7-rasm. PD-2 dozalash apparati.
Bu avtomatik dozator vertikal joylashgan 140 sm3 xajmdagi bunkerdan (1), uning ustida o‘rnatilgan motor (2) ga biriktirib bunkerga tushirilgan aralashtirgich (3) va shnek (4) dan tashkil topgan. Bunker ostiga ko‘l tarozisining bir elkasi va pallasi joylangan. Tarozining o‘ng elkasi bunker to‘kilish ogziga keltirilgan bo‘lib, u dozalashga mo‘ljallangan tubi ochiladigan palla (5), chap elkasida esa toshlarga mo‘ljallangan palla (6) joylashgan. Pallalar posangisini keltirishga mo‘ljallangan mikrovint (7) elka o‘rtasida joylashgan. Bunker, elektromotor va tarozilar bir ustunda (8) maxkamlangan bo‘lib, ularning tagiga fotoelement va kukun to‘kishni ta’minlaydigan mexanizm joylangan. Yoruglik tuynugi (9) va yoritish asbobi (10) ustunning old qismi va ular orasiga, tarozining o‘ng elkasiga bayrokcha (11) o‘rnatilgan. Dozalaydigan pallasining ochiladigan tubiga muvozanatlantiruvchi richag o‘rnatilgan bo‘lib, u richagga ko‘yilgan yuk ta’sirida palla tubini kukun to‘lguncha ochilmay turishini va ochilgan tubning kayta yopilishini ta’minlaydi. Dozatorda tinchlantiradigan va tiraladigan mexanizmlar (12, 13, 14) elka va pallalarni ish paytida tinchlantirishga mo‘ljallangan. Dozatorda ishlashdan oldin, uni kerak bo‘lgan dozadagi kukun miqdoriga moslashtiriladi. Ya’ni 0,5 gacha ogirlikdagi kukun uchun 1 yoki 2— shnek o‘rnatiladi. 0,5 gr dan ortik shnek uchun 3 yoki 4— shnek o‘rnatiladi. Dozatorning o‘rtacha ishlash me’yori minutiga 10-12 kukundan bo‘ladi.
Dozalaydigan idish tagiga o‘rashga tayyorlab bir tomoni buklangan kapsula kogozidan ko‘yiladi. Priborda "aralashtirish" va "dozalash" ko‘rsatmalari yozilib, ularni elektr tarmokka ulaydigan muruvvatlari bor. "Aralashtirish" muruvvati ulanganda kukunni aralashtiradi va dozalash muruvvati orkali dozalanadi. Dozalash pallasining to‘lish jarayonida elkalar to‘gri xolatga keladi va bayrokcha fotoelementga o‘taYotgan nur yo‘lini bo‘shatadi.
9-rasm.”TAMPO” firmasi taklif etgan dozalash aparati.
a- dozator: 1- aralashtirgich; 2- koxoz lentali rolik; 3- termo yopishtiruvchi disk;
4- aylanma keskich; 5- boshqaruvchi shit; 6- vint; b- qadoqlangan kukun:
Natijada dozator pallasining tubi ochilib, kukun kogozga to‘qiladi. To‘kilgan kukun keyingi miqdor dozalanguncha o‘raladi va shu maromda dozalash davom ettiriladi. DVA-1,5 dozalash apparati ham shu ko‘rinishda bo‘lib, ishlash koidasi ham DP-2 ga o‘xshash (8-rasm).
9-rasmdagi "TAMPO" firmasi tomonidan taklif etilgan dozator kukunni xajm bo‘yicha taksimlab o‘rnatilgan lentadagi kogozlarga bo‘lib va ularni kichik paketchalar kilib kesib tayyor xolda chiqaradi. Doriqona sharoitida xajm bo‘yicha dozalash TK-3 xajm dozalash apparati orkali amalga oshiriladi. Koshik ko‘rinishidagi bu dozator orkali 0,2-1,0 gr ogirlikdagi kukunlarni dozalash mumkin. (10-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |