir kismi 1:100 g
|
0.01
|
9.
|
Milligramm – mingdan bir kismi 1:1000 g
|
0,001
|
10.
|
Gamma – milliondan bir kismi 1:1000000 g
|
0,000001
|
Ba’zi xil suyuq shakldagi dorilar miqdori hajmiy qabul qilishda choy va osh qoshiq bilan belgilab beriladi. (Faqatgina zaxarli va kuchli ta’sir etuvchi vositalardan tashqari).
2-jadval
T\r
|
Dori vositasining nomi
|
Tulik bir choy koshik bilan
|
Tulik bir osh koshik
|
Grammlarda
|
1.
|
Alumen pulvis
|
3,5
|
9,5
|
2.
|
Ammonium chloratum
|
2,7
|
8,0
|
3.
|
Cortex Quercus pulvis
|
1,5
|
5,5
|
4.
|
Magnesium sulfuricum
|
3,5
|
10,5
|
5.
|
Natrium bicorbonicum
|
4,0
|
12,5
|
6.
|
Natrium sulfuricum pulvis
|
4,0
|
10,0
|
7.
|
Natrium chloratum
|
4,0
|
10,0
|
8.
|
Radix Althaeae pulvis
|
2,5
|
8,5
|
9.
|
Sal Carolinum factitium
|
4,0
|
13,0
|
10.
|
Stibium sulfuratum nigrum
|
9,5
|
26,5
|
Suyuk shakldagi dori vositalari ichga qabul qilish uchun tavsiya etilganda maxsus qoshiqlarda, choynik va stakanlarda qolgan bir xil sug‘imdagi suv va boshqa suyuqliklar esa (silindr, menzurka, kolba, byuretkalarda) o‘lchab olinadi.
3-jadval
T/r
|
Dori vositalarning nomlari
|
1 grammdagi tomchi soni
|
1 millitrdagi tomchi soni
|
1.
|
Adonisidum
|
33
|
32
|
2.
|
Aether medicinalis
|
85
|
61
|
3.
|
Amylium nitrosum
|
68
|
59
|
4.
|
Aqua destillata
|
20
|
20
|
5.
|
Chloroformium
|
56
|
83
|
6.
|
Cordiaminum
|
29
|
29
|
7.
|
Liquor Kalii arsenicosi
|
31
|
31
|
8.
|
Oleum Menthae piperitae
|
51
|
47
|
9.
|
Solutio Adrenalini hydrochlorici 1:1000
|
25
|
25
|
10.
|
Sol Jodi 10%
|
63
|
56
|
11.
|
Sol Nitroglycerini 1%
|
64
|
52
|
12.
|
Spiritus aethylicus 95%
|
65
|
52
|
13.
|
Spiritus aethylicus 90%
|
62
|
51
|
14.
|
Spiritus aethylicus 70%
|
56
|
50
|
15.
|
Spiritus aethylicus 40%
|
47
|
45
|
16.
|
Tinctura Belladonnae
|
48
|
46
|
17.
|
Tinctura Opii benzoica
|
54
|
49
|
18.
|
Tinctura Strophanthi
|
59
|
53
|
19.
|
Tinctura Strychni
|
56
|
50
|
20.
|
Tinctura Valerianae
|
56
|
50
|
Bir qator xorijiy davlatlarda hozirgacha doriqonalarda eskicha dori vositalarining miqdor ko‘rsatkichlari qo‘llanilib kelinmoqda
Gran – 0,062 g
Skrupul 20 gran – 1,25 g
Draxma – 3 skrupul – 3,75 g
Unsiya – 8 draxm – 30 g
Aptekarlik funti – 12 unsiya – 360 g.
Dirhamm – 3.2 g
Doniq – 1.6 g
Dori vositalarining berilish dozalari.
Doza (1) – kasal xayvonga bir martalik qabul kilish uchun beriladigan dori miqdoridir.
Dorilarning ta’sir xususiyatlariga qarab dozalar xam xar xil bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |