5-mavzu. Elaki dorilarni tayyorlash bosqichlari.
Darsning maqsadi: mavzu bilan talabalarni yaqindan tanishtirish. Mavjud preparatlar bilan tanishtirish.
Darsning o‘tkazish tartibi: dars o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi muloqat asosida olib borilib, barcha ma’lumotlar yozib tushintirib beriladi.
Darsni o‘tkazish uchun kerakli jixozlar va vositalar: jadvallar, mavjud bo‘lgan dori vositalari, adabiyotlar.
Dorivor kukunlarni tayyorlash — maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va kadoklash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to‘la bo‘lishi yoki ba’zi bir jarayonlarning bo‘lish-bo‘lmasligi dori tarkibi, uning ko‘llanilishi va tarkibga kirgan dori moddalarning xususiyatlariga boglik bo‘ladi. Kukunlarning maydalilik darajasi, tayyorlanishi, kadoklash usullari ham shu xususiyatlariga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun ishlatiladigan kukunlar o‘ta maydalangan bo‘lishi kerak. Tish uchun ishlatiladigan (0,1 mm) kukunlarning ham maydalik darajasi shunga o‘xshash. Tish kukunlari tarkibida yirik zarrachalarning bo‘lishi tishning emal kavatini zararlashi mumkin. Xidlash uchun ishlatiladigan elaki dorilar zarrachalarining maydaligi o‘rta me’yorda bo‘lgani ma’kul (0,2 mm), chunki bunday kukunlar nafas yo‘llarining tashki kavatiga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tomok yo‘llariga tushish zarurati yo‘k. Ishlatilishi oldidan eritish uchun mo‘ljallab beriladigan elaki dori tarkiblarini maydalash shart emas. Yaraga sepish uchun va jaroqatlarni davolash maksadida ishlatiladigan kukunlar iloji boricha mayda kilib va aseptik sharoitda tayyorlanishi kerak. Agar issiqlikka chidamli bo‘lsa, ularni sterillab berish zarur. Elaki dorilar tarkibi va ko‘llash usulidan tashkari bir-biridan agregat xolati (kristall, amorf), zichligi, kattikligi, rangi, xidi va boshqa xususiyatlari bilan ham farklanadi. Hayvonot va o‘simliklardan olingan elaki dorilar amorf kukunlar bo‘lib, minerallardan solishtirma ogirligining kichikligi bilan farklanadi. Kukun xolatidagi ba’zi bir moddalar yoruglik ta’sirida, kislorod, karbonat angidrid va xavo namligi ta’sirida o‘zgaradi. Ko‘pchilik kukunlar gigroskopik bo‘lgani sababli xavoda namlanadi va aksincha, tarkibida kristal suv saqlaganlari xavo ta’sirida suvini yo‘kotadi, masalan, natriy sulfat, magniy sulfat. Ba’zi bir kukun xolidagi dorivor moddalar (kamfora, mentol, xloralgidrat) oson uchuvchan xisoblanadi. Kukun xolatidagi elaki dori tayyorlashda xususiyati jixatidan turlimoddalarning aralashtirilishi natijasida tarkibidagi fizik xususiyatlar (gigroskopik xususiyati, uchuvchanligi, portlash xususiyati) o‘zgarishi mumkin. Elaki dorilar tayyorlashda farmatsevt ana shu xususiyatlarni xisobga olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |