24. Qaysi qatorda –siz qo‘shimchasi so‘z o‘zgartiruvchi vazifasida qo‘llangan?
A) Odobni odobsizdan o‘rgan. B) U bu gapdan xabarsiz edi. C) Siz bebaho insonsiz. D) Suvsiz hayot bo‘lmaydi.
25. Qarsak so‘zining o‘zagini toping.
A) qars B) qarsa C) qar D) qarsak
26. -boy, -cha, -l, -sh, -ish qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar?
A) so‘z yasovchi B) shakl hosil qiluvchi C) so‘z o‘zgartuvchi D) takroriy
27. –gach(-kach, -qach), -a(-y), -guncha (-kuncha) qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha?
A) so‘z yasovchi B) so‘z o‘zgartiruvchi C) so‘z shakli yasovchi D) sodda qo‘shimcha
28. Muomalalarimizni so‘zidagi yasovchi qo‘shimchalarni toping.
A) –lar B) –imiz C) –ni
D) bu so‘z tub so‘z bo‘lib, yasovchi qo‘shimchasi yo‘q.
29. Qoramtir so‘zida nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha bor?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
30. –iv, -iy, -viy, -chil vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar?
A) so‘z yasovchi B) so‘z shakli yasovchi C) so‘z o‘zgartiruvchi D) sodda qo‘shimcha
Do'stlaringiz bilan baham: |