3-mavzu. Tarozilarning tuzilishi va ularni bog‘lashni o‘rganish.
Darsning maqsadi: mavzu bilan talabalarni yaqindan tanishtirish. Mavjud preparatlar bilan tanishtirish.
Darsning o‘tkazish tartibi: dars o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi muloqat asosida olib borilib, barcha ma’lumotlar yozib tushintirib beriladi.
Darsni o‘tkazish uchun kerakli jixozlar va vositalar: jadvallar, mavjud bo‘lgan dori vositalari, adabiyotlar.
Tarozilar turi. Doriqonalarda 0,02 dan 100 grammgacha ogirlikdagi sochiluvchan dorivor moddalar va yordamchi moddalarni tortishga mo‘ljallangan VR-1 dan VR-100 gacha bo‘lgan ko‘l tarozilari ishlatiladi. Ko‘l tarozilarining pallasi plastmassa, chinni yoki metalldan yasalgan bo‘ladi. Ular tuzilishi bo‘yicha teng elkali richag koidasiga asoslangan bo‘lganligi uchun ularning tayanch nuktasi o‘rtada bo‘lishi kerak. Tarozining ko‘rsatkichi (strelkasi) richag o‘rtasida tik joylashib, o‘tkir uchi yukoriga qaragan bo‘ladi. Tarozi pallalari shayinning uchlariga 3-5 sm uzunlikdagi ipak ip yordamida osiladi. Ko‘l tarozilarini ishlatish vaktida tarozi xalkasini chap ko‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoklari yordamida ushlab, keyingi ikki barmok orasida ko‘rsatkichning chap yoki o‘ngga ogishini sezish mumkin. Bu esa tortish jarayonini tez va to‘gri bajarishga undaydi. Tarozining chap pallasiga tosh, o‘ng pallasiga tortiladigan yuk ko‘yiladi. Tortish vaktida oldin katta toshlar qo‘yib boriladi. Tarozilarni ishlatib bo‘lgandan keyin, ular uzoq xizmat qilishi uchun pallalarning birini ikkinchisini ustiga ustma-ust joylab qo‘yiladi. Sochiluvchan kukunlar odatda to‘gridan-to‘gri pallada tortiladi, o‘yuvchi kuchli oksidlovchi moddalar, ishkorlar, yod, kaliy permanganat — pallaga pergament kogoz, kuyuk ekstraktlar esa filtr kogoz ko‘yib o‘lchanadi. Kukun dori tortish vaktida tarozining iplariga bo‘yovchi modda tegib ifloslanmasligi va chang bosmasligiga xarakat kilish kerak va tarozi iplari to‘q rangli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Tarali tarozilar (Posongili tarozilar)
Bu tarozilardan ko‘p miqdordagi moddalar, idishlar, erituvchilarni tortishda foydalaniladi. Tarozilar stolga o‘rnatilgan xolda ishlatiladi.
Bu xildagi tarozilarda “orientir” degan moslama bo‘lib, uning yordamida tarozi ishlatilmay turganda, pallalari tarozi taxtachasiga tegib turadi.
Bunday xolda tarozi prizmalariga ogirlik tushmaydi. Tarozini ishlatishdan oldin orientirni tushirish kerak, keyin ko‘rsatkich shkala bo‘ylab xarakat kilishi kuza tiladi. Ko‘rsatkich shkala o‘rtasidagi belgidan xar ikki tomonga, ya’ni chap va o‘ng tomonga barobar borib kelishi tarozi pallalarining muvozanatda ekanligini ko‘rsatadi. Quruq moddalar tarozi pallasining ustiga solib tortiladi. Suyuqliklar esa posangisi to‘grilangan yoki oldindan tortib olingan stakan, kolba va shunga o‘xshash Yordamchi idishlarda tortiladi. Posangisini to‘grilash uchun tarozi pallasining ikkinchi tomonida ham xuddi shunday kiymatli yordamchi vosita ko‘ysa ham bo‘ladi.
Masalan: xar ikki pallada idishlar posangisini to‘grilashda, ishlatmay, balki kichik metall kutichaga solib ko‘yilgan mayda pitra yoki toza yirik kumdan foydalaniladi.
Tarozilarda aniq tortish uchun hamma tarozilar quyidagi asosiy meteobiologik talablarga javob berishi kerak: barkarorlik (doimiy sezgirlik), sezgirlik, aniqlik, turgunlik. Tarozining metrologik tavsifi uning turgunligi, ishonchliligi, sezgirligi va doimiyligi kabi ko‘rsatkichlarni uz ichiga oladi.
a) turgunligi — bu tarozi elkasining muvozanat xolatidan chikib ketib 4—6 marta xarakatlangandan keyin yana dastlabki muvozanat xolatini egallashiga aytiladi;
b) ishonchliligi — bu tarozining o‘lchanadigan modda va tosh urtasidagi muvozanatiga aytiladi (tosh bilan o‘lchanadigan moddani almashtirib kuygan xolatda ham birinchi muvozanat xolatini ko‘rsatishiga aytiladi);
v) doimiyligi — bu tarozining bir xil sharoitda birorta moddani bir necha marta o‘lchaganda ham, bir xil ko‘rsatkichni ko‘rsatishiga aytiladi;
g) sezgirligi — bu tarozining juda kichkina ogirlikni sezib, uz muvozanat xolatidan chikib ketishiga aytiladi.
Yuqorida qayd etilgan tarozining metrologik xolatini aniqlab ish daftariga yozib quyilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |